Jarayonning muhim jihati – bu ketma-ket bajarilishi shart bo’lgan hisoblash birligi hisoblanadi, ya’ni, har bir jarayon o’zining boshqaruv oqimlari (control flow) ketma-ketligiga ega – jarayon tomonidan bajariladigan buyruqlar ketma-ketligi. Jarayonlarning parallel bajarilishi bilan ko'plab katta vazifalar muvaffaqiyatli hal qilinmoqda, ammo bular haqida biroz keyingi mavzularda muhokama qilinadi.
Operatsion tizim tomonidan yaratilgan va boshqariladigan jarayon quyidagi asosiy ma'lumotlarni o'z ichiga oladi:
Buyruqlar hisoblagichi (program counter - PC) – joriy vaqtda bajarilayotgan jarayon buyrug'ining manzili, odatda maxsus apparat tizim registrida saqlanadi;
Stek (stack) – asosiy xotiraning rezident sohasi, jarayonni yaratishda operatsion tizim tomonidan ajratilgan asosiy protsessorning doimiy maydoni, bu jarayon protseduralarining mahalliy ma'lumotlarini, ularning parametrlarini (argumentlarini) va hisob-kitoblarni tashkil qilish uchun zarur bo'lgan o'zaro bog'liq ma'lumotlarni saqlaydi.
Stekda navbatdagi protsedura (jarayon) ishga tushirilgach, stekka faollashtirish yozuvi (activation record) ajratiladi, shuningdek, joriy avlod (ishga tushirish) jarayonlarining lokal ma’lumotlarini saqlash uchun lokal ma’lumotlar maydoni (local data area) va stek freymi (stack frame) deb ataluvchi maydonlar ajratiladi. Amalga oshirilgandan so’ng faollashtirish yozuvlari stekdan o’chiriladi;
Ma'lumotlar bo'limi (data section ) - bu operatsion tizim tomonidan jarayonga ajratiladigan, uning global o'zgaruvchilari, massivlari, tuzilmalari, ob'ektlarini saqlash uchun asosiy xotiraning statik (doimiy ravishda ajratilgan, o’zgarmas o'lchamdagi) sohasi.
Jarayonning bajariladigan kodi (buyruqlar) dastlab ikkilamchi xotira (disk)da saqlanadi va asosiy xotiraga unga murojaat vaqtida to’liq yoki qisman yuklanadi.
Jarayon holatlari
Jarayon bajarilayotgan vaqtida o’zining holatini quyidagi ko’rinishda o’zgartiradi:
Yangi (new): Operatsion tizimda jarayon hosil qilinadi, lekin hali bajarilishi boshlanmagan holati.
Do'stlaringiz bilan baham: |