350
keskin ko‘tarilishi sababli orqaga ketadi. Iqtisodiy o‘sishning
uzoq muddatli
tamoyillari ham ishsizlik, ham inflyatsiya
oqibatida uzilib qoladi va
murakkablashadi.
Rivojlangan tovar xo‘jaligi paydo bo‘lgunga qadar ishlab chiqarishning
keskin qisqarishi odatda tabiiy ofatlar (qurg‘oqchilik, toshqinlar va h.k.) yoki
urushlar va ular keltiradigan vayronagarchiliklar bilan bog‘liq bo‘lgan.
Yirik
mashinali ishlab chiqarishga o‘tilgan davrdan keyingi vaqt-vaqti bilan iqtisodiyotni
larzaga solib turuvchi iqtisodiy inqirozlar siklik tavsif kasb etgan.
Inqirozni bir qancha mezonlar bo‘yicha turkumlash mumkin:
1.
Xo‘jalik
tizimida
muvozanatning
buzilishko’lamiga
ko’ra
inqirozlarni umumiy hamda ayrim sohalarda yuz beradigan turlarga ajratish
mumkin. Umumiy inqirozlar butun milliy xo‘jalikni
qamrab olsa, ikkinchisi
qisman, ya‘ni ayrim sohalar yoki tarmoqlardagi tanglik sifatida ro‘y beradi.
Ayrim sohalardagi inqirozlar o‘z ichiga moliyaviy
pul-kredit va valyuta
sohasidagi inqirozlarni oladi. AQSh va Evropaning aksariyat mamlakatlarida 2008
yilda boshlangan inqiroz ham dastlab moliya sohasini, keyinchalik ishlab chiqarish
sohasini ham qamrab olib, jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozga aylangan.
Do'stlaringiz bilan baham: