Bu qissa katta-kichik novellalardan iborat. Biroq ularning barchasida men uchun eng aziz odam onam siymosi bor
Download 5.05 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- OQ MARMAR, QORA MARMAR...
www.ziyouz.com kutubxonasi 106 baravariga uning kaftiga egilishdi: — Vuu-uy! Manovi zirakni! — Tillami? — Qancha turadi? — Tilladan ham zo‘r! Platina deb qo‘yibdi buni! — Huri satang boshini mag‘rur ko‘tardi. — O‘n uchta. Oyim ham xira tortgan ko‘zlarini uning kaftiga tikdi. — Qani? O‘n uch so‘m bo‘lsa arzon ekan-ku! Huri satang ovozini baralla qo‘yib kuldi. Uning kulishi g‘alati. Odatda odam kulganida ko‘zidan nur porlab ketadi. Biroq Huri satangning kulishi boshqacha. O‘zi emas, tomog‘i kuladi... «Ha... ha... ha...» deydi bo‘lib-bo‘lib. Faqat tilla tishlari yaltiraydi. Semiz, bo‘liq ko‘kraklari silkinib ketadi. — Bir ming uch yuz so‘m, poshsha oyi! Ko‘zini ko‘rdiyizmi, brillant-ku. U, «bo‘ldi, tomosha tamom», degandek brilliant zirakni ham yashirdi. Keyin tag‘in sumkasiga qo‘l suqdi. Bu safar allaqanday yaltiroq mato chiqdi. Oy-kuni yaqinlashib qolgan qo‘shni kelinchak Guli matoning bir chetini jur’atsizlik bilan ushlab ko‘rdi. — Bemalol, — dedi Huri satang. — Bemalol, kelin poshsha, g‘ijim bo‘ladigan narsamas bu. «Mokriy trikotin» deb qo‘yibdi otini. Oyim ham matoning bir chetidan tutib ko‘rdi. — O‘zimizning misqoli dokaga o‘xsharkan, — dedi sekin. — Voy-voy-voy! Dokayiz hammomda bo‘ladi! — Huri satang qoshini chimirdi. — «Mokriy trikotin», disam doka diydi. — O‘zi qancha? — dedi Guli Huri satangning ko‘ziga termilib. — E, ot minan tuya bo‘larmidi, opovsi! Bir joydagi odammiz. Yigirma so‘m-de! Puliyiz yonizda qoladi. Guli tushunmadi. — Metri yigirma so‘mmi? — Metri nima qiladi? Men metrlab sotmiyman. Bir kiyimligi bir yuz yigirma so‘m, tushundizmi? Guli sekingina qo‘lini tortib oldi. Uning eri shofyor. Bahorda allaqaysi sovxozga tut bargi olib ketayotganda avariya bo‘lib uch oy gipsda yotdi. Haliyam ishga chiqib ketgani yo‘q. — Menga to‘g‘ri kelmas ekan, — dedi Guli sekingina. — Ha-ha-ha! — Huri satang og‘zidan olov purkab tomog‘i bilan kuldi. — Erta-indin qo‘chqordek o‘g‘il tug‘ib beradigan xotiniga bitta ko‘ylak oberolmiydigan er qanaqa o‘zi! Belida belbog‘i bormi? Gulining dog‘ bosgan yuzi qizardi. — Mayli, — dedi sekingina. — Qo‘ya qoling. — U «mokriy trikotin»ga judayam havasi kelayotgan bo‘lsa kerak, yana ushlab ko‘rdi. — Etvotman-ku, puliyiz yonizda ketadi. Asl mol bu!— Huri satang oltin uzukli barmoqlari bilan matoni g‘ijimlab-g‘ijimlab qo‘yib yuborgan edi, yana tep-tekis bo‘lib qoldi. — Bola yasashni bilgan odam guldek xotinini yasatib qo‘yishniyam eplasin-de! Boyadan beri indamay o‘tirgan oyim gapga aralashdi. — Har kim o‘zidan o‘tganini o‘zi biladi, bolam, — dedi sovuq ohangda. — Nima qilasiz bechorani uyaltirib. — Voy-voy-voy! Manov odamni qarayla! — Huri satang birdan jiddiy tortdi. — Man osin deb etagiga osilvotmanmi?! Manam o‘zimdan o‘tganini o‘zim bilaman. Biramas, ikkita tirik yetimni boqib o‘tiribman. — Nima qipti sizga? — dedi oyim qovog‘ini solib.— Binoyidek yuribsiz. Guli, har qalay, shu matodan ko‘ylak kiyishni judayam xohlayotgani ko‘rinib turardi. Dunyoning ishlari. O’tkir Hoshimov www.ziyouz.com kutubxonasi 107 — Sakson so‘mga bo‘ladimi? — dedi sekin. — Sakson so‘mga marojniy ob yeng. Marojniy osayiz, eriyiz bilan maza qilib yeysiz. — Judayam unaqa noinsoflik qilmang. — Oyim yana gapga aralashdi. — Bir joydagi odamlarmiz, tobutkashmiz. — O‘lsam, tobutim ko‘chada qolmas. Kim o‘ladi, kim qoladi, xudo biladi! — Huri satang matoni Gulining qo‘lidan yulqib oldi. — Avval buyog‘ini bir yoqlik qiling. Tug‘ib olguningizcha hali nima gapu nima so‘z. Guli esankirab qoldi. Oyimning rangi o‘chdi. — Nimaga unaqa deysiz? — dedi tahdid bilan. — Manga qarang, qo‘ying, ikkinchi mening eshigimga bunaqa narsalarni ko‘tarib kelmang. — U pashsha qo‘rigandek qo‘lini siltadi. — Boring! Bunaqa harom-harish narsalardan hazar qilaman. — Ho, bo‘yiz yetmagandan keyin puf sassiq bo‘ldimi! — Huri satang sumkasini ko‘tarib shaxdam odimlar bilan jo‘nab ketdi. Zum o‘tmay xotinlar tarqalishdi. Oyim ham o‘rnidan turdi. Bir ozdan keyin xonasidan uning ovozi eshitila boshladi: — Niyating o‘zingga yo‘ldosh bo‘lgur, diyonatsiz! O‘zi-ku, ikki yo‘lning o‘rtasida o‘tiribdi. Nima qilasan bechoraga bunaqa deb. — Oyimning qiziq odati bor. Jahli chiqsa, o‘zi bilan o‘zi gaplashadi. Hozir ham eshikdan sekin mo‘ralasam, deraza yorug‘ida tugma qadab o‘tirgancha o‘ziga gapiryapti:— Undan ko‘ra eson-omon qutulib olgin, degin, yoshsan, hali bundan yaxshilarini kiyasan, degin... Pul joningni olgur, ochofat, o‘lsang puldan kafan qilmaydi-ku, imonsiz! Hammasini bilib tursam ham eshikni ochib, sekin so‘radim: — Ha, oyi, kimni urishyapsiz? U sekin burildi. — E, — dedi qo‘l siltab. — Har xil odam bor ekan-da, bu dunyoda... ...O‘shandan keyin ham darvoza oldi odatdagidek gavjum bo‘laverdi. Bolalar chug‘urlashadi, «shara-bara» keladi, xotinlar to‘planadi, faqat Huri satang boshqa ko‘rinmadi. Biroq, ikki oycha o‘tgandan keyin qiziq voqea bo‘ldi. Ishdan kelib oyimning xonasiga kirsam, Huri satang o‘tiribdi. Ko‘ziga surma tortmagani uchunmi, yig‘lagani uchunmi, qizarib, xunuklashib ketibdi. Lo‘ppi yuzi yanayam shishib, barkashdek bo‘lib ketgan. Sinchiklab qarasam, brilliant taqinchoqlari ham, tilla uzuklariyam yo‘q. U meni ko‘r-di-yu, bir nimadan cho‘chigandek, shosha-pisha hovliga otildi. — Nimaga kepti? — dedim ensam qotib. Oyim surilib yonidan joy ko‘rsatdi. Tushundim, zarur gapi bor. Ikkilanibroq ko‘rpachaga o‘tirdim. — Tinchlikmi? Oyim darrov javob bermadi. Choynak ustidagi latta qalpoqchani olib choy quydi. — Ochilip deganni taniysanmi? — dedi anchadan keyin. — Nima edi? — dedim sergaklanib. — Hurini gazetaga urib chiqmoqchi emish. Qo‘y, bolam, shuni yozmay qo‘ya qolsin. — Tanimayman, — dedim yolg‘on gapirib. — Sen uni tanimasang ham, u seni taniydi-ku, — dedi onam osoyishtalik bilan. — Tanisa nima qipti! — dedim zarda bilan. — Bilasiz, men bunaqa ishlarga aralashmayman! — Bilaman, bolam, bilaman. — Oyim o‘ylanib qoldi. Keyin yana o‘sha gapni qaytardi. — Qo‘y, shuni yozmay qo‘ya qolsin. Endi rosmana jahlim chiqa boshladi. — Qiziqsiz! — dedim g‘ashim kelib. — Qaysi kuni Hurini o‘zingiz haydab yuborgandingiz. Endi yonini olyapsiz. Kim o‘zi u! Bitta haromxo‘r chayqovchi-da. Oyim yana o‘ylanib qoldi. Dunyoning ishlari. O’tkir Hoshimov www.ziyouz.com kutubxonasi 108 — To‘g‘ri, — dedi anchadan keyin. — Huri yomon, haromxo‘r. Lekin bu bechora kaltakesakning dumidek gap, bolam. Bunga oshiradiganlar boshqa. Kaltakesakning dumini uzganing bilan boshqasi o‘sib chiqaveradi... — U yana jimib qoldi. — Choyingni ich,— dedi yupatuvchi ohangda. — Bolasi bor-a, bir emas, ikkita norasidasi bor-a, o‘g‘lim. Indamadim. To‘g‘risi, nima deyishni o‘zim ham bilmasdim. Bu — onamning oxirgi iltimosi ekanini o‘shanda bilmagan edim... ... Mana, hozir har kuni ishdan qaytishda darvoza oldidagi skameykaga qarayman. Skameyka bo‘m-bo‘sh. Na bolalar bor, na xotinlar... Hatto «shara-bara» ham ko‘chamizdan o‘tmaydigan bo‘lib qoldi. ALLA Qabriston g‘ishtin devor bilan o‘ralgan. Darvozaning narigi tomonida — go‘rkovning hujrasi. Berigi tomonida — tashqarida, uning hovlisi. Darvozaga yaqin kelishim bilan ichkaridan — hujra tomondan tilovat sadosi eshitildi. Xuddi shu payt hovli tomondan alla ovozi yangrab ketdi: Allayo, alla, jonim bolam-a, alla... Kim bo‘ldi bu? Go‘rkovning kelinimi? Qizimi?.. U hamon sokin tovushda davom etardi: Uxla, qo‘zim, allayo, shirin qizim, alla... Ertalab yomg‘ir yoqqan edi. Darvozaning temir panjaralarida suv tomchilari yaltiraydi. Ko‘lmakda quyosh jilolanadi. Muzdek tutqichdan ushlagancha turib qoldim. Bir tomonda tilovat sadosi, bir tomonda alla... Ajab, ular bir-biriga xalaqit bermas, bir-birini rad etmas, ikkalasi qo‘shilib bahor nafasiga to‘lgan osmonda, qabriston yo‘lkasidagi kuchala chiqargan teraklar ustida parvoz qilar edi: «Rabbano-o-o, rabbno-o-o...» «Allayo, alla»... Bir xil bo‘lib ketdim. Panjarador darvozaga suyanib uzoq turib qoldim. Onam beshigim ustida alla aytganini eslay olmayman. Esimni taniganimda beshikda yotmaydigan bo‘lgan edim. Biroq oyim ukamga alla aytganini eshitganman. Ko‘p eshitganman. Qish kechalari sandalga suqilib tiqilishib yotardik. Uy nimqorong‘i. Piligi pastlatib qo‘yilgan chiroq xira nur sochadi. Shiftda lampa shisha uchidan chiqqan nur doirasi ko‘rinadi. Chiroq doim bir joyda turgani uchun shiftning o‘sha yeri sarg‘ayib qolgan. Hammayoq jimjit. Shu qadar jimki, dadamning hujrasidagi soatning chiqillayotgani ham eshitiladi. Tashqarida bo‘ron guvillaydi. Quruq qorning derazaga chirsillab urilishi eshitilib turadi. Ukamning beshigi g‘irchillaydi. Onam alla aytadi. Alla, bolam uxlay qol-a, alla, Quchog‘imda orom ol, alla... Yo‘q, bu qo‘shiq emas. Oyimning ovozida qandaydir boshqa narsa bor. Mungmi, iltijomi... Dunyoning ishlari. O’tkir Hoshimov www.ziyouz.com kutubxonasi 109 Tog‘lardagi shunqorim-ey, alla, Beshikdagi qo‘chqorim-ey, alla. Ukam ovunib qoladi. Oyimning o‘zi ham beshikni quchoqlagancha mudrab ketadi. Bir mahal beshik ustidagi qo‘li shilq etib yoniga tushadi. Ukam uyg‘onadi, beshik yana g‘ijirlaydi. Oyim ham cho‘chib ko‘zini ochadi. Beshikni ohista tebratadi: Yigitlarni sardori bo‘l, jonim-a, Yuragimni madori bo‘l, alla... Yana jimlik cho‘kadi. Soat chiqillaydi, qor derazaga chirsillab uriladi. Sekin-sekin ko‘zim uyquga ketarkan, qulog‘im ostida yana o‘sha ma’yus sado eshitiladi. Oq uy-ola bargaklarda jonim-a, Yonib turgan chirog‘imsan, alla... Keyin... katta bo‘lganimda ham qayerda alla eshitsam, negadir yuragim shirin orziqish bilan talpinib ketar, nega bunaqa bo‘layotganini o‘zim bilmas edim. Bir yili uch-to‘rt qalamkashlar olis tog‘ qishlog‘iga bordik. Mashina yurmas edi. Ot minib o‘rganmaganim uchun charchab qoldim. Manzilga yetmasimizdan qorong‘i tushdi. Yaylovdagi qirg‘iz o‘tovida tunab qolishga to‘g‘ri keldi. Qimiz ichdik, suzma yedik. Keyin birimiz namatga, birimiz po‘stakka yonboshlagancha uxlab qolibmiz. Bir mahal sovuq qotib, uyg‘onib ketdim. Atrof jimjit. Faqat olisda it akillaydi. O‘tov keragisidan shom yegan oy mo‘ralaydi. Shu payt qo‘shni o‘tovda chaqaloq yig‘isi, ketidan ayol kishining alla aytayotgani eshitildi. Men uning so‘zlarini aniq bilmasam ham alla aytayotganini his qilib turardim. Negadir yuragim shirin orziqib ketdi. Ayolning ovozimi, alla ohangimi, xuddi onamga o‘xshab ketardi. Negadir shu ohang bilan qalbimga orom kirganday bo‘ldiyu o‘z- o‘zidan ko‘zlarim yumilib keta boshladi. Go‘yo qirg‘iz ayol bolasiga emas, menga alla aytayotganday... Yaqin orada bunaqa shirin uxlamagan edim. Oradan uch-to‘rt yil o‘tgach, shunaqa holatni yana bir marta boshimdan kechirdim. Kislovodskka dam olishga borgan edik. To‘rtta o‘zbek yig‘ilsa osh qilish harakatiga tushib qoladi. Sanatoriy yaqinidagi xonadondan qozon topdik. Bu yerning aholisi yoz paytida uyiga dam oluvchilarni ijaraga qo‘yadi. Bu xonadonda ham sibirlik juvon ijara o‘tirarkan. Sap-sariq sochli, barvasta gavdali, yuzini sepkil bosgan juvon qishloq ayollariga xos soddadillik bilan bizga darhol elakishib ketdi. Kichkintoy o‘g‘ilchasini ko‘tarib goh sabzi artishadi, goh idishlarni yuvadi. O‘zbek palovining ta’rifini ko‘p eshitsa ham hech yemaganini dilkashlik bilan aytib kuladi. Birgalashib osh yedik, ko‘k choy ichdik. Keyin sibirlik juvon kichkintoyini ko‘tarib uyga kirib ketdi. Oradan chorak soatcha o‘tgach, ichkaridan uning ovozi keldi: Bayu ba-ayushki, bayu, bayu-bay... Qiziq, yuragimda yana o‘sha shirin orziqish uyg‘ondi. Uning ovozi ham onamnikiga o‘xshab ketardi. Do‘stlarim gangur-gungur suhbatlashib o‘tirishibdi. Men bo‘lsam ichkaridan chiqayotgan alla sadosiga quloq solaman. «Ba-yu, bay...» Bu qanday holat?! Bu qanday sehr? Nima o‘zi bu? Ehtimol, dunyoning bu chetida turib bir odam o‘z seviklisiga aytgan dil rozini dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas. Ehtimol, dunyoning bu chetida turib bir odam aytgan qo‘shiqni dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas. Ehtimol, dunyoning bu chekkasida turib bir odam aytgan eng oqilona fikrni dunyoning Dunyoning ishlari. O’tkir Hoshimov www.ziyouz.com kutubxonasi 110 narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas. Biroq dunyoning bu chekkasida turib ona aytgan allaga dunyoning narigi chekkasidagi go‘dak bemalol orom oladi. Nega shunaqa? Nahotki, go‘dak tushungan narsaga biz tushunmasak? Ehtimol, buning boisi boshqa joydadir. Ehtimol, ona tushungan narsani bizlar tushunmasmiz. Balki shuning uchun ham ona — tabiatning eng buyuk ixtirosidir. Bilmadim... Qabriston darvozasi oldida, bir tomonda tilovat, bir tomonda alla yangrayotgan darvoza oldida turib shularni o‘yladimu g‘alati bo‘lib ketdim. OQ MARMAR, QORA MARMAR... Bahor devorlarning oftobro‘ya etaklaridan boshlanmaydi. Bahor ariqlarning kungay sohillaridan boshlanmaydi. Bahor go‘ristondan boshlanadi. Ilk maysalar mungli do‘ppaygan qabrlar yonboshidan unib chiqadi. To‘ng‘ich chuchmomalar eng avval sukutga cho‘mgan qabriston ustida mayus qo‘ng‘irog‘ini chaladi. Bag‘ri qon qizg‘aldoqlar birinchi bo‘lib mana shu yerda ochiladi. Kim bilsin, tabiatning marhumlar ruhiga yilda bir marta ko‘rsatadigan marhamati ehtimol shudir... Cho‘g‘dek lovullagan qizg‘aldoqlar, saf tortgan gulsafsarlar orasida marmar toshlar ko‘rinadi. Oq marmar, qora marmar, ko‘k marmar... «Onajon, sizni to abad unutmaymiz», «Onajon, qildingiz bizga jon fido, e voh, taqdir sizdan ayladi judo», «Onajon, xotirangiz qalbimizda mangu yashaydi...» Oq marmar, qora marmar... Bu so‘zlarning har bitta harfiga qanchadan-qancha ko‘z yoshi tomganini bilaman. Ehtimol bular inson bolasining hayotda aytgan eng rost so‘zlaridir. Faqat... har gal ularni o‘qiganda bir narsani o‘ylayman: mana shu so‘zlarni yurak-yurakdan, iztirob bilan aytgan farzand onasi hayot ekanligida qanchalik ko‘nglini ololdi ekan? Xotiniga qimmatbaho po‘stin olib berayotganida, onasiga bir kiyimlik ko‘ylak qo‘shib olish yodidan chiqmadimikan? O‘z uyini chet el mebeli bilan to‘ldirib qo‘yganida onasiga aqalli bo‘yradekkina gilamcha sovg‘a qilishni unutmadimikan? Qizini tug‘ilgan kunida atlas ko‘ylak, o‘g‘lini velosiped bilan qutlaganida onasiga oddiy bir paypoq olib berishni esidan chiqarmadimikan? Bilmadim... Faqat bir narsani aniq aytishim mumkin. Mabodo Tangri marhumlarga qayta jon ato qilsayu onalar tirilib qolsa, hayot paytida mehr berganmi, bermaganmi — baribir farzandlarini maqtab gapirgan bo‘lardi. Onalar hatto vafotidan keyin ham onaligicha qoladi. ...Bahor devorining oftobro‘ya etaklaridan boshlanmaydi. Bahor ariqlarning kungay sohillaridan boshlanmaydi. Bahor mana shu yerdan boshlanadi. Qabrlar ustida qo‘ng‘iroq chalgan chuchmomalar, lovillab yongan qizg‘aldoqlar onalarning farzandini yupatish uchun taqdim etgan chechaklari bo‘lsa ajab emas... ILTIJO Oyi, men keldim... Eshityapsizmi, oyi, men yana keldim... Qarang, oyi tag‘in ko‘klam kirdi. Esingizdami, har yili bahor kirishi bilan sizni dalaga olib chiqardim. Siz charaqlagan oftobni, tiniq osmonni, ko‘m-ko‘k maysalarni ko‘rib quvonardingiz. Esingizdami, nevaralaringiz terib kelgan boychechaklarni ko‘zingizga surtib, «omonliq-somonliq» qilardingiz... Bugun... o‘zingizning ustingizdan boychechak o‘sib chiqibdi... Yo‘q, yo‘q, oyijon... Yig‘layotganim yo‘q. Bilaman, men yig‘lasam, siz bezovta bo‘lasiz. Hozir... hozir o‘tib ketadi. Mana, bo‘ldi... Ertalab-chi, oyi, yomg‘ir yog‘di. Qattiq yomg‘ir yog‘di. Siz bahor yomg‘irini yaxshi Dunyoning ishlari. O’tkir Hoshimov www.ziyouz.com kutubxonasi 111 ko‘rardingiz... Keyin oftob chiqib ketdi. Qarang, oftob charaqlab yotibdi... Esingizdami, siz menga oftob to‘g‘risida cho‘pchak aytib bergan edingiz. O‘sha oftob charaqlab yotibdi... Ko‘ryapsizmi... Esingizdami, oyi, siz ukamga alla aytardingiz. Men allaning ohangiga mast bo‘lib uxlab qolardim. O‘sha beshikda men ham yotganman. Allangizdan men ham orom olganman. Nima qilay, oyi, men alla aytishni bilmayman. Qabringizni silab qo‘ysam orom olasizmi... Mana, oyijon, mana... Yo‘q, yo‘q, yig‘layotganim yo‘q. Hozir, hozir o‘tib ketadi. Esingizdami, oyi, siz bir marta, atigi bir marta, o‘shandayam hazillashib: «Meniyam kitob qilib yozsang-chi, o‘g‘lim», degandingiz. Men: «Sizning nimangizni kitob qilaman, oyi?» degan edim. Xafa bo‘lmang, men hazillashgan edim. Mana, o‘sha kitob. Yo‘q, uni men yozganim yo‘q. Uni siz yozgansiz. Men uni qog‘ozga tushirib, odamlarga tarqatdim, xolos. Men uni dunyodagi hamma onalar o‘qishini xohlayman. Bilaman, dunyodagi hamma onalar yaxshi. Shundoq bo‘lsayam, ularning hammasi Sizga o‘xshashini xohlayman... 1980—1981 _____________ 1 J a n a z — ziqna, qurumsoq Islom.uz ma'rifat markazidan olindi. Download 5.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling