Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Bandlikni ta’minlashda mehnat birjalari faoliyati. Ishsizlarni ijtimoiy
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
3. Bandlikni ta’minlashda mehnat birjalari faoliyati. Ishsizlarni ijtimoiy
himoyalash Ishchi kuchi bozori xaridorlar – (ish beruvchilar) va sotuvchilar- (ish kuchi egalari)dan iborat bo‘ladi. Ish beruvchilar davlat idora tashkilotlari, xususiy va jamoat tashkilotlari, mehnatni taklif etuvchilar – ish kuchi egalari bo‘lib, ular mehnat qobiliyatiga ega va o‘z ishchi kuchini sotishga ishtiyoqi bo‘lgan kishilardan tashkil topadi. Ishchi kuchi bozorining aniq shakllari bular - mehnat birjalari va ishga yollovchi firmalardir. Mehnat birjasi – ishchi kuchini taqdim qiluvchilar hamda ishga yollovchilar o‘rtasida ish kuchini sotish va sotib olish bo‘yicha kelishuvni amalga oshirishda vositachi vazifasini bajaruvchi maxsus muassasadir. Dastlabki mehnat birjalari X1X asrning birinchi yarmida tashkil topgan. Bizning Respublikada mehnat birjalari 2009 yildan boshlab –―Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari‖ deb atala boshlandi. Bunday markazlarning asosiy vazifalari quyidagilardir: - ishsizlarni ro‘yxatga olish, xamda ish joyini o‘zgartirmoqchi bo‘lganlarni ishga joylashtirishda vositachilik qilishi; - ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifni o‘rganish; - alohida ixtisosliklar bo‘yicha ishchi kuchiga talab haqida ma‘lumot berish; - yoshlarni kasb ixtisosliklar bo‘yicha yo‘naltirish, yangi kasb-hunarga o‘rgatishni tashkil qilish. Mehnat birjalarining faoliyati faqat ish bilan ta‘minlash emas, balki iqti- sodiyot tarmoqlari tarkibidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq xolda o‘zgarib turadigan mehnat bozori talabini qondirishdan iborat. 458 Respublikada axolining yuqori sur‘atlar bilan o‘sib borayotganligini, ish bilan bandlikni ta‘minlash uchun mamlakatimizda bir qator tadbirlarni amalga oshirish mo‘ljallangan: Birinchidan, keng faoliyat turlari, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlikni kengaytirish uchun sharoit yaratish. Birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi ashyosini qayta ishlash, iste‘mol mollari, mahalliy xomashyodan qurilish materiallari tayyorlovchi xususiy kichik korxonalarni faol rivojlantirishni rag‘batlantirish. Ikkinchidan, xizmat ko‘rsatish sohasi va kasanachilikning turli shakllarini keng joriy etish, qishloq joylarda chorvachilikni rivojlantirishni rag‘batlantirishga alohida e‘tibor qaratish. Uchinchidan, qishloqlarda keng tarmoqli ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratish, shu orqali yangi ish joylarini vujudga keltirish. To‘rtinchidan, ishdan bo‘shagan xodimlarni qayta tayyorlash va qayta o‘qitishni tashkil etishni tubdan o‘zgartirish. Beshinchidan, vaqtincha ishga joylashtirish imkoni bo‘lmagan mehnatga yaroqli axolini davlat tomonidan ishonchli ravishda ijtimoiy himoyalash. Bu siyosat ularning o‘ta zarur ehtiyojlarini qondirish va kafolatli tirikchilik manbalariga ega bo‘lishiga erishishga qaratiladi. Aholining ish bilan bandligi muammosi ko‘p qirrali bo‘lib, u barcha odamlarga o‘z qobiliyatlarini ishga solish imkoniyatini berish bilan birga, aholi extiyojlarini qondirish uchun dastlabki teng imkoniyatlarni ta‘minlovchi davlat va bozor mexanizmini vujudga keltirish, ishchi kuchini unumli va samarali ish bilan band qilish, zarur hollarda ishchi kuchini iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari o‘rtasida qayta taqsimlash kabi masalalarni ham o‘z ichiga oladi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling