“budjet hisobi” faniga kirish. Fanning mamuni, predmeti va usullari


Download 47.38 Kb.
bet1/3
Sana13.04.2023
Hajmi47.38 Kb.
#1355007
  1   2   3
Bog'liq
1-MAVZU. “BUDJET HISOBI” FANIGA KIRISH. FANNING MAMUNI, PREDMETI VA USULLARI

BUDJET HISOBI” FANIGA KIRISH. FANNING MAMUNI, PREDMETI VA USULLARI


REJA



1.Budjet hisobi va xisoboti fani yagona xalq xo’jaligi hisobining tarkibiy qismi sifatida.
2.Budjet hisobining predmeti va usullari.
3.Bozor iqtisodiyotiga utishda bujet hisobi ob’ektlarining iqtisodiy mazmuni.
4. Budjet tasnifining budjet hisobini yuritishdagi ahamiyati.


1. Budjet hisobi va xisoboti fani yagona xalq xo’jaligi

hisobining tarkibiy qismi sifatida


Davlat budjeti qonun sifatida xar yili Oliy majilis sessiyasida kurib chikiladi va tasdiklanadi. Davlat budjeti orkali davlat kulida ishlab chikarishni kengaytirish va ijtimoiy extiyojlarni kondirish uchun taksimlanadigan va foydalaniladigan milliy daromadning bir qismi markazlashtiriladi. Daromadlarning uz vaktida va tulik kelib tushishi va davlat budjeti mablaglarini maksadli foydalanilishi davlat budjeti ijrosi jarayonining buxgalteriya hisobining tugri tashkil kilinishiga boglik.
Bizning respublikamizda davlat budjeti ijrosi buxgalteriya hisobi va budjet hisobi yagona xalk xujaligi hisobining tarkibiy kismlaridan biri xisoblanadi.
Budjet hisobi - bu mamlakat davlat budjeti ijrosi buxgalteriya hisobi O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti ijrosi buxgalteriya hisobi 2000 yil 14 dekabrda kabul kilingan O’zbekiston Respublikasi «Budjet tizimi tugrisida»gi Qonuni, 1996 yil 30 avgustda kabul kilingan «Buxgalteriya hisobi tugrisida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, Buxgalteriya hisobining milliy standartlari» (BXMS), O’zbekiston Respublikasining davlat budjetidan ta’minlanadigan tashkilotlarning buxgalteriya xisobotlari va balanslari tugrisidagi Nizomi, Budjet tashkilotlari xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini Moliya vazirligi va moliya organlaridan ruyxatdan utkazish tartibi, Budjet tashkilotlari daromadlari va xarajatlarining buxgalteriya hisobi xakidagi Nizom, Yillik va chorak moliyaviy xisobotlarni takdim etish tugrisida Nizom, «Kassa operatsiyalarini yuridik shaxslar tomonidan yuritish koidalari», Budjet tashkilotlari tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ishlab chikarish va sotish tartibi, «Budjet tashkilotlarini vaktincha foydalanilmayotgan davlat mulkini ijaraga berish tartibi», O’zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ta’minlanadigan tashkilotlarning buxgalteriya xisobotlari va balanslari tugrisida Nizom asosida tashkil kilinadi.
Budjet hisobi davlat budjeti ijrosiga boglik barcha muomalalarni kamrab oladi va uning ijrosi jarayonidagi budjetning xolatini xarakterlab beradi. Buxgalteriya hisobi orkali bank muassasalaridagi xisob rakamlaridagi pul mablaglarini, daromad va xarajatlarini, budjetning ijrosi jarayonida vujudga kelgan fond va zaxiralar mablaglarini, budjet tashkilotlari moddiy boyliklarini aks ettiradi. Budjet hisobining ob’ekti bulib budjet daromadlari va xarajatlari, pul mablaglari va ularning budjet ijrosi jarayonidagi xarakati, budjetdan moliyalashtiriladigan budjet muassasalarining moddiy boyliklari xisoblanadi.
Budjet hisobining vazifasi bulib mamlakat davlat budjeti, respublika budjeti va maxalliy budjetlarning daromad va xarajatlari buyicha rejasining ijrosini uz vaktida, tulik va anik aks ettirish xisoblanadi.


2. Budjet hisobining predmeti va usullari


Davlat budjeti ijrosi buxgalteriya hisobining predmeti bulib budjet ijrosi jarayoni xisoblanadi. Davlat budjeti ijrosi buxgalteriya hisobi yordamida mamlakatning barcha darajadagi budjetlari ijrosini xisobga olish va budjet tashkilotlari xarajatlar smetasining ijrosini xisobga olish amalga oshiriladi.
Davlat budjeti ijrosi buxgalteriya hisobi mazkur davlatning budjet kurilishiga mos xolda tashkil kilinadi. Mamlakat davlat budjeti ijrosi buxgaleriya hisobini tugridan tugri moliya organlari, bank muassasalari va budjet tashkilotlari amalga oshiradi.
Xisobning turli usullarin kullash, xisob turlaridan urinli foydalanishdan asosiy maksad budjetning kursatkichlarini, ularda aks ettirilgan ma’lumotlarni umumlashtirib ma’lum bir vazifaning bajarilishini ta’minlashdir.
Xozirgi sharoitda xisobning asosiy vazifalaridan biri yagona xisob tizimini yaratib, turli budjet muomalalarini kamrab olish xamda budjetni boshkarishni soddalashtirish, boshkarish uchun kerakli ma’lumotlar bilan tezkor ta’minlashdir. Bunday vazifani xal kilish xisob turlarini bir-biri bilan boglik xolda yoki ayrim xollarda yagona xisob turidan foydalanishni talab kiladi. Ularni kullash xujalikda amalga oshirilgan yoki amalga oshirilishi belgilangan jarayonlarning mazmuniga xam boglikdir.
Xozirgi kunda kuyidagi xisob turlari keng ishlatiladi:
- tezkor xisob;
- statistik xisob;
- buxgalteriya hisobi.
Budjet hisobi xam xujalik hisobining bir qismi sifatida yukoridagi elementlarni kamrab oladi.
Budjet hisobi - barcha darajadagi budjetlarning ijrosi xakidagi ma’lumotlarni umumiylashtirish va kayd etish, yigish tizimi. YA’ni, budjet hisobi budjet ijrosi bilan boglik xamma muomalalarni kamrab oladi. Budjet hisobi kuyidagi bloklarni kamrab oladi:


  1. Respublika budjeti ijrosi hisobi (Federal gaznachilik tizimi joriy etilgan davlatlarda Federal gazna organlari - federal budjet)1

  2. Moliya organlarida boshka darajadagi budjetlar ijrosi hisobi;

  3. Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetasi yoki xarajatlar smetasi ijrosi hisobi;

  4. Budjetning kassa ijrosi hisobi;

  5. Solik organlarida soliklar va tushumlarni tezkor hisobi.


Download 47.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling