Operatsion tizimlar tt 11-20 s mustaqil ish Ravshanov Javohir Mavzu


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana04.04.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1327324
  1   2   3
Bog'liq
3-4-mustaqil ish



Operatsion tizimlar 
TT 11-20 S 
Mustaqil ish 
Ravshanov Javohir 
Mavzu:
1. Operatsion tizimlarda resurs tushunchasi. 
Resurslarni sinflashtirish. Operatsion tizimlarni 
kurish prinsiplar (modullilik, vertuallik, 
generatsiya....) 
2. Zamonaviy operatsion tizimlar ilovalari. Operatsion 
tizimlarda virtual xotira tushunchasi. Operatsion 
tizimlar xavfsizlik kategoriyalari. Operatsion 
tizimlarda hisoblash jarayoni. “Tupiklar” muammosi 
va ular bilan kurashish usullari. Multidasturlash. 
Ajratilgan vaqt tizimlarida ko‘p foydalanuvchi 
rejimi. 
Javoblar: 
1. Operatsion tizimlarda resurs tushunchasi. 
Resurslarni sinflashtirish. Operatsion tizimlarni 
kurish prinsiplar (modullilik, vertuallik, 
generatsiya....) 
Reja: 
1. Resurs tushunchasi nima ? 
2. 
Resurslarning afzalliklari.
3. 
Xulosa.


Resurs tushunchasi nima ? 
Umumiy holda har istehmol qilinadigan (uning), istehmolchilar uchun 
ma’lum qiymatga ega bo`lgan ob’ekt resursdir. Resurslar zaxiradagi ajratiladigan 
birligiga qarab, cheklangan va cheklanmagan bo`ladi. Resurs cheklanganligi 
istehmolchilar orasida hayotiy zaruriyatlarga olib keladi. Zaruriyatlarni tartibga 
solish uchun, resurslar istehmolchilar orasida ularni yuqori darajada 
qoniqtiradigan ma’lum qoidalar bo`yicha taqsimlanishi zarur. Resurslarning 
umumiy klassifikatsiyasini quyidagicha tasavvur qilish mumkin: - mavjudligi 
xaqiqiyligiga qarab: fizik va virtual - xossalarning kengaytirish imkoniga qarab: 
moslanuvchan (elastik) va qat’iy - faollik darajasiga qarab: faol va passiv - 
mavjudlik vaqtiga qarab: asosiy va ikkinchi darajali - tuzilishi (struktura) jihatidan: 
oddiy va murakkab - tiplanishi bo`yicha: ishlab chiqiladigan va va istehmol 
qilinadigan - amalga oshirish formasi bo`yicha: yumshoq va qattiq - funktsionallik 
ortiqchaligiga qarab: qimmat va arzon - foydalanish xarakteriga qarab: parallel 
foydalaniluvchi va ketma-ket foydalaniluvchi. Fizik resurslar deb, real mavjud 
bo`lgan va uni foydalanuvchilar orasida tqsimlanganda unga xos bo`lgan fizik 
xususiyatlarga ega bo`ladi (saqlab qoladi). Virtual resurs-fizik resursning qandaydir 
boshqacha modelidir. Virtuvl resurs, foydalanuvchi tasavvur qilgan holda mavjud 
emas. Model sifatida virtual resurs dasturiy-apparat formada amalga oshiriladi. Bu 
mahnoda virtual resurs mavjuddir. Ammo virtual resurs foydalanuvchiga u bilan 
ishlash vaqtida, nafaqat fizik resurs, ya’ni modellashtirish ob’ektiga xos 
xossalarnigina emas, balki unga xos bo`lmagan xossalarni ham namoyon qiladi. 
Xossalarni kengaytirish imkoniyati belgisi resursni qurish imkoniyatini 
xarakterlaydi. Virtuallashtirishga, ya’ni o`z xossalarini kengaytirish imkonini 
beradigan resurs-moslanuvchan yoki elastik deyiladi. Qat`iy resurs, bu o`z ichki 
xossalari bo`yicha virtuallashtirishga yo`l qo`ymaydigan resursga aytiladi. Faol 


(aktiv) resursdan foydalanishda, u boshqa resurs yoki jarayonlarni (yoki o`ziga 
nisbatan ham) o`zgartiruvchi amallarni qo`llaydi yoki o`zgartirishga olib keladi. 
`assiv resurs bunday xususiyatga ega emas. Bunday ob’ekt ustida mumkin bo`lgan 
amallar bajariladi, bunda uning holati o`zgaradi, ya’ni ichki yoki tashqi 
xarakteristikalari.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling