Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yetarlicha iste’mol qilmaslik nazariyasi.
- Psixologik nazariya.
Nomonetar nazariya tarafdorlari esa texnologik o‘zgarishlar, yangiliklar,
ixtirolarning ahamiyatini alohida ta‘kidlab, ularning pul jamg‘arishning ko‘payib ketishidagi rolini asoslaydi. Har ikkala nazariya ham oxir-oqibat iqtisodiy faollikning o‘zgarishiga iste‘mol emas, balki investitsiya sabab bo‘ladi, degan fikrni ilgari suradi. Yetarlicha iste’mol qilmaslik nazariyasi. Bu nazariyada daromadlarni ko‘proq jamg‘arib, yetarli darajada iste‘mol qilmaslik iqtisodiyot siklli rivojlanishning asosiy sababi qilib ko‘rsatiladi: Jamg’arish nazariyasi. Bu nazariya iqtisodiy tsiklni mehnat vositalari yoki kapitallashgan investitsion tovarlarni ishlab chiqarish hajmi bilan bog‘laydi. Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar domiy ravishda emas, balki iste‘molchi daromadi ko‘paygan taqdirda sotib olinadi. Shu sababli, bunday tovarlarga talab barqaror emas. Ishlab chiqarishni uzluksiz davom ettirish talabi esa investitsion tovarlarni doimiy ravishda ishlab chiqarishni zarur qilib quyadi. 345 Iste‘mol o‘sib borishi bilan investitsion tovarlarga talab ham ortadi. Bunda ishlab chiqarish tarkibida nomutanosibliklar yuz beradi, ya‘ni kundalik va uzoq muddat foydalaniladigan iste‘mol tovarlari hamda investitsion tovarlarni ishlab chiqarish o‘rtasida nisbatlar buziladi. Lekin ko‘pchilik iqtisodchilar yetarli darajada iste‘mol qilmaslik inqirozning sababi emas, balki uning oqibatidir, deb ta‘kidlaydilar. Ya‘ni iste‘molchilar daromadlarini ko‘proq jamg‘armaga ajratganlari uchun emas, balki to‘lov qobiliyatining yetarli emasligi, ya‘ni xarid qilish uchun pulning yetishmasligidan bunday inqiroz kelib chiqadi. Psixologik nazariya. Iqtisodiyotning siklli rivojlanishini tushuntirishda psixologik nazariyalar ham o‘z o‘rniga ega. Psixologik nazariya tarafdorlari (J.M.Keyns, U.Mitchell, F.Xaek va boshqalarni kiritish mumkin.) fikricha, insondagi optimizm va pessimizm faoliyat aktivligiga ob‘ektiv iqtisodiy omillar: foiz me‘yori, pul oqimi, foyda va boshqa shu kabilar ta‘sir ko‘rsatib, buning natijasida ishlab chiqarishning qisqarishi yoki kengayishi ro‘y beradi. Kredit tizimining rivojlanishi talab va ishlab chiqarishning o‘sishi odamlarning ruhiyatini ko‘taradi va aksincha. Bundan tashqari kishilarda likvidligi yuqori bo‘lgan pul jamg‘arishga moyillik ortib borishi o‘z navbatida iqtisodiy rivojlanishga ta‘sir ko‘rsatadi. Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy siklning 1380 dan ortiq turlari mavjudligi ta‘kidlanadi 73 . Iqtisodiy fanda ularni qisqa, o‘rta va uzoq muddatli sikllarga ajratish qabul qilingan. Ayni vaqtda, uzoq muddatli sikllar oqimida o‘rta va qisqa muddatli, o‘rta muddatli sikllar to‘lqinida esa bir nechta qisqa muddatli sikllar mavjud bo‘ladi. Sikl to‘g‘risidagi nazariyalarda ularning quyidagi turlari ajratiladi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling