Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

Kuznets tsikli ko‘p hollarda «qurilish tsikli» deb ham nomlanib, 20 yilgacha 
bo‘lgan iqtisodiy tebranishlar bilan aniqlanadi. Kuznets Saymon o‘zining «Milliy 
daromad» (1946 y.) nomli kitobida milliy daromad, iste‘mol sarflari, ishlab 
chiqarish maqsadidagi uskunalar hamda bino va inshootlarga yalpi investittsiyalar 
ko‘rsatkichlarida 20 yillik o‘zaro bog‘liq tebranishlar mavjud bo‘lishini ko‘rsatib 
bergan. 1955 yilda amerikalik iqtisodchining xizmatlarini tan olish ramzi sifatida 
sanoat siklini Kuznets tsikli deb nomlashga qaror qilinadi. 
Kondratev tsikli «uzoq to‘lqinlar» sikli deb ham ataladi. N.D.Kondratev 
tsikli Angliya, Frantsiya va AQShning 100-150 yil davomidagi rivojlanishini 
qamrab olgan. Bunda u iqtisodiy o‘sishning ko‘p omilli tahlilini o‘tkazib, ya‘ni 
tovar narxlari, kapital uchun foiz, nominal ish haqi, tashqi savdo aylanmasi kabi 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘rtacha darajasini umumlashtirish natijasida bir 
qator katta sikllarni ajratib ko‘rsatadi. 


348 
I-tsikl: 1787-1814 yillar – ko‘taruvchi to‘lqin; 1844-1851 yillar – 
pasaytiruvchi to‘lqin. 
II-tsikl: 1844-1851 yillar – ko‘taruvchi to‘lqin; 1890-1896 yillar – 
pasaytiruvchi to‘lqin. 
III-tsikl: 1896-1920 yillar – ko‘taruvchi to‘lqin. 
Kondratev siklining davomiyligi o‘rtacha 40-60 yilni tashkil qiladi va uning 
asosiy xususiyati texnika taraqqiyoti hamda tarkibiy o‘zgarishlarni o‘zida aks 
ettirishi hisoblanadi. 
Kondratev birinchi katta siklning yuksalish fazasini Angliyadagi sanoat 
revolyutsiyasi, ikkinchisini – temir yo‘l transportining rivojlanishi, uchinchisini – 
elektr energiyasi, telefon va radioning kashf etilishi, to‘rtinchisini – avtomobil 
sanoatining rivojlanishi bilan bog‘laydi. Hozirgi zamon tadqiqotchilari beshinchi 
tsiklni elektronika, gen injenerligi va mikroprotsessorlar rivojlanishi taqozo 
qilishini ko‘rsatadi. 
Kondratevdan bir necha yillar keyin frantsuz iqtisodchisi Fransua Semyan 
ham katta iqtisodiy tsikllar bo‘yicha bir xil xulosaga kelgan.
Odatda iqtisodiy inqirozlardan sanoatning ishlab chiqarish vositalari va uzoq 
muddatli foydalaniladigan iste‘mol tovarlari ishlab chiqaradigan tarmoqlari 
ko‘proq zarar ko‘radi.
Iqtisodiyot qiyinchilikni boshdan kechira boshlaganda ishlab chiqaruvchilar 
ko‘pincha zamonaviy uskunalarni sotib olishni va yangi zavodlar qurishni 
to‘xtatadi yoki qandaydir muddatga kechiktirishi mumkin. Bunday kon‘yunktura 
sharoitida investitsion tovarlar zaxiralarini ko‘paytirish hech qanday iqtisodiy 
mazmunga ega emas, aksincha korxonalar mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan 
ancha to‘laroq foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Qisqa muddatli foydalaniladigan iste‘mol tovarlari ishlab chiqaruvchi 
sanoat tarmoqlari iqtisodiy siklning oqibatlarini nisbatan kamroq darajada sezadi. 
Aholi yoki keng iste‘molchilar qatlamiga iqtisodiy sikl turlicha ta‘sir 
ko‘rsatadi. Tanazzul davri boshlanganda, doimiy daromad oluvchi iste‘molchilar 
oila byudjetini qisqartirishga to‘g‘ri keladi, maishiy texnika va avtomashina kabi 


349 
uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni xarid qilishni to‘xtatadi. Har qanday 
sharoitda ham aholi qisqa muddatda foydalanadigan iste‘mol tovarlarini xarid 
qilishni to‘xtatish mumkin emas. Faqat, bunday tovarlarni xarid qilish miqdori 
qandaydir darajada kamayishi mumkin.
Investitsion tovarlar va uzoq muddat foydalaniladigan iste‘mol tovarlari 
ishlab chiqaruvchi ko‘pchilik sanoat tarmoqlari yuqori darajada monopol mavqega 
egaligi bilan farqlanadi va natijada bozorda nisbatan ko‘p bo‘lmagan yirik firmalar 
ma‘lum davr davomida narxning pasayishiga qarshi turishi, talabning kamayishi 
sababli mahsulot chiqarish hajmini cheklash uchun etarlicha monopol 
hukmronlikka ega bo‘lishi mumkin. Shu sababli talabning kamayishi birinchi 
navbatda ishlab chiqarish va bandlik darajasiga ta‘sir ko‘rsatadi. Bunga teskari 
bo‘lgan holatni qisqa muddatli foydalaniladigan iste‘mol tovarlari ishlab 
chiqaruvchi sanoat tarmoqlarida kuzatish mumkin. Bu tarmoqlarning ko‘pchiligi 
o‘zlarining raqobatga layoqatsizligi va ishlab chiqarish markazlashuv darajasining 
pastligi bilan tavsiflanadi. Shu sababli ular siklning salbiy oqibatlariga qarshi tura 
olmasligi mumkin va mahsulotlarga talabning pasayishi ishlab chiqarish darajasiga 
qaraganda narxlarda ko‘proq aks etadi.

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling