Budjet nazorati


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/131
Sana25.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1720162
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   131
Bog'liq
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Dastlabki nazorat – smetalarni tuzish va tasdiqlash jarayonida amalga 
oshiriladi. Unda budjet intizomiga rioya qilinishi, shuningdek, qonunchilik 
talablari buzilishi oldi olinadi. 
Joriy nazorat – budjet ijrosi jarayonida amalga oshirilib, sodir bo’lgan 
muomalalarni qonuniyligi, pul mablag’larini oqilona sarflanishi, mulkiy 
qiymatliklar bo’yicha hisob ma’lumotlarini xaqiqiy holatga mosligi, 
hisoblashuvlar holati va boshqalar nazorati amalga oshiriladi. 
Keyingi nazorat – umumlashtirish bosqichi uchun zarur bo’lib, hisob va 
hisobot axborotlarini qonuniyligini aniqlash uchun amalga oshiriladi. 
Budjet ijrosi jarayonida nazorat va taftishning ob’ektlari moliya organi, 
davlat maqsadli jamg’armalari va budjet tashkilotlari hisoblanib, nazorat 
borasida ular quyidagilarga bo’linadi: 
7. budjet daromadlari va xarajatlari; 
8. budjet pul mablag’lari, budjet ssudalari; 
9. hisoblashuvlar bo’yicha mablag’lar, aylanma kassa mablag’lari; 
10. budjet tashkilotlarining daromadlari va xarajatlari; 
11. moliyaviy va nomoliyaviy aktivlar; 
12. majburiyatlar va moliyaviy natijalar. 


Yuqorida keltirilgan ob’ektlarning 1-3 moliya organlari va davlat maqsadli 
jamg’armalariga taalluqli bo’lib, 4-6 budjet tashkilotlriga taalluqlidir. 
Budjet ijrosi jarayonida nazorat va taftishning sub’ektlari bo’lib: 
5. Hisob palatasi; 
6. Moliya vazirligi; 
7. Davlat Soliq qo’mitasi; 
8. Mustaqil auditorlik firmalari (shartnoma asosida). 
Davlat budjeti ijrosini nazorat qilish vakolati O’zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligiga yuklatilgan bo’lib, nazoratning asosiy sub’ekti hisoblanadi. 
Budjet ijrosi jarayonida nazoratning maqsadi – budjet ijrosini amalga 
oshirish va natijalarini shakllantirishni xaqqoniyligini aniqlash va tahliliy 
axborotlarni shakllantirishdan iborat bo’lib quyidagi vazfilarni o’z ichiga oladi: 
9. Budjet daromadlari va xarajatlarining rejalashtirilishi hamda uning 
ma’lumotlari xaqqoniyligini aniqlash;
10. 
Budjet 
ijrosi 
jarayonida 
muomalalarni 
to’liq 
va to’g’ri 
xujjatlashtirilishini aniqlash; 
11. 
Davlat maqsadli jamg’armalari budjeti daromadlari va xarajtlarini 
rejalashtirish hamda uni ma’lumotlarini xaqqoniyligini aniqlash 
12. 
Budjet ijrosi jarayonida buxgalteriya hisob hisobvaraqlarini yuritilish 
holati va haraktini to’g’riligini aniqlash; 
13. 
Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini 
amalga oshirilishi va natijalarni shakllantirilishi to’g’riligini tekshirish; 
14. 
Mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati hamda moliyaviy 
natijalar to’g’risidagi to’liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirilishini tekshirish; 
15. 
Budjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini to’g’ri 
umumlashtirilishi va hisobtlarni xaqqoniyligini tekshirish; 
16. 
Tekshiruv natijalarini umumlashtirish. 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va xududiy moliya organlari 
yuqoridagi vaziflarni amalga oshirish chog’ida davlat budjetining ijrosini 
nazorat qiladi va quyidagilarga e’tibor qaratadi: 
6. Budjetlar ijrosi yakunlarini ko’rib chiqadi; 


7. Budjetlarga mablag’lar tushumi to’g’risida soliq va bojxona organlaridan, 
davlat maqsadli jamg’armalari organlaridan axborotlar oladi; 
8. Budjet tashkilotlaridan budjet va budjetdan tashqari mablag’larning tushumi va 
sarflanishi to’g’risida ma’lumotlar talab qilib oladi; 
9. Qonun xujjatlariga muvofiq banklardan budjet mablag’lari harakati to’g’risida 
ma’lumotlar oladi; 
10. Budjet mablag’larini oluvchilarning moliyaviy xo’jalik faoliyatini auditdan 
o’tkazadi. 
Keltirilgan vazifalarni bajarilishi umumiy maqsad, ya’ni budjet ijrosi 
jarayoni ustidan nazoratni ta’minlab beradi. Tekshirish tasdiqlangan dasturga 
muvofiq amalga oshiriladi. Tekshirishlarni o’tkazishda quyidagilarga e’tibor 
qaratish zarur:
• smeta-moliya hujjatlarini, bunda budjet mablag’laridan qonunchilikka va 
budjet mablag’larining tejamli yo’naltirilishiga qat’iy rioya etilishiga erishgan 
holda, chuqur tahlil qilishni va har tomonlama o’rganishni amalga oshirish; 
• O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirliklari
idoralari, hokimiyatlarning tegishli boshqarmalari va bo’limlarida xarajatlar 
smetasini ko’rib chiqish, tasdiqlash va o’z vaqtida tashkilotlarga etkazish 
bo’yicha ishlarni to’g’ri tashkillashtirishga erishish; 
• daromadlarning to’liq hisobi, pul mablag’larining o’tuvchi qoldiqlari, bu 
mablag’lardan tejamli va samarali foydalanishni inobatga olgan holda, budjetdan 
tashqari mablag’lar bo’yicha daromadlar va xarajatlar smetasining tuzilishining 
qonuniyligi va rejalashtirishning asoslanganligini e’tiborga olish; 
• smetani rejalashtirishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda tezkor 
holda chora-tadbirlarni qo’llash, smeta xarajatlari bo’yicha aniqlangan ortiqcha 
ajratilgan mablag’lar summasini bu haqda tashkilot rahbariga xabar bergan holda 
o’z vaqtida budjetdan moliyalashtirish miqdorini qisqartirish. 
O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirliklari va 
idoralari, hokimiyatning boshqarmalari va bo’limlarida smetani rejalashtirish 
holatini tekshirish natijalari bo’yicha zarur hollarda O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, 


tegishli hokimiyatlarga axborot berilishi, qoida buzilishlarni yo’qotish bo’yicha 
takliflar berilishi va aniqlangan ortiqcha ajratilgan mablag’lar summasini xarajatlar 
smetasi bo’yicha tayinlash kamaytirilishi mumkin. 
Tashkilotlarning smeta xarajatlarining to’g’ri tuzilishi, tasdiqlanishi va o’z 
vaqtida etkazilishi bo’yicha tekshirish natijalari O’zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi va hududiy moliya organlarida muntazam umumlashtiradi va ko’rib 
chiqiladi hamda ushbu ishlarni yanada takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar 
qabul qilinadi. 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling