Brics besh mamlakatdan tashkil topgan bir guruh: (brics braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika) brics tashkiloti bilan jahon iqtisodiyotining kelgusi o'sishi ta'minlanishi maqsadlangan


Download 70.4 Kb.
bet4/10
Sana10.02.2023
Hajmi70.4 Kb.
#1185841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
БРЕКС

Yevropa Ittifoqi — Yevropaning 27 davlatidan iborat siyosiy va iqtisodiy birlashmadir. Uning tarixi 1957 yilga, 6 Yevropa davlatlari orasida imzolangan Rim bitimi va undan soʻng paydo boʻlgan Yevropa Iqtisodiy Hamkorligigaborib taqaladi. Yevropa Ittifoqi 1992 yilda imzolangan Maastrixt shartnomasiga binoan tuzilgan va 15 davlatni oʻz ichiga olgan. 2005 yilda Ittifoqning birinchi yirik kengayishi yuz berdi. Unda Ittifoqga 10 ta yangi davlatlar qoʻshildi. Ikki yildan soʻng ular soniga Bulgʻoriston hamda Ruminiya davlatlari qoʻshilib, hozirgi davrga qadar Yevropa Ittifoqi 27 davlatlardan iborat.
1946-yil 19-sentabr kuni Buyuk Britaniyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Winston Churchill Syurix universitetida soʻzlagan nutqida AQShga oʻxshagan „Yevropa Qoʻshma Shtatlari“ tuzishni taklif etadi.
1949-yilda Yevropa Kengashi tashkil etiladi. Hozirga kelib, bu tashkilotning 46 ta aʼzosi bor. 1957-yil: Yevropa koʻmir va poʻlat birlashmasi (YKPB) ga aʼzo mamlakatlar Yevropa iqtisodiy hamjaniyati yoki „Umumiy bozor“ga asos soluvchi Rim protokollari deb ataluvchi hujjatlarni imzoladilar. Bu hujjatlar 12 yil mobaynida bojxona toʻsiqlarini tugatish, umumiy soliqlarni oʻrnatish va keyinchalik umuman yoʻq qilish, ishchi kuchining erkin harakat qilishini taʼminlash, bir xil ijtimoiy kafolatlar oʻrnatish va yagona ish haqi toʻgʻrisida edi.
1959-yilda Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati aʼzolari tomonidan Yevropa parlamenti tashkil etildi. 1967-yilda uchta Yevropa hamjamiyati — Yevropa koʻmir va poʻlat birlashmasi, Yevropa iqtisodiy hamjamiyati va atom energiyasi boʻyicha Yevropa hamjamiyati Yevropa Hamjamiyati boʻlib birlashadi. 1968-yil: Yevropa Hamjamiyati mamlakatlari oʻrtasida barcha bojxona soliqlari bartaraf etildi. 1979-yilda Yevropa parlamentiga ilk bora toʻgʻridan-toʻgʻri saylovlar boʻlib oʻtdi.
1985-yili Grenlandiya oʻz-oʻzini mustaqil boshqarish huquqini qoʻlga kiritdi va referendum natijasida Yevropa Ittifoqidan ajralib chiqdi. 1986-yilning fevralida Lyuksemburgda yagona Yevropa toʻgʻrisidagi qonun (Single European Act) imzolandi. 1990-yil: Olmoniya Demokratik Respublikasi GFR bilan birlashganligi bois uning hududi ham Ittifoq hududiga kirdi. 1991-yil: Yevropa Hamjamiyatining Maastrixt shahrida (Niderlandiya) yagona Yevropani yaratishni koʻzda tutuvchi Maastrixt bitimlarini imzoladilar. Bu bitimlarda uch guruh shartnomalar — yagona Yevropa valyutasini joriy etish, Yevropa siyosiy Ittifoqini shakllantirish va Yevropa komissiyasini tasdiqlash koʻzda tutildi. 1999-yil dekabr: Helsinkida (Finlyandiya) 15 ta aʼzo mamlakatlar rahbarlari inqirozli va tahlikali joylarda tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun oʻz Yevropa qurolli kuchlarini yaratish haqida qaror qabul qildi.
2002-yil 1-yanvar: Yagona Yevropa pul birligi — yevro muomalaga kiritildi. Buyuk Britaniya va Daniyadan tashqari qolgan barcha aʼzolar oʻzlarining milliy valyutalaridan voz kechdilar.
O‘zbekiston mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab Yevropa bilan hamkorlikni o‘z tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab oldi. O‘zbekiston bilan Yevropa mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlar ikki tomonlama va 1999-yilning 1-iyulidan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi hamda unga a`zo davlatlar bilan Sherikchilik va hamkorlik kelishuvi doirasida rivojlanib bormoqda.
O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan ikki tomonlama muloqoti faol xarakterga ega. U 5 asosiy qo‘shma organ doirasida amalga oshirilmoqda: Hamkorlik kengashi (13 ta yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan), Hamkorlik qo‘mitasi (14 ta yig‘ilishi), Iqtisodiyot, savdo va investitsiyalar bo‘yicha quyi qo‘mita (12 ta yig‘ilishi), Parlament hamkorligi qo‘mitasi (13 ta yig‘iilishi) hamda Adliya, ichki ishlar va boshqa masalalar bo‘yicha quyi qo‘mita (14 ta yig‘ilishi).
2011-yil 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Bryusselga tashrifi bo‘lib o‘tdi. Tashrif doirasida Yevropa Komissiyasi prezidenti Joze Manuel Barrozu va Yevropa Ittifoqining energetika masalalari bo‘yicha komissari Gyunter Ettinger bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Shuningdek O‘zbekistonda YeI diplomatik vakolatxonasini (Delegatsiyasini) tasis etish to‘g‘risidagi Kelishuv, O‘zbekiston Respublikasi va YeI o‘rtasida energetika sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi Bayonnoma hamda 2011-2013 -yillarda Yevropa Ittifoqi Komissiyasi texnik ko‘magi Indikativ dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi Bayonnoma imzolandi.
Bryussel shahriga oliy darajadagi tashrif Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasi bilan turli sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni teng huquqlilik va o‘zaro sheriklik asosida kengaytirishga bo‘lgan qiziqishini namoyon etdi.
2011- yilning 31-may kuni Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Hozirgi kunda YeIning O‘zbekistondagi elchisi sifatida Eduards Stiprays faoliyat yuritmoqda.
2017-yilning 16-19-iyul kunlari Tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Bryussel shahriga O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi Hamkorlik kengashining yig‘ilishida ishtirok etish uchun tashrif buyurdi.
2017-yilning 9-10-noyabr kunlari Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini O‘zbekistonga “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun tashrif buyurdi. Ushbu tashrif doirasida u Prezident SH.M.Mirziyoyev tomonidan qabul qilindi.



Download 70.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling