Бу эса уз навбатида жадаллашган кишлок хужалиги сохасидаги фанларни мукаммаллаштириш жадаллашган кишлок хужалик ишлаб чикари
AMALIYOT DAVRIDA HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI BO’YICHA KO’RSATMA
Download 0.86 Mb.
|
5410400-seleksiya амалиёт дастури
- Bu sahifa navigatsiya:
- HISOBOTNI TAYYORLASH BO`YICHA KO`RSATMALAR
AMALIYOT DAVRIDA HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI BO’YICHA KO’RSATMA
Xo’jalikda mehnatni muhofaza qilish yong’inni olidini olish xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasining xolatini o’rganish. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining tarkibi, o’qitish va ko’rsatma berishni o’tkazish, mehnatni muhofaza qilish bo’yicha asosiy hujjatlarni tuzish va yuritish, Ishlab chiqarish travmatizimini taxlil qilish. Ishlab chiqarish travmatizmi bo’yicha xo’jalik hisoboti, mehnatni muhofaza qilishga ajratilgan mablag va vositalarni taxlil qilish (F.7 TVF «Mehnatni muhofaza qilish haqida kelishuv»). Korxona xo’jalik ishchilarini mehnat qilish sharoiti. Mehnat kunining rejimi, pestisidlar, mineral ugitlar va boshqa kimyoviy materiallarni saqlashni qoida va normalariga rioya qilish. Ishchilarni shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanganligi. Asosiy qishloq xo’jalik ishlarini boshqarishda xavfsizlik qoidalariga va normalariga amal qilish. Xo’jalikni o’t o’chirishda birlamchi qo’llaniladigan zarur vositalar bilan ta’minlanganligi. Yong’in xavfsizligi normalariga rioya qilish. Bitiruv oldi amaliyoti vaktida amaliyotchi – talaba quyidagilarni bajarishi shart: - xo’jalikning ta’rifi va uning mehnat an’analiri bilan yakindan tanishish; - xo’jalikdagi ko’rgazmali tashviqot va devoriy matbuotning xolati bilan tanishish (shiorlar, fotovitrinalar, klub kurgazmalari, devoriy gazeta, satira oynasi, xurmat taxtasi), sport ommaviy ishlarining xolati; - tarbiyaviy va ma’rifiy ma’naviy ishlar xolatini taxlil qilish; - maxalliy materiallarga asoslanib davriy ravishda suxbatlar o’tkazish, bir necha ma’ruzalar o’qish; - baxslar, savol – javob kechalari, ekskursiya va boshqa ommaviy ma’rifiy tadbirlarni tashkil qilish va ularda qatnashish; - ijtimoiy ma’rifiy amaliyotni bajarish, ishlab chiqarish amaliyoti hisobotida aloxida bo’lim yoki xamma dastur talablarini bajarishdagi shaxsiy ishtiroki hisobotda batafsil yoritiladi. HISOBOTNI TAYYORLASH BO`YICHA KO`RSATMALAR. Hisobotning kirish qismida qishloq xo’jaligini rivojlantirishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar mahkamasining qarorlari, Respublikamizda qishlog xo`jaligi soxasida erishilgan yutuqlar haqida va amaliyotni hozirgi agrar siyosat asosida izohlash lozim. Hisobotning II qismida xo’jalikning tabiiy iqlim va iqtisodiy ta’rifi, xo’jalikning joylashuvi; mazkur yilning iqlim va ob –sharoiti va xavo sharoiti; tuproqlari, ekin maydonlari va ulardan foydalanish; xo’jalik faoliyatining yo’nalish, ixtisoslash va keyingi 2 –3 yildagi iqtisodiy ko’rsatkichlari, ishlab chiqarish xajmi va rejalarini bajarilishi, tannarx va uni kamaytirish yo’llari haqida ma`lumotlar keltirish. III qismda xo’jalikda yetishtiriladigan asosiy ekinlar (g’o’za, g’alla, makkajo’xori, sabzavot, poliz, mevali ekinlarlar) agrotexnikasi. Navlarining ta’riflari va urug’chilik tizimi (rejada va haqiqatda) haqida ma`lumotlar. IV - qismda (hisobotdan kelib chiqib) xulosa va takliflar keltirish. Shu bilan birga foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati keltirilishi lozim va albatta amaliyot joyidan talabaga berilgan tavsifnoma, bitiruv ishi rahbarining taqrizi, kundalik ilova qilinishi shart. Kundalik daftar xar o`n kunlikda amaliyot rahbari va xo’jalikning bosh agronomi tomonidan tasdiqlanib boriladi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling