Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

Pul-kredit sohasidagi inqiroz. Mamlakatda pul-kredit tizimining tang 
ahvolga tushishi bo‘lib, bunda tijorat va bank krediti tizimi pul taklifi qisqaradi. 
Aktsiya va obligatsiyalarning kursi, bank foiz stavkasi tushib ketadi. 
Valyuta inqirozi. Bunda banklarda valyuta zaxirasi tugab, milliy valyuta 
kursi keskin tushib boradi.
Birja inqirozi. Bu qimmatli qog‘ozlar kursining tezda keskin tushib ketishi, 
ularni emissiya qilishning qisqarishi natijasida fond birjalari faoliyatidagi chuqur 
tangligini ifodalaydi. 
Ekologik inqiroz. Atrof-muhitning keskin buzilishi natijasida noqulay
ekologik vaziyatning vujudga kelishida ifodalanadi. 
Tarkibiy inqirozlar. Bu inqirozlarni ishlab chiqarishning ayrim sohalari bilan 
tarmoqlar 
rivojlanishi 
o‘rtasidagi 
chuqur 
nomutanosibliklar 
keltirib 
chiqaradi.Tarkibiy inqirozlar milliy xo‘jalikning biron-bir tarmog‘ini qamrab olib, 


351 
ishlab chiqarishning tarkibiy o‘zgarishini taqozo qilsada va pirvardida xo‘jalik 
aloqalarning buzilishiga sabab bo‘ladi. 
Tarkibiy inqirozlar bilan iqtisodiy tebranishlar va shu jumladan iqtisodiy 
faollikning mavsumiy tebranishlari ham mavjud bo‘ladi. Masalan, bayramlar 
arafasida ommaviy ravishda xarid qilish, iste‘mol tovarlarining faollik sur‘atida, 
asosan chakana savdoda sezilarli har yillik tebranishlarga olib keladi. Qishloq 
xo‘jaligi, avtomobil sanoati, qurilish ham qandaydir darajada mavsumiy 
tebranishlarga duchor bo‘ladi. 
Agrar inqirozlar. Qishloq xo‘jaligida ro‘y beradigan agrar inqirozlar 
quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: 1) qishloq xo‘jalik mahsulotlarining nisbiy 
ortiqcha ishlab chiqarilishi, uning sotilmay qolgan juda katta zaxiralarining 
to‘planishi; 2) narxlarning pasayishi, daromadlar va foydalarning kamayishi; 3) 
fermerlarning ommaviy ravishda xonavayron bo‘lishi, ular qarzlarining ortishi; 4) 
qishloq aholisi o‘rtasida ishsizlarning ko‘payishi. 
Agrar inqirozlar sanoat sikllariga qaraganda odatda ancha uzoq vaqt 
cho‘zilib ketadi. Birinchi agrar inqiroz XIX asrning 70-yillarida boshlanib, har xil 
shakllarda 90-yillar o‘rtasigacha davom etgan. 
Birinchi jahon urushidan keyin, aholining xarid qobiliyati juda pasayib 
ketgan sharoitda, 1920 yil bahorida keskin agrar inqiroz boshlanib, ikkinchi jahon 
urushining boshlanishga qadar, uchinchi agrar inqiroz 1948 yildan, 80-yillargacha 
davom etgan. 
Agrar inqirozlarning cho‘zilib ketishining asosiy sabablari quyidagilar: a) 
yerga xususiy mulk monopoliyasi qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining 
rivojlanishida sanoatga nisbatan orqada qolishiga sabab bo‘ladi; b) yer rentasining 
mavjud bo‘lishi va uning uzluksiz sur‘atda o‘sib borishi. v) ko‘plab mayda dehqon 
xo‘jaliklarining mavjud bo‘lishi. Mayda ishlab chiqaruvchilar xo‘jalikni asosan 
o‘zi va oilasi uchun zarur tirikchilik vositalari bilan ta‘minlash maqsadida yuritadi. 
Inqiroz sharoitida ham ular ishlab chiqarishni qisqartira olmaydilar. Oilasini 
ta‘minlash va ijara haqini to‘lash uchun ishlab chiqarishni ilgarigi miqyoslarda olib 


352 
boraveradi. Bu hol qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni yana ham 
ko‘paytirib yuboradi. 
Agrar inqirozlar siklli tavsifga ega bo‘lmaydi. Qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarini ortiqcha ishlab chiqarish mutloq emas, balki nisbiy tavsifga ega. 
Chunki inqiroz ro‘y bergan mamlakatlarda million-million kishilar doimiy suratda 
ochlikda yashaydi. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling