Brics besh mamlakatdan tashkil topgan bir guruh: (brics braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika) brics tashkiloti bilan jahon iqtisodiyotining kelgusi o'sishi ta'minlanishi maqsadlangan


Download 70.4 Kb.
bet6/10
Sana10.02.2023
Hajmi70.4 Kb.
#1185841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
БРЕКС

NATO
NATOShimoliy Atlantika alyansi (inglizcha: North Atlantic Treaty Organization, NATO; fransuzcha:Organisation du traité de l'Atlantique Nord, OTAN; oʻzbekcha: Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti) —Yevropa, AQSh hamda Kanada kabi koʻpchilik mamlakatlar birlashgan jahondagi eng yirik harbiy va siyosiy jamlanma, yaʼni, „Yevropani tashqi taʼsirlardan himoya qilish“ uchun ushbu tashkilotga 4-aprel 1949-yil AQShdaasos solingan. Tashkilot yaratilgan paytda 12 ta mamlakat aʼzo boʻlgan, hozirgi kunda esa aʼzolar soni 28 taga yetgan.
Oʻzbekiston va NATO oʻrtasidagi hamkorlik 1994-yil 13-iyulda tasdiqlangan NATOning „Tinchlik yoʻlida hamkorlik“ dasturining Doiraviy bitimiga muvofiq, hamda 1996-yildan boshlab har yil ishlab chiqariladigan hamkorlikning muhim sohalarini qamrab oladigan (harbiy taʼlim, mudofaa siyosati, terrorizmga qarshi kurash, ilmiy izlanishlar, favqulodda holatlarda fuqarolar muhofazasini taʼminlashni rejalashtirish) sherikchilik boʻyicha individual dasturlar doirasida amalga oshiriladi. Oʻzbekiston va NATOning YeAHK doirasidagi maxsus yigʻilishlarida, jumladan YeAHKning tashqi ishlar va mudofaa vazirlari, elchilar, siyosiy qoʻmitalar, oliy harbiy-siyosiy qoʻmitalar, „Tinchlik yoʻlidagi fan“ boʻyicha Qoʻmitasi va fuqarolar muhofazasi boʻyicha Qoʻmitasi yigʻilishlarida ishtirok etib kelmoqda. Xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirishda NATOga aʼzo mamlakatlar bilan hamkorik, yaʼni NATOning Fan qoʻmitasi alohida ahamiyat kasb etadi. Soʻnggi yillardagi Oʻzbekistonning NATOga aʼzo davlatlar bilan hamkorligi tajribasi uning juda samarali ekanligini koʻrsatmoqda. Hozirgi paytda Oʻzbekistonda NATO bilaninformatsion texnologiyalar, tibbiyot va boshqa qator loyihalar amalga oshirilmoqda. 2007-yil may va 2008-yil oktyabr oylarida NATOning Fan qoʻmitasi raisi K.Uspelerning Oʻzbekistonga tashrifi hamkorlikning yanada yangi bosqichlarga koʻtarilishiga turtki boʻlgan. 2008-yil 3 aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov NATO Bosh kotibi Ya.Sxefferning taklifiga binoan NATO/EAHKning Buharest shahridagi sammitida ishtirok etdi va Afgʻonistonda barqarorlikni taʼminlash maqsadida „6+3“ Guruhini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi. Oʻzbekiston va NATO oʻrtasidagi ikki tomonlama aloqalarni rivojlanish masalalarini muhokama qilish maqsadida Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari boʻyicha NATO Bosh kotibining maxsus vakili R.Simmons respublikaga bir necha bor tashrif buyurgan.
O‘ZBEKISTONNING NATO BILAN YEAHK/TYH DOIRASIDA HAMKORLIGI
O‘zbekistonning NATO bilan aloqalari 1991- yil 21- dekabrda o‘rnatilgan.
O‘zbekiston Republikasi Prezidenti Islom Karimov NATO/YeAHKning Washingtonda (1999-yil), Pragada (2002-yil) va Buxarestda (2008-yil) bo‘lib o‘gan sammitlarida ishtirok etgan. Mamlakatimiz bilan NATO o‘rtasidagi hamkorlik rivojida O‘zbekiston Presidenti Islom Karimovning 2011-yil 24-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Bryusselga tashrifi va uning doirasida NATO Bosh kotibi A.Rasmussen bilan uchrashuvi muhim ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri rahbarligidagi delegatsiya NATOning 2012 may oyida Chikago shahrida bo‘lib o‘tgan Sammitida ishtirok etdi. NATO bosh kotibining Kavkaz va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili J.Appaturay 2013-yil mart va 2014-yil may oylarida mamlakatimizga tashrif buyurdi. 2013-yil avgust oyida Toshkentda NATOning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqa va hamkorlik boyicha xodimi Byurosi hamda 2014-yil may oyida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti huzurida NATOning Depozitar kutubxonasi ochilishi O‘zbekiston bilan Shimoliy Atlantika alyansi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda ijobiy ahamiyat kasb etdi. 1994-yil iyul oyidan buyon O‘zbekiston NATOning «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» dasturida ishtirok etmoqda. 1996 - yildan boshlab esa hamkorlik har yil ishlab chiqariladigan Sheriklik va hamkorlik bo‘yicha individual dasturlar doirasida amalga oshirib kelinmoqda. O‘zbekistonda Qurolli Kuchlarning «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» Tayyorlov markazi faoliyat yuritib, uni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash o‘zaro aloqalarning muhim yo‘nalishi hisoblanadi. 1993-yildan buyon O‘zbekiston NATOnin ilmiy anjuman va loyihalarida ishtirok etib kelmoqda. Ayni paytda Ittifoq bilan hamkorlikda 4 ta ilmiy loyiha amalgam oshirilmoqda.



Download 70.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling