Bozorni va asosiy raqobatchilarni tahlil qilishda
Boshqaruvni tashkil etish vazifasi va asosiy qoidalari
Download 38.05 Kb.
|
Variant garak
Boshqaruvni tashkil etish vazifasi va asosiy qoidalari
Variant-3 Korxonaning tarmoq va bozordagi mavqeini tahlil qilish. Korxonaning tarmoqdagi va bozordagi holati tahlili Insonning, jamoaning va butun korxonaning qiladigan barcha ishlari vaziyatni tahlil qilish va baholashdan boshlanadi. Biznes, ishlab chiqarish va boshqa har qanday ish istisno emas. Buning ustiga aynan biznesda tarmoqdagi va bozordagi vaziyatni oldindan tahlil qilish boshqa joylarga qaraganda ko’proq talab qilinadi. Korxonaning tarmoqdagi va bozordagi holati tahlili bu o’z mohiyatiga ko’ra tashqi muhit diagnostikasidir. U biznes-rejani tayyorlashda rezyumedan keyingi ikkinchi qadamdir. Biznes-reja tuzish bo’yicha bugungi uslubiy tavsiyalar ushbu bo’limni mazkur korxona faoliyat ko’rsatuvchi muhitning investitsiyalarni jalb qilishdagi jozibadorligini tahlil qilishdan boshlashni taklif qiladi. Tarmoqni tavsiflash quyidagilarni qamrab olishi lozim: tarmoqning iqtisodiy sektorini aniqlash (fan, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va hokazo); mavsumiylik; tarmoq bozorining geografik joylashuvi (mahalliy, mintaqaviy, milliy, xalqaro); mazkur tarmoq taklif etuvchi asosiy mahsulot va xizmat turlari; tarmoqning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari; tarmoq bozorining tuzilmasi, sig’imi va uning o’zgarish tendentsiyalari; korxona rivojlanishiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan omillari (yangi iste’molchi va raqobatchilar, qonun va qoidalarning paydo bo’lish ehtimoli). Tarmoq va biznes sohasi to’g’risida qaror qabul qilish tadbirkorning o’zi uchun ham, tadbirkorlik loyihasi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tanlangan faoliyat sohasining rivojlanish tendentsiyalarini to’liq hisobga olmaslik biznes-loyihani joriy qilishda kutilmagan natijalarga va iqtisodiy samaradorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin. Download 38.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling