462
To’liq bandlik – mehnatga layoqatli bo‘lgan va
ishlashni hohlagan barcha
kishilarning ish bilan ta‘minlanganini anglatadi.
Samarali bandlik– xodimlarning o‘z mexnati natijalaridan to‘liq iqtisodiy
manfaatdorligining ta‘minlanishi.
Birlamchi bandlik – bu asosiy ish bilan, ya‘ni daromadning asosiy qismini
beruvchi faoliyat turi bilan band bo‘lishi.
Ikkilamchi bandlik – qo‘shimcha ish bilan, ya‘ni qo‘shimcha daromad
beruvchi faoliyat bilan band bo‘lishi.
Bandlik darajasi – iqtisodiyotda band bo‘lganlarning mehnat resurslariga
nisbati.
Mehnat birjasi – ishchi kuchini taqdim
qiluvchilar hamda ishga
yollovchilar o‘rtasida ish kuchini sotish va sotib olish bo‘yicha kelishuvni amalga
oshirishda vositachi vazifasini bajaruvchi maxsus muassasa.
Muhokama uchun savollar:
1. Ishchi kuchini takror hosil qilish deganda nimani tushunasiz va uning
xususiyatlari qanday?
2. Ishchi kuchining sifati nima? U qanday omillarga bog‘liq?
Fan-texnika
taraqqiyotida ishchi kuchining sifatiga qanday talablar kuchayadi?
3. Ish bilan to‘la bandlik nima uchun nisbiy ma‘noda tushuniladi? Qanday qilib
ishchi kuchidan samarali foydalanishga erishiladi?
4. Ish bilan birlamchi va ikkilamchi bandlik tushunchalarini izohlang.
5. Mehnat birjasi nima va u qanday vazifalarni bajaradi?