Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
O’zbekistonda aholi daromadlarining tarkibi
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.Transfertlardan daromadlar 20,3
O’zbekistonda aholi daromadlarining tarkibi
(2016 y,foizda) 27.1-jadval Umumiy daromadlar – jami 100,0 Shu jumladan: I.Birlamchi daromadlar 79,7 1.1).Ishlab chiqarishdan olingan daromadlar 75,7 a).Mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 73,3 - yollanma ishchilarning ish haqi 38,9 - mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar 34,4 85 Ўзбекистонда ижтимоий ривожланиш ва турмуш даражаси. Т.2016 54-бет. 440 b).Shaxsiy iste’mol uchun o’zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar 2,4 1.2). Mol-mulkdan olingan daromadlar 4,0 II.Transfertlardan daromadlar 20,3 1.1). Umumiy daromadlarda, kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlar ulushi 55,2 Mamlakatimizda aholi daromadlarining oshib borishi bilan uning tarkibi o‘zgarib, tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan daromad barqaror o‘sib borayotgani alohida e‘tiborga molikdir. 2016 yilda ushbu ko‘rsatkich ulushi 55,2 foizni tashkil qilgan, boshqacha aytganda aholi daromadlarining yarmidan ko‘pi, birinchi navbatda, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznes hisobidan shakllangan. 87 O‘zbekistonda yaqin istiqbolda ham aholining real daromadlarini bosqichma-bosqich oshirib borish ko‘zda tutiladi. Bu quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi. aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish; kam ta‘minlangan oilalarni va aholining daromadlari bo‘yicha farqlanishi darajasini yanada qisqartirish; byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalarning hajmini inflyatsiya sur‘atlariga nisbatan jadal miqdorda bosqichma-bosqich oshirish. Aholi pul daromadlari darajasiga davlat yordam dasturlari bo‘yicha to‘lovlar sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. Bu manbalar hisobiga pensiya ta‘minoti amalga oshiriladi va turli xil nafaqalar to‘lanadi. Aholining moliya-kredit tizimi orqali oladigan pul daromadlari qo‘yidagilardan iborat: sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar; shaxsiy uy qurilishiga va matlubot jamiyati a‘zolariga bank ssudalari; qo‘yilmalar bo‘yicha foizlar; aktsiya, obligatsiya bahosining ko‘payishidan olinadigan daromad va zayom bo‘yicha 87 Ўзбекистонда ижтимоий ривожланиш ва турмуш даражаси. Т.2016й. 55-бет. 441 to‘lovlar; lotereya bo‘yicha yutuqlar; tovarlarni kreditga sotib olish natijasida tashkil topadigan vaqtincha bo‘sh mablag‘lar; har xil turdagi kompensatsiya to‘lovlar va h.k. O‘zbekistonda aholining pul daromadlari tarkibida ijtimoiy transfert daromadlari 2016 yilda 20,3% ni tashkil qiladi. MDH mamlakatlaridan ichida faqat Belorussiyada bu ko‘rsatkich nisbatan yuqori (18,8%), boshqa MDX davlatlarida esa u 8% dan oshmaydi. Aholi turmush darajasi tushunchasini ularning hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma‘naviy ne‘matlar bilan ta‘minlanishi hamda kishilar ehtiyojining bu ne‘matlar bilan qondirilishi darajasi sifatida aniqlanadi. Shu sababli, aholi turmush darajasi va sifatini baholashda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad bilan bir qatorda, ular hayot darajasini belgilaydigan bir qator muhim ko‘rsatkichlar hisobga olinadi. Bular quyidagilar: yashash sharoitlari va standartlari; qulay va zamonaviy uy – joylar bilan ta‘minlanganligi; kishilar yashash muhiti rivojlanganligi va obodonlashtirilganligi; zaruriy infratuzilma mavjudligi va uning samarasi; aholining sifatli iste‘mol tovarlari, xususan mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan ta‘minlanganligi; zamonaviy ta‘lim hamda sog‘liqni saqlash tizimidan bahramand bo‘lishi. Kishilar ehtiyojlarini qondirish darajasi jamiyat a‘zolarining daromadlari darajasiga bog‘liq. Turmush darajasini mamlakat ko‘lamida butun aholi uchun va tabaqalashgan mikro darajada aholining alohida guruhi uchun qarab chiqish mumkin. Birinchi yondashuvda turli mamlakatlarda aholining turmush darajasi aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi bo‘yicha qiyosiy tahlil qilinadi. Aholi guruhlari bo‘yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini taqqoslash, iste‘molchilik byudjeti asosida amalga oshiriladi. Qator iste‘molchilik byudjetlari mavjud bo‘lib, ulardan o‘rtacha oila uchun, yuqori darajada mo‘l-ko‘l byudjet, 442 minimal moddiy ta‘minlanganlar byudjeti, nafaqaxo‘rlar va aholining boshqa ijtimoiy guruhlari byudjeti shular jumlasidandir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘rtacha daromad «o‘rtacha sinf» deb ataladigan tabaqalar daromadlari bo‘yicha aniqlanadi. Bunday guruh iste‘molchilik savati to‘plamiga uy, avtomashina, dala hovli, zamonaviy uy jihozlar, sayr qilish va bolalarni o‘qitish imkoniyati, qimmatli qog‘ozlar va zebu-ziynat buyumlari kiradi. Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori ta‘minlangan yoki ―boy‖ qatlami mavjud bo‘lishini taqozo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovarlar xarid qilishga layoqatli bo‘lgan juda oz qatlami kiradi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar muvaffaqiyati, aholi turmush darajasi va hayot sifatini oshirish bo‘yicha erishilgan yutuqlar yetakchi xalqaro tashkilot hamda ekspertlar tomonidan xolisona baholangan. 2012 yilda Buyuk Britaniyaning xalqaro miqyosda tan olingan Legatum instituti o‘zining farovonlik va rivojlanish indeksida O‘zbekistonni dunyo mamlakatlari orasida 64 o‘ringa kiritgani e‘tiborga loyiqdir. O‘zbekiston ijtimoiy farovonlik, jumladan, umr ko‘rish davomiyligi, oilalarning tinchligi va osoyishtaligi, ishsizlik darajasining pastligi, ijtimoiy infratuzilmadan foydalanish darajasi bo‘yicha ham jahon hamjamiyatida havas qilarli o‘rinni egallaydi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling