Бу эса уз навбатида жадаллашган кишлок хужалиги сохасидаги фанларни мукаммаллаштириш жадаллашган кишлок хужалик ишлаб чикари


Download 0.86 Mb.
bet9/14
Sana06.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1170961
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
5410400-seleksiya амалиёт дастури

ISHLAB CHIQARISH AMALIYOT NATIJALARINI YAKUNLASH VA HISOBOTNI TAQDIM ETISH HAMDA UNI HIMOYA QILISH
Ishlab chiqarish amaliyot bo’yicha yozilgan hisobot talaba tomonidan imzolanishi, amaliyot tugaganidan keyin 3 kundan kechiktirmasdan kafedraga topshirilishi lozim. Hisobot bilan birga dastur, kundalik va tavsifnoma ham qo’shib topshiriladi.
Ishlab chiqarish amaliyot bo’yicha yozilgan hisobot topshirilgandan so’ng kafedra mudiri tomonidan belgilangan rahbar ushbu hisobotni tekshirib, ijobiy baholangan taqrizini bergandan keyin, agarda, unda kamchiliklar ko’rsatilgan bo’lsa, ushbu kamchiliklar bartaraf etilishi shart.
Ishlab chiqarish amaliyot bo’yicha yozilgan hisobotni tekshirish va himoya qilish filial tomonidan belgilangan muddatda kafedrada tuzilgan komissiya tomonidan o’tkaziladi.
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 26 sentyabrda 3069-raqami bilan ro’yxatdan o’tkazilgan Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risidagi Nizom O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimini belgilaydi.
Ishlab chiqarish amaliyot bo’yicha talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda nazarda tutilgan mezonlar asosida amalga oshiriladi.


ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTNI TASHKIL ETISHNI MODDIY TA’MINOTI
Ishlab chiqarish amaliyotni o’tash jarayoni har bir talaba uchun majburiy hisoblanib, tasdiqlangan o’quv reja asosida belgilangan. Ishlab chiqarish amaliyot (amaliyot bazasi) talaba tomonidan mustaqil ravishda tanlanadi. Agarda talaba tomonidan Ishlab chiqarish amaliyot bazasi taqdim etilmasa filial imzolagan shartnoma asosida amaliyotga jo’natiladi. Amaliyot o’tash uchun shartnoma tuzilgan fermer xo’jaliklari korxona (tashkilot)lar bilan Ishlab chiqarish amaliyotning moddiy ta’minoti masalalari kafedra (filial) o’rtasida hal etiladi.
Talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini o’tashi uchun zarur bo’lgan uslubiy qo’llanmalar (ishlab chiqarish amaliyot yo’llanmasi, amaliyot dasturi va kundaligi) bilan kafedra (filial) tomonidan to’liq ta’minlanadi.



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling