342
Alohida iqtisodiy tsikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo‘yicha
keskin farqlanadi. Shunga qaramay, ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo‘ladi.
23.1-chizma.Iqtisodiy sikl fazalari
Hozirgi davrda iqtisodiy tsikllari XIX va XX asr birinchi yarmidagi
tsikllardan sezilarli farq qiladi.
Shu sababli, hozirgi zamon iqtisodiy qarashlarda
tsikl faqat ikki fazaga: retsessiya va yuksalish ajratiladi.
Retsessiya fazasi inqiroz
va turg‘unlikni, yuksalish fazasi esa jonlanish va o‘sishni qamrab oladi.
Milliy ishlab chiqarish hajmining me‘yorida pasayishi retsessiya deb
nomlanadi.
23.2-chizma. Siklning retsessiya va yuksalish orqali ro’y berishi
Sikllilik, ya‘ni ishlab chiqarishning davriy tebranishi deyarli 200 yil
davomida bozor iqtisodiyotiga ega barcha mamlakatlarga xos bo‘lgan.
Iqtisodchilar iqtisodiy siklni keltirib chiqaruvchi
omillarni ichki va tashqi
omillarga ajratadi.
Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan
tushuntiruvchi nazariya eksternal nazariya deb ataladi. .
71
71
McConnell, Campbell R. Economics : principles, problems, and policies 17th ed. 2008 page 197
343
Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida
yotuvchi va iqtisodiy
hodisalarning davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiritiladi. Bu
tashqi omillar ichidan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
- urushlar, inqilobiy o‘zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar;
- oltin, uran, neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi;
- yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog‘liq ravishda aholi
migrattsiyasi, yer shari aholisi sonining o‘zgarib turishi;
- ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o‘zgartirishga qodir bo‘lgan
texnologiya, tadqiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli o‘zgarishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: