Brics besh mamlakatdan tashkil topgan bir guruh: (brics braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika) brics tashkiloti bilan jahon iqtisodiyotining kelgusi o'sishi ta'minlanishi maqsadlangan


MDH Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi


Download 70.4 Kb.
bet8/10
Sana10.02.2023
Hajmi70.4 Kb.
#1185841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
БРЕКС

MDH
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) — davlatlararo tashkilot. 1991 yil 8 dekabrda Minskda Belorussiya, Rossiya, Ukraina tomonidan tuzilgan. Ana shu davlat rahbarlari imzo chekkan Bitimda SSSR chuqur tanazzulga uchrab parchalanib ketish natijasida yoʻq boʻlganligi qayd qilindi, uchala davlat siyosiy, iktisodiy, gumanitar, madaniy va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga intilishini bayon etdi. 1991 yil 21 dekabrda Bitimga Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston koʻshildi, ular Belorussiya, Rossiya va Ukraina bilan birga MDHning maqsad va qoidalari toʻgʻrisidagi Deklaratsiyaga Olmaota shahrida imzo chekdilar. 1993 yil MDHga Gruziya qoʻshiddi. 1993 yil MDH Ustavi qabul qilindi, u davlatlarning inson huquklari va erkinliklarini taʼminlash, tashki siyosiy faoliyatini muvofiklashtirish, umumiy iqtisodiy makonni vujudga keltirish, transport va aloqa tizimlarini rivojlantirish, aholi sogʻligʻi va atrof mu-hitni muhofaza qilish, ijtimoiy masalalar va immigratsiya siyosati, uyushgan jinoyatchilikka karshi kurash, mudofaa siyosatida hamkorlik qilish va tashqi chegaralarni qoʻriklashda birgalikda faoliyat yuritishni nazarda tutadi. MDH haqiqiy aʼzolari bilan birga MDH faoliyatining ayrim turlarida qatnashuvchi aʼzolar boʻlishi mumkin. MDHning quyidagi organlari tashkil kilingan: Davlat boshliklari kengashi, Hukumat boshliklari kengashi, Tashki ishlar vazirlari kengashi, Davlatlararo iktisodiy koʻmita, markazi SanktPeterburgda boʻlgan Parlamentlararo assambleya va boshqa MDHning doimiy ishlovchi organi Minsk shahrida joylashgan Muvofiqlashtiruvchimaslahat qoʻmita hisoblanadi. Uning qoshida doimiy kotibiyat ishlaydi. Davlat boshliqlari kengashi 1 yilda kamida 2 marta oʻtkaziladi. MDH organlarining faoliyati MDH Nizomi bilan tartibga solinadi.
MDH sobiq SSSR hududida fuqarolik urushi kelib chiqishining oldini oldi, mamlakatlarni bosqichmabosqich xalqaro munosabatlar tizimiga kirib, mustaqilliklari, suverenitetini mustahkamlashga koʻmak berdi. MDH oʻz faoliyati davomida haddan ta-shqari koʻp qarorlar qabul qildi-yu, lekin aksariyat hollarda ularning kupi bajarilmadi. Hozir MDH ga kiruvchi davlatlarning aholisi 283 mln. kishini tashkil etadi. Bu aholining 120,5 mln. iqtisodiyotda mashgʻuldir. Ularning 29,4 foizi sanoat va qurilishda, 21,5 foizi qishloq xoʻjaligi, oʻrmon va baliqchilik sohasida ishlaydi.
Oʻzbekiston oʻz milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda MDHda ishtirok etmoqda. U MDHga davlatlar ustidan tuzilgan tashkilot sifatida emas, balki mustaqil davlatlarning harakatlarini muvofiklashtiruvchi organ sifatida qaraydi. MDH hududida davlatlarning teng huquqligi asosida yagona iqtisodiy makonni yaratish, tashkilotda umuman iqtisodiy munosabatlarning ustuvorligiga erishish, davlatlar oʻrtasida savdoiqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun harakat qiladi[1].
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDO‘STLIGIDAGI ISHTIROKI
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) 1991-yil 8-dekabrdagi MDH tuzish to‘g‘risida bitim va 1991-yil 21-dekabrdagi mazkur Bitim Protokoli asosida tashkil qilingan.
Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iz Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston, O‘zbekiston Respublikasi va Ukraina MDH ishtirokchi davlatlari hisoblanadi.
MDH Ijroiya Qo‘mitasi Hamdo‘stlikning ijro etuvchi, ma’muriy va muvofiqlashtiruvchi idorasidir. Uning shtab-kvartirasi Minskda va bo‘linmasi Moskvada joylashgan.
O‘tgan yillar mobaynida MDH doirasida ishtirokchi davlatlar uchun savdo-iqtisodiy munosabatlar, kommunikatsiya va transport tarmoqlarini yanada rivojlantirish, xavfsizlikni ta’minlash hamda gumanitar aloqalarni mustahkamlash kabi ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga oluvchi qator hayotiy muhim yo‘nalishlar bo‘yicha keng ko‘lamli huquqiy asos yaratildi va hamkorlikning vosita va mexanizmlari ishlab chiqildi.
Hamdo‘stlik ishtirokchi davlatlarning barqaror ruvojlanishi va xavfsizligiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday tahdid va xavf-xatarlarga o‘z vaqtida munosib javob qaytarish borasida o‘zaro maqbul yondoshuvlar va kelishilgan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish, muammo va kelishmovchiliklarni hal qilish, MDH hududidagi fuqarolarning o‘zaro muloqot yuritishlari uchun keng imkoniyat yaratdi.
O‘zbekistonda MDHga ko‘p rejali munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi mexanizm va bevosita muloqotlar olib borish, davlatlararo muzokaralarni tashkil qilish, jumladan MDH formatida davlat rahbarlari va tegishli idoralar boshliqlari darajasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish maydoni, shuningdek, ko‘p tomonlama hamkorlik shart-sharoitlarini yaratishda manfaatdor bo‘lgan suveren davlatlarning birlashmasi sifatida qarashadi.
O‘zbekiston Respublikasi MDHning asosiy nizomiy va tarmoq organlari faoliyatida ishtirok etadi. O‘zbekiston Hamdo‘stlik tashkil etilgandan bоshlab uning dоirasida iqtisоdiy intеgratsiyani chuqurlashtirish va yangicha asоsda хo‘jalik alоqalarini jarayonlarga siyosiy tus bеrmagan hоlda amalga оshirish tarafdоri bo‘lgan davlatlar qatoriga kirgan.
O‘zbekiston MDH doirasida amaldagi o‘zaro savdo tartibini yomonlashtirmaydigan tamoyillarga asoslangan, to‘laqonli erkin savdo hududini tashkil etish tarafdoridir. Bu MDH hududida barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda.
O‘zbekiston tomoni jahondagi jadal o‘zgarishlar sharoitida MDHni davlatlararo hamkorlik tizimi sifatida doimiy muzokaralar, oliy darajada siyosiy muloqotlar, vujudga kelayotgan yangi tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kelishilgan yondoshuvlar ishlab chiqish, xalqaro xavfsizlikka oid ko‘plab dolzarb masalalarni hal etishning muhim mexanizmi deb hisoblaydi.
Hamdo‘stlik ko‘p rejali hamkorlikni muvofiqlashtiruvchisi bo‘lishi va barcha ishtirokchi davlatlarning maksimal ijtimoiy-iqtisodiy yutuqlarga erishishishlari maqsadida xo‘jalik jarayonlarini tartibga soluvchi rolini o‘ynaydi va uning faoliyati shunga yo‘naltirilgan.


KXSHT
Rossiyaning RIA Novosti axborot agentligi xabariga ko‘ra, Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining (KXShT) kotibiyati O‘zbekiston tashkilotdan chiqib ketishi haqida nota yo‘llaganini tasdiqlagan. Tashkilot matbuot kotibi Vladimir Zaynetdinov Toshkentning bunday qarorni olishiga nima sabab bo‘lganini izohlamagan. "Hozirda Tashiklotning ekspertlari kotibiyatga kelgan hujjatlarni baholashmoqda... Bu borada KXShT rahbarining hisoboti tayyorlanmoqda", - deb aytgan Vladimir Zaynetdinov. Moskvadagi diplomatik manbaning RIA Novostiga aytishicha, O‘zbekiston KXShT kotibiyatiga KXShT a‘zoligini to‘xtatish borasida nota yo‘llagan. O‘zbekiston MDH xavfsizligini ta‘minlashni nazarda tutgan ushbu tashkilotdan 1999 yilda chiqib ketgan va 2006 yil avgustida yana qayta a‘zo bo‘lib kirgan edi. Kuzatuvchilarga ko‘ra, O‘zbekistonni KXShTga qayta a‘zo bo‘lib kirish qaroriga 2005 yil bahorida Andijonda yuz bergan qonli voqealar ortidan rasmiy Toshkent va g‘arb davlatlari aloqalarining sovuqlashuvi sabab bo‘lgandi. KXShTni barpo etish haqidagi bitim 1992 yilning may oyida Toshkentda imzolangan edi. Unga sobiq Sovet Ittifoqining to‘qqiz respublikasi a‘zo bo‘lib kirgan edi. Hozirda ushbu tashkilotga Armaniston, Belorus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston a‘zo bo‘lib qolishmoqda.
YOII
Экспертларнинг таъкидлашларича, бу борада Евроосиё иқтисодий иттифоқи (ЕОИИ) собиқ иттифоқ ҳудудидаги омадли ва истиқболли интеграция лойиҳасидир. 1995 йилда Россия Федерацияси ва Белорусь Республикаси ўртасида имзоланган “Божхона иттифоқи тўғрисида”ги битимга асосланган ва кейинчалик ўз таркибига Қозоғистон, Қирғизистон ҳамда Арманистонни бирлаштирган Евросиё иқтисодий ҳамжамияти, ўзининг шаклланиш тарихи ва ривожланиш амалиётига кўра, жаҳон ҳамжамиятининг диққат марказига тушди.
ЕОИИ 2015 йилда ташкил топган минтақавий иқтисодий блок бўлиб, у бир нечта собиқ совет давлатлари – Россия, Қозоғистон, Қирғизистон, Беларус ва Арманистонни ўз ичига олади. Ташкилотга раислик қилиш навбати айни дамда Россияга тегишли.
ЕвроОсиё иқтисодий иттифоқи 2015 йил 1 январдан Россия ташаббуси билан расман фаолият бошлаган халқаро ташкилот ҳисобланади. Бугунги кунда иттифоққа Россия, Арманистон, Қозоғистон, Қирғизистон ва Беларусь аъзо. Шунингдек, иттифоқ ва Вьетнам ўртасида эркин савдо шартномаси имзоланган. Молдова, Сурия иттифоққа аъзо бўлиш хоҳишини билдирган.
Иттифоқ, аввало, иқтисодий мақсадларда ташкил этилган дейилади. Иттифоққа аъзо бўлган мамлакатлар «тўрт ҳаракат эркинлиги»га эга бўлишади.
Булар:
— маҳсулотлар, яъни товарлар ҳаракати эркинлиги;
— мигрантлар, яъни ишчилар ҳаракатланиши эркинлиги;
— хизматлар ҳаракати эркинлиги;
— капитал ҳаракати эркинлиги.
Мана шу омиллар эркинлиги таъминланиб, ягона божхона тизимига эга бўлган ягона иқтисодий ҳудуд шакллантирилиши керак.
Концепцияга келсак, иттифоқнинг қуйидагича фойдаси бўлиши керак:
— маҳсулотлар ҳаракатида турли хил тўсиқлар йўқолиши, хом-ашё тез ва осон ҳаракатланиши эвазига маҳсулотлар таннархи тушиши;
— Иттифоқ ҳудудида маҳаллий ишлаб чиқарувчилар ўртасида «соғлом» рақобат яратилиши ва бунинг эвазига умумий иқтисодиёт ўсиши;
— ишлаб чиқариш қуввати ошиб, бюрократик тўсиқларнинг йўқолиши иқтисодиётларнинг ўсиши эвазига аҳоли яшаш даражаси ва даромадларининг кўпайишига олиб келиши;
— ўзаро иқтисодий алоқалар кучайиб, халқлар ўртасида муносабатларнинг янада ривожланишига ва туризм тараққиётига олиб келиши керак.
Бунинг биз учун иқтисодий томондан нимаси билан фойдали?
Аввало, меҳнат муҳожирлари, яъни Россия ва Қозоғистонда ишлайдиган мингратларга патент олмасдан ишлаш имконини беради. Улар Россия ёки Қозоғистон меҳнат қонунчилиги билан ҳимояланади. Шунингдек, уларнинг иттифоққа аъзо давлатлар ҳудудида тўлаган солиғи ўз юртида ҳам тан олинади. Бу пенсия ва солиқлар, ижтимоий ҳимоя борасида муҳожирларга катта ёрдам бўлиши мумкин.
Иккинчиси, бизга маҳсулотларимизни иттифоқ ҳудудида эркин тарқатиб, эркин сотиш имконини беради. Шунда биз мева-чева, енгил саноат ва бошқа маҳсулотларни иттифоқ ҳудудига эркин экспорт қилишимиз мумкин. Шунга яраша рақобатга туриб беришимиз керак бўлади. Чунки, иттифоқ ҳудудидаги бошқа ишлаб чиқарувчилар ҳам бизнинг бозорга эркин кира олишади.
Учинчидан, ягона божхона ҳудуди шаклланади. Биз бу учун божхона тизимини бутунлай ўзгартиришимиз, протекционизмдан воз кечишимиз, бозорни очиб қўйишимиз, Россия ёки бошқа давлат ҳудудида божхонадан ўтказилган товарни тан олишимиз керак бўлади. Бозорни бунақа очилишини бизнинг монополларимиз, жуда юмшоқ айтганда, хушламаслиги аниқ.
Нима учун кўпчилик бунга қарши?
ЕвроОсиё иқтисодий иттифоқи, аввало, иқтисодий ташкилот. Лекин Россия уни сиёсийлаштиришга ҳаракат қилади ва шундай қиляпти ҳам. Агар биз масаланинг фақат иқтисодий томонини олсак, қоғозда бу биз учун фойдали лойиҳа. Бироқ масаланинг сиёсий томони ҳам бор. Аввало, Россия иттифоққа аъзо ҳудудни ўзи учун бозор деб билади ва ўз ишлаб чиқарувчилари орқали босимни кучайтириши, кўп ҳолларда эътибор рус ишлаб чиқарувчиларига қаратилиши эҳтимоли жуда юқори. Бундай ҳолатда маълум лойиҳаларни амалга оширишда русларни танлашга мажбур бўлишимиз мумкин.
Модомики, Россиянинг иттифоққа аъзо мамлакатларга босим ўтказиш эҳтимоли юқори экан, бора-бора расмий Кремль уларнинг (Иттифоққа аъзо мамлакатларнинг) ташқи ва ички сиёсатига аралашиши деярли аниқ. Шу томондан ўз вақтида Қозоғистоннинг биринчи президенти Н. Назарбоев ҳам ўз хавотирларини билдириб ўтганди. Шу маънода ЕвроОсий иқтисодий иттифоқи ташкил этилиши собиқ совет иттифоқини қайта тиклашга ҳаракат деб биладиганлар ҳам кўп. Ва бунда мантиқ ва ҳақиқат учқунлари ҳам йўқ эмас. Демак, иттифоққа аъзо бўлиш бу мамлакат мустақиллигини хавф остига қўйиш ва тўлиқ Россия таъсир доирасида тушиш мумкин деганидир.
Шунингдек, Россиянинг иттифоқ ҳудудида ягона пул бирлигини жорий этишдек ташаббуслари бор. Бунга Беларусь ва Қозоғистон қарши. Чунки бу Россия таъсирини янада кучайишига олиб келади. Шунинг учун ҳам Ўзбекситоннинг биринчи президенти Ислом Каримов бу иттифоққа киришга қарши бўлган ва бундан олдин амалда бўлган ЕвроАзEСга кириб, 2007 йилда чиқиб кетганди.
Демак, ЕвроОсиё иқтисодий иттифоқига кириш иқтисодийгина эмас, балки сиёсий масала ҳамдир. Шунинг учун ҳам қайта ва қайта таҳлил қилиш, етти ўлчаб бир кесиш керак. Россия бизни иттифоққа киритиш учун босимларни кучайтириб боради. Кечаги чиқиш ҳам босимнинг бир қисми. Ўзбекистон бу масалага жуда эҳтиёткорлик билан муносабатда бўлмоқда ва шундай бўлиши керак ҳам.
Бизнинг иқтисодиёт учун ЕвроОсиё иқтисодий иттифоқидан кўра Бутунжаҳон Савдо ташкилотига аъзо бўлиш манфаатлироқ ҳисобланади. Бу эса мураккаб ва осон бўлмаган жараёндир.


O’zbekistonga tashrif buyurgan Rossiya parlamenti rahbari Valentina Matviyenko O’zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilish qarori yuzasidan qo’shimcha tafsilotlarni ochiqladi. Matviyenkoning O’zbekiston prezidenti bilan o’tgan uchrashuvidan ma’lum bo’lishicha, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo’shilish yuzasidan qo’shma komissiya tuzilgan. Komissiya shu yilning oxirigacha o’z ishini yakunlashi kerak. O’zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishidan nimalarda yutishi ba nimalarda yutqazishi yuzasidan tadqiqot o’tkazayotgan qo’shma komissiya xulosalari prezidentlar Putin va Mirziyoyevning Moskvada kutilayotgan muzokarasi arafasida e’lon qilinadi. O’zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga doir qo’shma komissiya mavjudligi haqida ham, bu borada muzokaralar borayotgani yuzasidan ham hozirgacha biror bir izoh bermadi. Jamoatchilik va xususan ekspertlar orasida bu yangilik jiddiy munozara qo’zg’agan. O’zbekiston Rossiya yetakchiligidagi tashkilotlarga qo’shilsa, sobiq ittifoq tuzumiga qaytadi, degan qarash keng. Siyosatshunos Farhod Tolipov nazarida, asosiy ustuni Rossiyadan iborat bo’lgan bu tashkilotga qo’shilish O’zbekistonning taraqqiyot yo’lidagi burilishni anglatadi. Nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy jihatdan ham. Aynan shuning uchun bunday qaror xalq tanlovi, referendum orqali qabul qilinishi kerak. “Bu yerda oddiy iqtisodiy hamkorlik, shartnomalar haqida gap ketmayapti. Bu yerda juda katta masalalarni o’z ichiga qamrab oladigan, mamlakat taraqqiyoti kelajagini belgilovchi masala ekanligi uchun bu masala faqatgina tor doirada, vazirliklar, shu doiradagi mutaxassislar ishtirokida hal etilmasligi kerak. Xalqning fikri, irodasi aniqlanishi zarur, roziligini olish kerak. Agar bu kabi yirik, jiddiy masalada referendum o’tkazilmasa, unda qachon va qaysi masalada referendum o’tkaziladi? Aynan shu kabi yirik, uzoq taraqqiyotni belgilovchi strategik masalalar ahamiyatga molik. Mana Yevropa Ittifoqi misoli, bu ittifoq a’zolari hal qiluvchi ahamiyatdagi yirik masalalarni faqat xalq irodasi, referendum orqali hal etishgan. Bu biz uchun ham yaxshi namuna. Bu masala faqatgina iqtisodiy o’lchamdan iborat emasligi uchun ham bu qaror referendum orqali qabul qilinishi kerak”, - degan fikrda Farhod Tolipov. O’zbekiston qonunchiligi mamlakatning siyosiy-harbiy ittifoqlarga qo‘shilishini taqiqlaydi. Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi esa Rossiya yetakchiligidagi yana bir tashkilot Kollektiv xavfsizlik shartnomasidan farqli o'laroq harbiy emas, iqtisodiy integratsiyani nazarda tutadi. Ya’ni qonunchilik bu borada to’siq emas. Ammo Rossiya iznidagi tashkilotga qo‘shilishning O’zbekiston uchun siyosiy bosimdan xoli bo’lishi kafolatlanmagan. “Bu tashkilot nomi bilan iqtisodiy bo’lgani bilan unga nisbatan turlicha fikrlar mavjud. Tashkilot faqat iqtisodiy o’lchamdan iborat emasligi ko’p ekspertlar tomonidan aytilgan. Ya’ni siyosiy, geosiyosiy, madaniy o’lchamlarni ham o’z ichiga oladi. Bu o’lchamlar mahvumligicha qolmoqda. Ular muhokama qilinishi kerak. Bu borada ekspertlarning ko’plab tadqiqotlari mavjud. Ularda siyosiy o’lchamlar, mintaqadagi geosiyosiy raqobat tahlil qilinadi, xavotirlardan ogohlantiriladi. Shunday ekan, biz hech narsaga qaramasdan Yevrosiyo ittifoqiga kirishimiz, ekspertlar doirasining mana shu uzoq yillik tahlillari, xavflardan ogohlantirishlarini mutlaqo inobatga olmaganimizni ham bildiradi. Umuman, bu boradagi mavjud shubha, gumonlar tarqashi uchun ham masala ochiq muhokamaga qo’yilishi kerak. Bu tashkilotda Rossiyaning o’rni juda ustuvor, tenglik yo’q. Buning turli og’ishlarga sabab bo’lishi ehtimoli juda yuqori”, - deb hisoblaydi Farhod Tolipov. Toshkent Rossiya parlamenti rahbarining bayonotlarini izohsiz qoldirdi. Uchrashuv haqida O’zbekiston tomoni tarqatgan ma’lumotda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilish masalasi muhokama qilingani aytilmagan. Armaniston, Belarus, Rossiya, Qirg’iziston va Qozog’istondan iborat Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi 2015-yilda tashkil topgan.
Kun.uz сайти 2020 йил 1 февралдан бошлаб кутилаётган айрим ўзгаришларни эътиборингизга ҳавола этади.
Download 70.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling