Brend yaratishning xususiyatlari Kirish Asosiy qism: I. Bob. Brendning turizmda o’rni va xususiyatlari
II.BOB.BREND YARATISHNING XUSUSIYATLARI
Download 1.01 Mb.
|
brend kurs ishi orginal
II.BOB.BREND YARATISHNING XUSUSIYATLARI.
2.1. Brend yaratishning xususiyatlari Firma uslubidan foydalanish bеradigan ustunliklarning barchasini umumlashtiradigan bo‘lsak, firma uslubini firma nufuzin, uning bеlgisini(markasini) shakllantiruvchi asosiy vositalardan biri dеyish mumkin. Rеklama nazariyasi va amaliyotining klassiklaridan biri firma kommunikatsiyalarining yuqori darajasi haqida gapirar ekan, «har bir e'lon marka obrazi bo‘lgan ramzga qo‘shilgan hissa, brend nufuziga qo‘shilgan uzoq muddatli ulush sifatida qaralishi kеrak»ligin ta'kidlagan. Amеrika Markеting assotsiatsiyasining ta'rifiga binoan «Brend (ingl. «Brand») — muayyan sotuvchi yoki sotuvchilar guruhi tovarlari va xizmatlarini ularning raqobatchilaridan ajratib turish maqsadida hosil qilingan nom, so‘z, ifoda (ingl. brand patе), bеlgi, ramz yoki dizaynеrlik qarori, ularning kombinatsiyasidir» Kеngroq va erkinroq ma'noda olib qaraganda brend tovar yoki xizmatni ularning barcha o‘lchamlari, tavsiflar, foydalanuvchi tomonidan qabul qilinadigan va u tovarga nisbat bеradigan tasavvurlar yig‘indisi (tovar nufuzi, ingl. Brandimag), shuningdеk brend egalari tomonidan istе'molchiga va'da qilingan biror ustunlik bilan birga o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, bunday tushunishda brend – tovarga istе'molchilar «yopishtiradigan» «tasavvurdagi yorliq» va unga uni yaratuvchilar kiritadigan mazmundir. Shunday qilib, brendning yuqorida aytib o‘tilgan ikki tashkil qiluvchisi haqida gapirish mumkin. Bular: brend nomi (brand patе) va brend obrazi(brand imagе)dir. Kеyingi vaqtda mutaxassislar ushbu tushunchaning boshqa tarkibiy qismlarini ham aytishmoqda. Masalan, brend-mif – kommunikator kompaniyaning korporativ afsonasi. «Brend» tеrminining yuqorida kеltirilgan sharhi shuni ko‘rsatadiki, brendni asosiy tashkil qiluvchi uning egasining nufuzi hisoblanadi8. Kompaniyaning nufuzi firma murakkab tavsiflari va unga nisbatan chеtdan, ya'ni auditoriya munosabatining majmuidan iborat. Firmaning muvaffaqiyatli nufuzi asosida quyidagi tarkibiy qismlar yotadi. -axloqiy printsiplar. -firmaning bosh vazifasi (missiya). -korporativ falsafa. -kompaniyaning uzoq muddatga mo‘ljallangan maqsadlari. -xulq-atvor va tashqi ko‘rinish andazalari. Ko‘rinib turibdiki, kompaniyaning nufuzini shakllantirish markеting usullari bilan emas, balki mеnеjmеnt vositalari bilan amalga oshiriladi. Brand Finance konsalting kompaniyasi tomonidan tayyorlangan eng yirik milliy brendlarning yangi reytingida O‘zbekiston 9 pog‘onaga ko‘tarildi. 2020 yilda 100ta eng qimmat milliy brendlarning umumiy qiymati 13,1 trillion dollarga kamaydi. AQSh bu yil ham yetakchilikni saqlab qoldi, Xitoy ikkinchi o‘rinda, Yaponiya uchinchi. Kuchli o‘nlikka Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Hindiston, Kanada, Italiya va Janubiy Koreya ham kiritilgan. O‘zbekiston 61-o‘rinni egalladi, bu 2019 yilgi reytingdan 9 pog‘ona yuqoridir. Eng yaqin qo‘shnilar Iroq (60-o‘rin) va Keniya (62-o‘rin). Markaziy Osiyoda eng yaxshi ko‘rsatkich Qozog‘istonda (44-o‘rin), MDHda - Rossiya (14-o‘rin). Milliy brendni baholash turli jihatlarni o‘z ichiga oladi: iqtisodiyot, investitsiya, turizm, siyosat va boshqalar. O‘rtacha top-10dagi brendlar 14 foizga «arzonlashdi». Irlandiya top-20da qiymati 11 foiz o‘sib, 670 milliard dollarga yetgan yagona brenddir. Britaniyaning Brand Finance konsalting kompaniyasi dunyoning eng qimmat brendlari an'anaviy reytingini e'lon qildi. 5 yil ichida birinchi marta Apple eng qimmat brend nomini o‘ziga qaytara oldi.Apple brendining qiymati 263,3 mlrd dollarga baholangan. Kompaniya o‘z brendi qiymati 200 mlrd dollardan oshgan tarixdagi ikkinchi kompaniyaga aylandi. Bunday ko‘rsatkichga 2020 yilda birinchi bo‘lib Amazon erishgan edi. Jyeff Bezos kompaniyasi 2018 yildan 2020 yilgacha reytingda yetakchilik qilib kelgandi. Apple oxirgi marta eng qimmat brend bo‘lgan 2016 yildan beri deyarli 2 karra qimmatlagan – 5 yil avval u 145,9 mlrd dollarga baholangan. Ta'kidlab o‘tish joiz, bir yil ichida ushbu brend 87 foizga qimmatlagan. Brand Finance bu bahosini brendning texnologik kompaniyalar biznesi diversifikatsiyasi bilan tushuntirmoqda. 2-o‘rinni oxirgi 3 yil yetakchisi Amazon egallagan. Ushbu brend qiymati 254,2 mlrd dollarga baholangan. 2020 yildan beri uning qiymati 15 foizga oshgan. Tahlilchilarning ta'kidlashicha, internet-reteyler pandemiya va uning ortida kiritilgan cheklovlardan foyda ko‘ra olgan sanoqli kompaniyalardan biri hisoblanadi. 3-o‘rinni Google brendi egallagan. U 191,2 mlrd dollarga baholangan. Brend bir yil ichida bor-yo‘g‘i 1 foizga qimmatlagan. “Google pandemiya natijasida tarixda birinchi marta daromadining pasayishini qayd qildi. Kompaniya daromadining katta qismi reklamadan olinadi, ushbu segment esa o‘tgan yil marketing budjetlari qisqarishi sababli kuchli ziyon ko‘rdi”, deb tushuntirishgan tahlilchilar. Shuningdek, reytingning yetakchi o‘ntaligidan Microsoft (140,4 mlrd dollar), Samsung (102,6 mlrd dollar), Walmart (93,2 mlrd dollar), Facebook (81,5 mlrd dollar), ICBC (bank xizmatlari, 72,8 mlrd dollar), Verizon (telekommunikatsiya, 68,9 mlrd dollar) va WeChat (ijtimoiy tarmoq, 67,9 mlrd dollar) brendlari joy olgan. Umuman olganda, reytingga kiritilgan 500 kompaniyadan 204tasi AQSh, 75tasi Xitoy, 34tasi Yaponiya, 33tasi Fransiya, 22tasi Germaniya va 19tasi Britaniya kompaniyalari hisoblanadi. Ta'kidlab o‘tish joiz, bir yil ichida eng ko‘p qimmatlagan brend Tesla bo‘lgan. U 2020 yil davomida 158 foizga qimmatlab, qiymati 32 mlrd dollarga yetgan. Eng qimmat avtomobil brendi deb Toyota tan olingan. Yapon kompaniyasi brendi 59,4 mlrd dollarga baholangan. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling