Бу эса уз навбатида жадаллашган кишлок хужалиги сохасидаги фанларни мукаммаллаштириш жадаллашган кишлок хужалик ишлаб чикари


Download 0.86 Mb.
bet8/14
Sana06.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1170961
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
5410400-seleksiya амалиёт дастури

ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTNING MAZMUNI


ISHLAB CHIQARISH AMALIYOT HISOBOTINI RASMIYLASHTIRISH
Talabalar har bir mavzu bo’yicha 5-6 bet hajmda qo’lyozma shaklida hisobot yozishi tavsiya etiladi. Ishlab chiqarish amaliyot hisobotini tayyorlash amaliyot dasturida ko’rsatilgan mavzularni o’rganish hamda batafsil yoritishni talab qiladi.
Ishlab chiqarish amaliyot hisobotiga har bir mavzu bo’yicha ma’lumotlar ilova qilinadi. Hisobotda chizma, jadval yoki grafiklar (diagramma) bo’lishi shart.
Amaliyot hisobotining matni va unga qilingan ilovalar raqamlangan bo’lishi va taqrizchi ayrim kamchiliklarni - ko’rsatishi uchun manbaaga joy qoldirishi lozim. Hisobot bo’limlari va matnining ketma-ketligi, Ishlab chiqarish amaliyot dasturida tavsiya etilgan mavzularning ketma-ketligiga to’la mos kelishi lozim. Hisobotning tituli ilovada ko’rsatilgan shaklda bo’lishi lozim.
Amaliyot kundaligi belgilangan shaklda rasmiylashtiriladi va u hisobotning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Amaliyot kundaligi talaba tomonidan:
a) ehtiyotkorlik bilan, o’z vaqtida va imlo xatolarisiz to’ldirilishi;
b) o’z qo’li bilan yozilishi;
v) amaliyot davrida tasdiqlanishi kerak.
Amaliyot kundaligini belgilangan talablar asosida rasmiylashtirilmagan taqdirda hisobot himoya uchun qabul qilinmaydi.
Hisobot standart hajmdagi qog’ozda (A4, 210-297mm), chap tomondan 3 sm, qolgan tomonlari 2 sm dan hoshiyalar qoldirib yoziladi. Uning betlari ketma-ket sonlar bilan raqamlashtiriladi.


TAHLILIY JADVALLAR
Talaba amaliyotni o’tash davrida amaliyot dasturida belgilangan mavzularni nazariy va amaliy jihatdan o’rganish hamda tahlil qilish talab etiladi. Bunda ushbu mavzularning mazmuni va mohiyatini kengroq ochib berish, amaliyot o’tayotgan Fermer xo’jaligi, boshqarma, korxona (tashkilot )ning moliyaviy xo’jalik faoliyatiga obyektiv baho berishda qulay va tushunarli bo’lishligi uchun chizma, jadval yoki grafiklar (diagramma)dan foydalanishni taqozo etadi. Chunki ushbu chizma, jadval va grafik (diagramma) ko’rinishidagi ma’lumotlar o’rganilayotgan korxona (tashkilot) bo’yicha to’liq tasavvur hosil qilish imkoniyatini beradi. Shu boisdan, talabalarning Ishlab chiqarish amaliyoti hisobotlarida belgilangan shakllardagi chizma, jadval yoki grafik (diagramma) lar o’z aksini topishi talab qilinadi.



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling