Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
6. Pul multiplikatori Bank tizimi mamlakatdagi pul massasini o‘zgartirish layoqatiga ega bo‘ladi. Davlat bankining emission faoliyatidan qat‘iy nazar pul massasi hajmi tijorat banklari kreditlari hisobiga ko‘payadi. Banklar ssuda berganda pul massasi ko‘payadi, aksincha mijozlar olgan qarzni kamaytirganda pul massasi kamayadi. Biroq bitta alohida bank pul massasini ko‘paytira olmaydi, barcha banklar birgalikda bunday imkoniyatga ega bo‘ladi. 82 Campbell R. McConnell ―Economics‖ Principles, Problems, and Policies. P. 258-285 414 Bu jarayonni quyidagicha tushuntirish mumkin. Aytaylik ―A‖bankning aktivlari 200000 mln so‘m bo‘lsin, bank uning bir qismini ehtiyot tarzda Markaziy bankda saqlashi lozim. U asosiysi majburiyat bo‘yicha to‘lovga qobiliyatsizlik xatarini kamaytirishga qaratiladi. Uning minimal miqdori Markaziy bank tomonidan majburiy ehtiyot normasi sifatida o‘rnatiladi va pul massasi va shu orqali tartibga solish vazifasini bajaradi. Agar bankning majburiyatlari 200000 mln so‘m bo‘lib, undan 40000 mln so‘mini majburiy extiyotlarni tashkil etsa, uning normasi 20% ni tashkil etadi. Bu normani Markaziy bank davlatning pul-kredit siyosatidan kelib chiqib belgilaydi. Tijorat banklar zarur extiyotlardan ortiq mablag‘larini boshqa banklarga qarzga beradi. Agar ehtiyot normasi 20% deb olsak, ―A‖bank 40000mln so‘mni majburiy ehtiyot sifatida saqlaydi, 160000mln so‘mni mijozlarga ssudaga berishi mumkin. Bank kredit berganda bu summani mijozning joriy hisobiga o‘tkazadi. Ssuda olgan tadbirkor o‘z navbatida sotib olgan tovari uchun chekni xizmat ko‘rsatuvchi ―B‖bankka o‘tkazadi. Natijada ―B‖bankda 160000mln so‘m yangi pul massasi paydo bo‘ldi ―B‖ bank bu pulning 32000mln so‘mini extiyotga o‘tkazib, qolgan 128000mln so‘mini qarzga berishi mumkin. Bu jarayon to‘xtovsiz davom etib natijada butun banklar tizimi tomonidan yaratilgan pul massasi miqdoran to‘xtovsiz ortib boradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling