Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

5. Ishsizlik va uning turlari 
Ishsizlar – bu mehnatga layoqatli bo‘lib, ishlashni xohlagan, lekin ish bilan 
ta‘minlanmaganlardir. 
Ishsizlik kelib chiqishining asosiy sababi –ishchi kuchi (mehnat)ning aniq 
bozorida taklifning unga bo‘lgan talabdan ortib ketishi va buning natijasida 
iqtisodiy faol aholi bir qismining ish bilan ta‘minlanmasligidir. 
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq 16 yoshdan 
boshlab pensiyaga chiqish xuquqini olish yoshigacha ish joyiga va ish haqi 
(mehnat daromadi)ga ega bo‘lmagan, haqiqatda ish qidirayotgan, mehnat qilishga 
layoqatli, kasb-korga ega va qayta tayyorgarlikdan o‘tishga tayyor, davlat bandlik 
hizmati muassasalari maqbul keladigan ishni taklif qilmagan, shaxslar ishsizlar deb 
yuritiladi. Ishsizlik kelib chiqish sabablariga ko‘ra: friktsion, tarkibiy va tsiklik 
ishsizlikka bo‘linadi. 
Friktsion ishsizlikka yangi joyga ko‘chib o‘tishi natijasida asosiy ish joyini 
vaqtincha yo‘qotgan, lekin faol ish qidirayotganlar kiradi. Bularga quyidagilarni 
kiritish mumkin: 
- o‘z xohishi bilan ish joyini o‘zgartirganlar; 
- ishdan bo‘shatilganligi tufayli yangi ish joyi qidirayotganlar; 
- vaqtinchalik ish joyini yo‘qotganlar; 
- birinchi marta ishga joylashish uchun ish qidirib yurgan yoshlar. 


359 
Bu turdagi ishsizlar u yoki bu sababga ko‘ra ish joyini yo‘qotganlar bo‘lib, 
har doim mavjud bo‘ladi va mehnat bozorini to‘ldiradi. 
Friktsion ishsizlik muqarrar hisoblanadi, chunki ko‘pchilik ishlovchilarda 
kam haq to‘lanadigan ish joyidan, ko‘proq haq oladigan ishga o‘tishga xohish 
bo‘ladi.
Tarkibiy ishsizlik - iste‘molchi talabi va texnologiyadagi o‘zgarishlar 
oqibati hisoblangan tarkibiy o‘zgarishlar natijasida kelib chiqadi. Tarkibiy ishsizlar 
maxsus tayyorgarlik qilmasdan, yangi ish turiga ko‘nikma hosil qilmasdan ish topa 
olmaydilar. 
Friktsion ishsizlik qisqa muddatli tavsifga ega bo‘lsa, tarkibiy ishsizlik esa 
uzoq muddatga cho‘zilib jiddiy ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling