Bozor iste’molchi va sotuvchilarning xohish va istaklari mos kelib o‘zaro tovar va xizmatlarni ma’lum bir qiymat evaziga ayirboshlaydigan joy. Market


-amaliy mashg‘ulot: Marketing asoslari. Tovar-narx siyosati


Download 152.84 Kb.
bet25/27
Sana02.08.2023
Hajmi152.84 Kb.
#1664563
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Bozor iste’molchi va sotuvchilarning xohish va istaklari mos kel-fayllar.org

4-amaliy mashg‘ulot: Marketing asoslari. Tovar-narx siyosati.

Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Bozorni o‘rganganish orqali talab va taklifga mos keladigan, ehtiyojlarni qondirish uchun yaratilgan va e’tiborni jalb qilish, sotib olish, foydalanish yoki iste’mol qilish maqsadida bozorda taklif etiladigan mahsulotdirni yaratish. Marketing tizmida u iste’molchilar maqsadli guruhining ehtiyojlarini to‘liqroq ta’minlaydigan foydali xususiyatlar yig‘indisi, bozorda mahsulotga talabning mavjudligi va sotilish kunining (muayyan narx bilan birgalikda) belgilanganligidir.
Tayanch iboralarni o‘rganing va yozib oling: Tovar, narx, talab, taklif, ehtiyoj, segment, qadoqlash, yorliq, assortiment.
Amaliy mashg‘ulot darsida muhokama uchun savollar:
1. Marketingda tovar qanday vosita sifatida ta’riflanadi?
Marketing tizmida tovar iste’molchilar maqsadli guruhining ehtiyojlarini to‘liqroq ta’minlaydigan foydali xususiyatlar yig‘indisi, bozorda mahsulotga talabning mavjudligi va sotilish kunining (muayyan narx bilan birgalikda) belgilanganligi sifatida qaraladi.
2. Tovar assortimenti deganda nimani tushunasiz?
Tovar assortimenti – bu ikkita asosiy ko‘rsatkich: kenglik va chuqurlik bilan tavsiflanishi mumkin bo‘lgan korxonaning tovar mahsuloti yig‘indisidir.
3. Tovar assortimentining kengligi va chuqurligini tushuntirib bering.
Assortiment kengligi har xil tovarlar yoki ular guruhlarining soni bilan, chuqurligi esa – modifikasiyalar, bitta guruh doirasida bu tovarlarning variantlari, ya’ni ehtiyojlarning qondirishning har xil darajalariga mo‘ljallangan tovarlarning soni bilan aniqlanadi.
1. Nihoyatda qimmat musiqa elektr asboblari tovarlarning qaysi kategoriyalariga yaqin (kundalik ehtiyoj, jiddiy tanlov, obro‘-e’tiborli)?
2. Tovar sifatini aniqlashda qanday omillar hisobga olinishi kerak?
3. Nima uchun ko‘p haridorlar taniqli marka sohibi bo‘lgan tovarlarga yuqori narx to‘lovini amalga oshirishga tayyor bo‘ladilar?
4. Tovar modifikatsiyasi deganda nimani tushunasiz?
5. Sizningcha qachon tovar raqobatbardosh bo‘ladi?
6. Mahalliy tovarlarning raqobatbardoshligini oshirish uchun qanday marketing tadbirlarini amalga oshirish lozim?

Download 152.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling