Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Inqirozlarning mazmuni va turlari


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

3. Inqirozlarning mazmuni va turlari.
4. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqish sabablari va 
iqtisodiy faollikka ta’siri.
5. Ishsizlik va uning turlari. 
6. Inflyatsiya, uning kelib chiqish sabablari va turlari.
7. Inflyatsiyaning 
oqibatlari. 
Davlatning 
inflyatsiyaga 
qarshi 
tadbirlari. 
8. O’zbekistonda milliy valyuta-so’mning barqarorligini ta’minlash 
vazifalari. 
 
1. Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning tsiklliligi 
Har qanday mamlakat iqtisodiy o‘sishga, iqtisodiy resurslarning to‘liq 
bandligi va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi. Ammo uzoq 
muddatli iqtisodiy rivojlanish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik 
davrlari ta‘sirida tebranib turadi. Vaqt-vaqti bilan milliy ishlab chiqarish va uning 
ayrim bo‘g‘inlarida uzilishlar va iqtisodiyot nomutanosibliklar ro‘y beradi.
Buning ta‘sirida milliy xo‘jalikda iqtisodiy o‘sish – YaIM, milliy daromad, 
bandlik va narx darajasidagi iqtisodiy tebranishlar bilan birga ro‘y beradi. 
Iqtisodiy tebranishlar – bu muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning 
o‘zlarining barqaror holatidan farqlanishidir. Davriy o‘sish ishlab chiqarishdagi 
tanazzullik bilan almashinadi va iqtisodiy tsikllar vujudga keladi. Bu holat iq-
tisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi.


341 
Iqtisodiy tsikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan 
boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o’tib, o’zining dastlabki ho-
latiga qaytib kelgunga qadar o’tgan davr tushuniladi.
70
Iqtisodiy tsikl milliy iqtisodiyotning bir inqiroz boshlangandan keyingi in-
qiroz boshlanguncha davrdagi harakat shaklidir. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi 
harakati bir sikl bilan to‘xtab qolmaydi, balki u to‘xtovsiz to‘lqinsimon harakat 
sifatida davom etadi.
Iqtisodiy tsikl alohida fazalar o‘rin almashishi orqali amalga oshadi. 
Iqtisodiy sikl inqiroz, turg’unlik, jonlanish, yuksalish fazalarini ichiga oladi. 
Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o‘tish uchun 
sharoit yuzaga keladi. 
Iqtisodiy siklning inqiroz fazasi ishlab chiqarish hajmi va boshqa iqtisodiy 
faollik ko‘rsatkichlarining pasayishida ifodalanadi.
Inqirozdan keyin turg’unlik fazasi boshlanib, u nisbatan uzoqroq davom 
etadi. Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta‘minlansada, u inqiroz 
boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo‘ladi. Narxlarning o‘sishi 
to‘xtab, ssuda foiz normalari pasayadi, tovar zaxiralari barqarorlashadi. 
Biroq ishsizlikning yuqori darajasi saqlanib qoladi. Turg‘unlik fazasi 
davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga 
etadi. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling