Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

27.2-chizma. Daromadlar piramidasi 
Larens egri chizig‘i bilan bog‘liq daromadlarining tengsizligi darajasini 
aniqlashning usullaridan biri Shvetsariya iqtisodchisi Paretoga tegishli. U 
daromadlar taqsimlanishini tadqiq qilib eng kam va eng yuqori darajada daromad 
oladigan tabaqalar ulushi aholining kamchilik qismini tashkil etishini ko‘rsatadi. 
Jumladan, AQSh da barcha aholiga nisbatan eng kam daromad oluvchilar 13,5 
foizni, eng yuqori daromad oladiganlar 5-20 foizini tashkil etgan. Daromadlarning 
asosiy qismi o‘rtahol qatlamlarga to‘g‘ri kelgan. Daromadlarning taqsimla-
nishidagi bu bog‘lanish iqtisodiy nazariada Pareto qonuni deb yuritiladi. 
Aholi daromadga qarab guruhlanishini daromadlar piramidasi orqali 
tasavvur qilish oson bo‘ladi. 
Piramidaning asosiy qismini aholining o‘rta qatlamlari egallaydi. Aholining 
o‘rta qatlam toifasiga daromadi tirikchilik umumiy qiymatidan yuqori bo‘lgan, 
lekin o‘rtacha daromadlar darajasidan oshib ketmaganlar kiradi.
Daromadlar tengsizligida katta farqlar mavjud bo‘lishining asosiy sababi
bozor tizimiga asoslangan iqtisodiyotning o‘z xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bu 
yerda asosiy rolni mol-mulkka uy-joy, ko‘chmas mulk, aktsiya (va boshqalar)ga 
ega bo‘lish omili o‘ynay boshlaydi. Daromadlarning tabaqalanishi mulkiy taba-
qalanishni keltirib chiqaradi. Vaqt o‘tishi bilan oilalarning to‘plagan mol-mulki 
meros qoldirilishi sababli daromadlar tabaqalanishining kuchayishi ro‘y beradi. 
Har xil oilalar uchun turlicha iste‘mol muhiti yaratiladi. Ijtimoiy tenglik va da-
romadlar taqsimotida adolatlilikni ta‘minlab borish muammolari yuzaga chiqadi. 


446 
Bunday sharoitda davlatning daromadlarni qayta taqsimlash vazifasi 
daromadlar tengsizligidagi farqlarni kamaytirish va jamiyat barcha a‘zolari uchun 
ancha qulay moddiy hayot sharoitini ta‘minlashga qaratiladi. 
Daromadlar tengsizligi kamayishining taxminan 80 foizini asosan transfert 
to‘lovlari taqozo qiladi. Aniqroq aytganda davlat transfert to‘lovlari eng past daromad 
oluvchi kishilar guruhi daromadining asosiy qismi (70-75%)ni tashkil qiladi va 
tengsizlikni yumshatishning eng muhim vositasi hisoblanadi. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling