Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Ishchi kuchini qayta taqsimlashning bozor mexanizmi


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet265/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

2. Ishchi kuchini qayta taqsimlashning bozor mexanizmi.
3. Bandlikni ta’minlashda mehnat birjalari faoliyati. Ishsizlarni ijtimoiy 
himoyalash. 
4. O’zbekistonda bandlikning tarkibi va uni takomillashtirish vazifalari. 
 
1. Bandlik tushunchasi. To’liq va samarali bandlik muammosi 
―Bandlik mehnat layoqatiga ega bo‘lgan va mehnat qilishga ishtiyoqi bor 
kishilarning ijtimoiy foydali mehnat bilan mashg‘ul bo‘lishlaridir‖. Ish bilan band 
aholiga yollanib ishlovchilar va o‘zlarini mustaqil ravishda ish bilan ta‘minlagan 
shaxslar kiradi.
Ish bilan band bo‘lish uchun mehnatga layoqatli, ya‘ni mehnat qilish 
qobiliyatiga ega bo‘lish kerak, unga ega bo‘lgan kishilar mehnat resurslarini 
tashkil etadilar. O‘zbekistonda mehnat resurslariga aholining quyidagi guruhlari 
kiradi: 
I. Mehnatga layoqatli yoshdagilar: 

16 yoshdan 54 yoshgacha bo‘lgan ayollar; 

16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar. 
II. Mehnatga layoqatli yoshdan katta yoshdagi (mehnat nafaqasidagi) 
ishlovchilar. 
III. Balog’at yoshiga etmagan ishlovchi o’smirlar (16 yoshgacha 
bo’lganlar). 
Mehnat resurslari iqtisodiy faol va iqtisodiy nofaol aholi qatlamlaridan 
iborat bo‘ladi. O‘zbekistonda mehnat resurslarining o‘rtacha 70-72 foizi, iqtisodiy 
faol hisoblanib ularning 95% ga yaqini iqtisodiyotda band qilingan. Iqtisodiy 
nofaol aholining 57,0% dan ortiqrog‘ini band qilinmaganlar tashkil qilsa, 43,0% ga 


451 
yaqini mehnatga layoqatli yoshdagi o‘quvchilar va ishlab chiqarishdan ajralgan 
holda ta‘lim olayotganlardan iborat. 
Iqtisodiy faol aholi qatlami yalpi ishchi kuchini tashkil qiladi. Yalpi ishchi 
kuchining miqdor o‘lchami – bu mehnatga layoqatli kishilarining (mehnat 
resurslarining) umumiy sonidir. 
Yalpi ishchi kuchining sifat o‘lchami esa ularning bilimi, malakasi, 
mahorati, 
ko‘nikmasi va ish tajribasining o‘rtacha ko‘rsatkichlarida 
mujassamlashadi.
Boshqa resurslar kabi mehnat resurslari ham takror hosil qilib turilishi kerak. 
Ishchi kuchini takror hosil qilish insonning jismoniy va aqliy qobiliyatlarini 
uzluksiz kengaytirilgan tarzda tiklab turish, ularning mehnat malakasini, umumiy 
bilimi, kasbiy tayyorgarlik darajasini yangilab va o‘stirib borish hamda ishchi 
avlodini tayyorlash kabilarni o‘z ichiga oladigan jarayondir. 
Ishchi kuchini takror hosil qilish quyidagilarni anglatadi: 

aholining tabiiy harakati, tabiiy o‘sishning umumiy shart-sharoitlarini 
yaratish; 

xodimlarni ishlab chiqarishga jalb qilish va bo‘shatish; 

mehnat resurslarini tarmoqlar, sohalar va hududlar o‘rtasida taqsimlash 
hamda qayta taqsimlash; 

aholining ijtimoiy, ma‘naviy va madaniy ehtiyojlarini qondirib borish; 

ishchi kuchini to‘liq va samarali bandligini ta‘minlash. 
Milliy iqtisodiyot faoliyat qilishining asosiy maqsadlaridan biri to‘liq ish 
bilan bandlikni ta‘minlash hisoblanadi. ―To‘liq bandlik‖ va ―samarali‖ yoki 
―oqilona‖ bandlikni ham taqozo qiladi. 
Ish bilan to‘liq bandlik mehnatga layoqatli bo‘lgan va ishlashni hohlagan 
barcha kishilarning ish bilan ta‘minlanganini anglatadi. Shuningdek, ish bilan 
to‘liq bandlik bir tomondan iqtisodiyotda ishsizlikning tabiiy darajasi mavjud 
bo‘lishini inkor etmaydi, boshqa tomondan, bu mehnatga layoqatli barcha 
kishilarning ishlab chiqarishga jalb etilish zarurligini anglatmaydi. 


452 
Bandlik miqdor o‘lchamda qancha kishi va qancha vaqt ish bilan mashg‘ul 
bo‘lishini bildiradi. Sifat jiqatidan esa bu ishlagan vaqt davomida qancha miqdorda 
tovar va hizmatlar yaratilishi, ular qanday narxda sotilishi, natijada qancha pul 
daromad olinishini bildiradi. To‘liq bandlik belgilangan ish kuni, haftasi va oy 
davomida har doim ish bilan mashg‘ul bo‘lishini bildiradi. Aks holda to‘liq 
bo‘lmagan bandlik kelib chiqadi. 
―Samarali‖ yoki ―oqilona‖ va ―samarasiz‖ bandlik ham mavjud. Oqilona 
bandlik bu yuqori mehnat unumdorligi va shunga binoan yuqori daromad 
keltiradigan va ishlovchining mehnatdan qoniqishini ta‘minlovchi bandlikdir. 
Samarasiz bandlik mehnat unumdorligi past, ish haqi kam va ishlovchi o‘z 
mehnatidan qoniqmagandagi bandlikdir. Bunday bandlikda texnologiya yuqori 
bo‘lmaydi, malakasi va ish tajribasi kam kishilarning mehnati talab qilinadi. 
Oqilona bandlikka kompyuter dasturchisining bandligini misol qilib olish 
mumkin. U zamonaviy kompyuterlarda ishlaydi, uning mehnati maxsus iste‘dod va 
tayyorgarlik talab qiladi va ish haqi ham boshqalarnikidan ancha yuqori bo‘ladi. 
Samarasiz bandlikka misol qilib qishloq xo‘jaligi xodimlari bandligini olish 
mumkin. Ish bilan samarali bandlik, xodimlarning o‘z mehnati natijalaridan to‘liq 
iqtisodiy manfaatdorligining ta‘minlanishi zarurligini anglatadi. Bu o‘z navbatida 
mehnat resurslarining oqilona band qilinishini va ulardan foydalanishning intensiv 
turiga tayanishini taqozo qiladi. 
Bandlik axamiyatiga qarab birlamchi va ikkilamchi bandlikka ajratiladi. 
Birlamchi bandlik bu asosiy ish bilan, ya‘ni daromadning asosiy qismini beruvchi 
faoliyat turi bilan band bo‘lishidir. Ikkilamchi bandlik qo‘shimcha ish bilan, ya‘ni 
qo‘shimcha daromad beruvchi faoliyat bilan band bo‘lishidir. Ko‘pchilik ishlov-
chilar birlamchi bandlikka moyil bo‘ladi, u keltirgan daromad ishlovchini qoniq-
tirmaganda, u ikkilamchi bandlikka harakat qiladi. Ikkilamchi bandlik o‘rindoshlik 
asosida ishlash shaklida ro‘y beradi. 
Bandlik darajasi ishlashga layoqati bo‘lganlarning qanchasi amalda ishlab 
turishlarini bildiradi. 


453 
Bandlik darajasi iqtisodiyotda band bo‘lganlarning mehnat resurslariga 
nisbatan hisoblanadi. Bunda mehnat qobiliyati borlarning hammasi ishlashni xohlaydi 
deb faraz qilinadi. Bandlik darajasi (Bd) ishlovchilarning (I) mehnat resurslaridagi 
(Mr) hissasi bo‘lib, foizda ifodalanadi.

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling