Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

Soliq imtiyozi

soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda bunday to‘lovdan to‘liq, qisman va vaqtincha ozod 
qilinishidir. 
Soliq sub’ekti

soliq solinadigan daromad, xarajat, aylanma va mulk 
qiymati yoki miqdoridir (masalan, yer maydoni). Soliq sub‘ekti 

soliq 
munosabatlari ishtirokchilari (jismoniy va huquqiy shaxslar, davlat) ya‘ni soliq 
to‘lovchi va uni undiruvchilardir.
Soliq yuki

soliqlar va majburiy to‘lov (yig‘in) larning foyda, daromad, 
aylanma va mulk qiymatidagi ulushidir. Mamlakat miqyosida soliq yuki soliq va 
majburiy to‘lovlarning YaIMdagi salmog‘i sifatida aniqlanadi.
Soliq tizimi quyidagi asosiy printsiplarga ham javob berishi zarur. 
Birinchidan, soliq stavkasi darajasi soliq to‘lovchilarning iqtisodiy 
imkoniyatlaridan ya‘ni ularning daromadlari darajasidan kelib chiqib belgilanishi 
zarur.
Ikkinchidan, soliqqa tortish bir martalik tavsifga ega bo‘lishi zarur, aks 
holda bu tovar narxi asoslanmagan holda oshirilishiga sabab bo‘lishi bilan birga, 
mahsulotning raqobatbardoshligini pasaytiradi.


385 
Uchinchidan, soliq to‘lovining majburiyligi. Bunda soliq tizimi soliq 
to‘lovchida bunday to‘lovning muqarrarligi to‘g‘risida shubha uyg‘otmasligi zarur.
To’rtinchidan, soliq to‘lov jarayoni soliq to‘lovchilarga oddiy, tushunarli 
va qulay, soliq yig‘uvchi tashkilotlar uchun tejamli bo‘lishi zarur. 
Beshinchidan, soliq tizimi iqtisodiyotda yaratilgan YaMMning samarali 
qayta taqsimlanishini ta‘minlashi kerak. 
Mmilliy iqtisodiyotda soliqlar quyidagi muhim vazifalarni bajaradi: 
- davlat xarajatlarini moliyalashtirish (fiskal vazifasi); 
- milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash; 
- ijtimoiy tanglikni yumshatish (ijtimoiy vazifasi); 
- iqtisodiyotni tartibga solish (tartibga solish vazifasi); 
- iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantirish.
Soliqlar takror ishlab chiqarish jarayoniga ta‘sir ko‘rsatib, iqtisodiy faollikni 
tartibga solish vazifasini ham bajaradi.
Soliqlarni pasaytirish iqtisodiy yuksalish va davlat daromadlarning 
o‘sishiga olib kelishini birinchi bo‘lib amerikalik iqtisodchi A.Laffer asoslab
bergan, A.Lafferning muloxazalariga ko‘ra, korporatsiyalar daromadiga soliqlar 
stavkasini haddan tashqari oshirish, ularning kapital qo‘yilmalariga bo‘lgan 
rag‘batini susaytiradi, fan-texnika taraqqiyotini to‘xtatadi, iqtisodiy o‘sishni sekin-
lashtiradi va bular oxir oqibatda davlat byudjeti tushumlariga salbiy ta‘sir 
ko‘rsatadi.
Davlat byudjetining daromadlari va soliq stavka (me‘yor) si o‘sishi 
o‘rtasidagi bog‘liqlikning grafikda tasvirlanishi ―Laffer egri chizig‘i‖ nomini oldi.
Grafik tik o‘qida soliq stavkasi (R), yotiq o‘qida – davlat byudjetiga 
tushumlar (V) aks etgan. Soliq stavkasining optimal miqdori (R
1
) davlat byudjetiga 
eng yuqori tushum (V
1
) ni ta‘minlaydi. Soliqlar yanada oshirilganda ishlashga va 
tadbirkorlikka qiziqish susayadi, 100 foizli soliq olishda davlat daromadi nolga 
teng bo‘ladi, chunki hech kim tekinga ishlashni xohlamaydi. Soliq stavkalarini 
pasaytirish jamg‘armalar, investitsiyalar, bandlikning ortishi orqali soliq 
undiriladigan yalpi daromad hajmining o‘sishini ta‘minlaydi. Natijada soliq 


386 
tushumlari summasi ko‘payadi, davlat daromadlari hajmi o‘sadi, taqchillik 
kamayadi va inflyatsiyaning susayishi ro‘y beradi. Lekin o‘z-o‘zidan tushunarliki, 
Laffer samarasi faqat erkin bozor mexanizmi me‘yorida amal qilgan holdagina 
namoyon bo‘ladi.

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling