Bajarilishi (running): OT boshqaruvi ostida jarayon buyruqlarining protsessorda yoki kompyuter tizimda bajarilishi holati.
Kutish (waiting): Jarayon ba’zi hodisalarning ro’y berishini kutishi, masalan, kiritish-chiqarishning tugallanishi. Kutish holatidagi jarayon protsessorni band qilmaydi.
Bajarilishga tayyor (ready): Jarayon bajarilishi uchun protsessor resurslarini kutib turish holati. Jarayonning bajarilishga tayyorlik holatiga yoki uning yaratilishida, yoki kiritish-chiqarishning tugallanishida (kutish holatidan keyin) tushib qolishi mumkin.
Tugallanish (terminated): Jarayon bajarilishining yakunlanishi holati.
Jarayonning holat diagrammasi 1-rasmda tasvirlangan.
1-rasm. Jarayon holat diagrammasi
Diagrammadan (1-rasm) ko'rinib turibdiki, tizimda yaratilgan yangi jarayon ruxsat berish (qabul qilingan, admitted) bosqichdan o'tadi - uni operatsion tizim tizimdagi barcha jarayonlarning navbatiga kiritadi, shundan so'ng OT uni bajarilishga tayyor holatga keltiradi. E’tiborga olish kerakki, ishlashga tayyor jarayonlar navbati – jarayonlarni boshqarish uchun eng ko’p qo’llaniladigan tizim strukturalardan biri hisoblanadi. Jarayon tayyorlik holatidan bajarilish holatiga OT rejalashtiruvchisi tomonidan o’tkaziladi, boshqarishni rejalashtirish natijasida protsessorning kvant vaqti ajratiladi. Jarayon bajarilish vaqtida uzilish (taymer bo’yicha, xatolik natijasida va boshq.) mumkin, OT uzilishlarni qayta ishlab bo’lganidan keyin qaytadan bajarilishga tayyorlik holatiga o’tkaziladi. Agar jarayon sinxron kiritish-chiqarishni bajarayotgan bo’lsa, yoki biror bir hodisa ro’y berishini kutishi (masalan, aniq vaqt lahzasida) kerak bo’lsa, jarayon kutish holatiga o’tkaziladi. Kiritish-chiqarish yakunlanishi bilan yoki kutilayotgan hodisaning ro’y berishi bilan, jarayon uchun darhol protsessorning kvant vaqtini olmaydi, balki bajarilishga tayyorlik holatiga o’tkaziladi. Jarayon yakunlanish holatiga dastur jarayonlari ishining yakunlanishida o’tkaziladi, masalan, exit(c) (bu yerda c yakunlash kodi) tizimli chaqiruv natijasida. Agar c = 0 bo’lsa, jarayon muvaffaqiyatli yakunlangan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |