Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


-chizma. Ishchi kuchiga talab va uning o’zgarishi


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet267/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

28.1-chizma. Ishchi kuchiga talab va uning o’zgarishi 
Soatlik ish haqi 5000 so‘m bo‘lganda ishlash uchun 500 kishi talab 
qilinadi, 2000 so‘mga tushganda, ishchi kuchiga talab ortib, jami 700 kishiga 
etadi. Bunda ish haqining qisqarishi ishchi kuchiga talabni oshiradi. 


455 
Mehnat bozorida taklif ham narxga nisbatan egiluvchan bo‘ladi, ya‘ni ish 
haqi oshsa, ishchi kuchi taklifi ko‘payadi, kamaysa, uning taklifi qisqaradi.
Ish haqi 3000, 5000, 7000 so‘m bo‘lishiga qarab, ishchi kuchi taklifi 300, 
500, 700 kishidan iborat bo‘ladi. Bu ishchi kuchi taklifining ish haqiga nisbatan 
egiluvchanligini ko‘rsatadi. 
Ishchi kuchi bozorida unga bo‘lgan talab va taklif mos kelganda 
muvozanatlik hosil bo‘ladi. Mazkur muvozanat ish haqining muayyan darajasida 
vujudga keladi. 
 
28.2-chizma. Ishchi kuchi taklifi va uning o’zgarishi 
 
28.3-chizma. Ishchi kuchi bozorida muvozanatlik 
Chizmada ishchi kuchiga talab chizig‘i AB taklif chizig‘i DS bilan M 
nuqtada kesishadi. Bu nuqta muvozanat nuqtasi bo‘lib, ishchi kuchiga talab va 


456 
taklif miqdoran tenglashganligini bildiradi. Ish haqi 5000 so‘m bo‘lganda 500 kishi 
mehnatiga talab qondiriladi, ish qidirgan 500 kishi ishga joylashadi, demak, ish 
kuchining bundan ortiqchasi ish xaqining mavjud darajasida band qilinmaydi. 
Ishchi kuchiga bo‘lgan talab va uning taklifiga ish xaqidan tashqari boshqa 
omillar ham ta‘sir qiladi, bular: 

Texnika taraqqiyoti; 

Iqtisodiy faollik (tanglik yoki turg‘unlik holati); 

Yangi texnologiyaning joriy etilishi; 

Ishlab chiqarish tarkibining o‘zgarishi; 

Mavsumiylik; 
Shunday mehnat turlari ham borki, ular maxsus qobiliyat va tayyorgarlikni 
talab qiladi. Masalan: og‘ir jismoniy ish sog‘lom va baquvvat kishilarni; san‘at, 
adabiyot, fan, konstruktorlik sohalari alohida iste‘dodni talab qiladi. Shunday 
kasblar borki, ular puxta bilim, maxsus tayyorgarlik va katta tajribani talab qiladi.
Ishchi kuchining taklifiga ishning jozibadorligi kasbdan obro‘ topish, 
qo‘shimcha imtiyoz olish, yuqori mansabga erishish imkoni, ishsiz qolish xavfi-
ning yo‘qligi, mehnat sharoitining yaxshiligi, shuningdek imtiyozli kredit olish im-
koni va boshqalar ta‘sir qiladi. 
Ishchi kuchining taklifiga eng avvalo nufuz qonuni, ya‘ni aholi sonining 
o‘sish sur‘ati ta‘sir ko‘rsatadi. Aholi soni tez o‘sib, mehnat qilish yoshiga etganlari 
qanchalik ko‘p bo‘lsa, ishchi kuchi taklifi ham shuncha ko‘p bo‘ladi. 
O‘zbekistonda 1995 yilda mehnat qilish yoshiga yetganlar jami aholining 49.3%ni 
tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yilda bu ko‘rsatkich 58,1%ga etgan
88
. Shunga mos 
ishchi kuchi taklifi ham ortgan.
Ishchi kuchiga bo‘lgan talab miqdori uning yordamida yaratiladigan tovar va 
xizmatlarga bo‘lgan talabning hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Agar bozorda tovarlarga 
talab oshsa ishchi kuchiga talab ortadi, talab qisqarganda ishchi kuchiga ham talab 
qisqaradi. Mana shu bog‘liqlik sababli iqtisodiy inqirozlar davrida ishchi kuchiga 
talab keskin qisqarib ishsizlar soni oshib boradi.
88
Ўзбекистонда меҳнат ва бандлик. T.:2016. 21 бет.


457 
Respublikada keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishdagi ustuvor vazifa 
– bu mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va aholi bandligini 
oshirishning muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani 
yanada rivojlantirishdan iboratdir. Bu yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, aholining, 
ayniqsa yoshlarning ish bilan bandligini ta‘minlash, odamlarning daromadi va 
farovonligini oshirish imkonini beradi. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling