Reja: - Raqobat bozori o’zi nima?
- Foydani maksimallashtirish va raqobatli firmalarning taklif egri chizig’i
- Raqobat bozorida taklif egri chizig’i
Bu bobdan bizning maqsadimiz raqobat bozorida firmalarning qanday qilib ishlab chiqarishda qarorlar qabul qilishini o’rganishdir. Bu tahlilga chuqurroq yondoshgan holda, avvalo raqobat bozori o’zi nima ekanligini ko’rib chiqamiz. - Bu bobdan bizning maqsadimiz raqobat bozorida firmalarning qanday qilib ishlab chiqarishda qarorlar qabul qilishini o’rganishdir. Bu tahlilga chuqurroq yondoshgan holda, avvalo raqobat bozori o’zi nima ekanligini ko’rib chiqamiz.
-
- RAQOBAT TUSHUNCHASI
- Raqobatli bozor – bu shunday bozorki, unda ko`p iste`molchilar va sotuvchilar bo`ladi, tovarlar bir xil bo`ladi, bozor tomonidan belgilangan narx amal qiladi.
- Raqobat bozori ba'zan mukammal (sof) raqobat bozori ham deyiladi va uning ikki muhim xususiyati bor:
- Bu bozorda sotuvchi va xaridorlar soni juda ko’p bo’ladi;
- Sotuvchilar tomonidan taklif qilinadigan mahsulotlar bir xil mahsulot bo’ladi.
- Bu shartlardan kelib chiqqan holda bozordagi har qanday sotuvchi yoki haridorning alohida harakati bozor narxiga deyarli ta`sir etmaydi. Har bir xaridor va sotuvchi bozor narxini berilganday qabul qiladi.
1.Raqobat bozori o’zi nima?
- RAQOBATLASHUVCHI FIRMANING DAROMADI
-
- Raqobat bozoridagi firma iqtisodiyotdagi boshqa ko’plab firmalar kabi o’z foydasini (umumiy daromad ayiruv umumiy mablag’) maksimallashtirishga harakat qiladi. Buni qanday amalga oshishini bilish uchun, biz birinchi raqobatdosh firmaning daromadini ko’rib chiqamiz. Yanada aniqlik kiritish uchun Vaka Oilaviy Sut Fermasini faoliyati bilan tanishamiz.
- Vaka Oilaviy Sut Fermasi qanchadir Q miqdorda sut ishlab chiqaradi va sutning birligini bozor P narxida sotadi. Fermaning umumiy daromadi P x Q dir. Misol uchun, agar bir gallon sut 6$ bo’lsa, fermer 1000 gallon sut sotadi, uning umumiy daromadi 6,000$ bo’ladi.
- Vaka fermasi taklif qilayotgan sut hajmi jahon sut bozori bilan taqqoslanganda sezilarsiz bo’lganligi sababli, u bozor sharoiti bergan narxni qabul qiladi. Bu degani sutning narxi Vaka fermasining ishlab chiqargan va sotgan gallonlarining soni qanchaligiga bog’liq emas. Agar Vaka Fermasi sut ishlab chiqarish miqdorini ikki barobar ko’paytirsa, ya'ni 2000 gallon qilsa, sut narxi o’zgarmay qoladi, ammo umumiy daromad 12,000$ bo’ladi. Natijada umumiy daromad mahsulotning miqdoriga to`g`ri mutanosib bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |