TALABA ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTNI OʻTASHIDA:
amaliyot dasturida koʻzda tutilgan topshiriqlarni toʻliq bajarishi;
amaliyot obektining ichki mehnat tartib qoidalariga boʻysinishi;
mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariya qoidalarini oʻrganishi hamda qat’iy rioya qilishi;
kundalik daftar yuritishi, chizmalar, tavsiyalar va boshqalarni bajarishi;
amaliyot rahbariga bajarilgan ishlar boʻyicha yozma ravishda hisobot berishi shart;
ISHLAB CHIQARISH AMALIYOT NATIJALARINI YAKUNLASH
Ishlab chiqarish amaliyot yakunida talaba yozma ravishda hisobot tayyorlaydi va uni bevosita amaliyot obektidan tayinlangan rahbar imzolagan kundalik daftar bilan birga institut tomonidan tayinlangan amaliyot rahbariga topshiradi. Hisobot talabaning amaliyot davrida bajargan ishlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, xoʻjalik faoliyatining tashkil qilinishi, hayot faoliyatining xavfsizligi toʻgʻrisidagi masalalar, amaliyot natijalari boʻyicha xulosa va takliflarni oʻz ichiga olishi lozim.
Ishlab chiqarish amaliyot yakunida talaba oʻz hisobotini filial tomonidan tayinlangan komissiya oldida himoya qiladi. Komissiya tarkibiga oʻtilayotgan amaliyot fanini olib boruvchi oʻqituvchi, belgilangan rahbar va imkoniyat boʻlsa, amaliyot ob’ektidan tayinlangan rahbar ham kiritiladi.
Ishlab chiqarish amaliyot natijasining bahosi talabaning amaliyot oʻtagan fanlaridan kredit ball belgilashda hisobga olinadi. Filial va fakultet ilmiy kengashlarida amaliyotning natijalariga hisobot beriladi.
Ishlab chiqarish amaliyot dasturini bajarmagan, hisoboti haqida qoniqarsiz taqriz yoki hisobot himoyasida qoniqarsiz baho olgan talaba ta’til vaqtida oʻz hisobidan qayta amaliyot oʻtashga joʻnatiladi. Talaba hisobot yozib uni himoya qiladi va shundan keyingina u kursdan kursga koʻchiriladi.
Ayrim hollarda (amaliyot oʻtashga bormagan, buyrugʻida koʻrsatilgan xoʻjalikda amaliyot oʻtmay boshqa joyda amaliyot oʻtgan talabalarning) kelgusida filialda oʻqishi mumkinligi masalasi filial rahbariyati tomonidan koʻrib chiqiladi.
Talabalarga kelusida tanlagan mutaxassisligi boʻyicha bevosita ishlab chiqarishda ish bilan tanishish va bitiruv ishiga zarur ma’lumotlarni tayyorlash uchun, filialning tavsiyasiga koʻra, muassasa rahbarlar ish haqi saqlanmagan holda bir oylik qoʻshimcha ta’til beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |