Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o’ziga xos ichki omillari ta’sirida vu-


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

Iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o’ziga xos ichki omillari ta’sirida vu-
judga kelishini asoslovchi nazariya internal nazariya deb ataladi.
72
Asosiy kapitalning eskirib, xizmat muddati tugashi va uning yangilanishi 
ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy tsiklni keltirib chiqaruvchi muhim 
ichki omillardan biri sifatida qaraladi. 
Shuningdek, siklni keltirib chiqaruvchi boshqa ichki omillar sifatida 
quyidagilar ko‘rsatiladi: 
- shaxsiy iste‘molning o‘zgarishi (qisqarishi yoki kengayishi);
- investitsiyalar, ya‘ni ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va yangi 
ish joylarini vujudga keltirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hajmi;
- ishlab chiqarish, talab va taklif hajmiga ta‘sir ko‘rsatishga qaratilgan 
davlat iqtisodiy siyosatining o‘zgarishi. 
Iqtisodiy siklning kelib chiqishini faqat eksternal yoki internal nazariya 
orqali tushuntirish ko‘pam to‘g‘ri bo‘lmaydi. Iqtisodiy sikl va umuman iqtisodiy 
tizimdagi miqdoriy va sifat o‘zgarishlar tashqi va ichki omillarning birgalikdagi 
ta‘siri oqibatida kelib chiqishi mumkin.
2. 
Sikl to’g’risidagi nazariyalar, uning asosiy turlari 
Iqtisodiyotning siklli rivojlanish sabablarini izohlash orqali bir qator 
nazariyalar vujudga kelgan.
72
McConnell, Campbell R. Economics : principles, problems, and policies 17th ed. 2008 page 197


344 
Sof monetar nazariya. Bu nazariya tarafdorlarining fikricha bozor 
iqtisodiyotidagi o‘zgarishlarda markaziy o‘rinni pul va kredit resurslari 
harakatidagi o‘zgarishlar egallaydi.
Ular fikricha, iqtisodiy faollikning o‘sishi, iqtisodiyotning ravnaq topishi, 
uning turg‘unlik bilan almashinib turishiga yagona sabab pul oqimining 
o‘zgarishidir. Tovarlarga talabning ortishi natijasida savdo hajmi, chakana narx 
o‘sib, ishlab chiqarishning kengayishiga olib keladi. 
Pul oqimi (iste‘mol sarflari summasi) pul miqdorining o‘zgarishi natijasida 
o‘zgaradi. Pul miqdorining kamayishi iqtisodiy faoliyat faolligini pasaytiradi. 
Bu nazariyaning ayrim tarafdorlari pulni iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi 
kuch sifatida qarab, uni muvozanat buzilishiga asosiy sabab deb ko‘rsatadi.
Ikkinchi guruh iqtisodchilar esa pul tizimi mutanosiblikni buzmaydi, faqat 
uning buzilishiga olib keluvchi boshqa omillar uchun sharoit yaratadi, degan fikrni 
ilgari suradilar. Shunga mos ravishda monetar va nomonetar yo‘nalish vujudga 
keldi. Monetar nazariyada jamg‘arishning davriy ravishda oshib ketishi va 
mutanosiblik buzilishining asosiy sababi sifatida pulning xarakatini ko‘rsatadi.

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling