Budjet nazorati


Byudjet nazoratini tashkil qilishning maqsadi va vazifalari


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/131
Sana25.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1720162
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   131
Bog'liq
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

4. Byudjet nazoratini tashkil qilishning maqsadi va vazifalari 
Budjet ijrosi jarayonida nazoratning maqsadi – budjet ijrosini amalga 
oshirish va natijalarini shakllantirishni xaqqoniyligini aniqlash va tahliliy 
axborotlarni shakllantirishdan iborat bo’lib quyidagi vazfilarni o’z ichiga oladi: 
1. Budjet daromadlari va xarajatlarining rejalashtirilishi hamda uning 
ma’lumotlari xaqqoniyligini aniqlash;
2. Budjet ijrosi jarayonida muomalalarni to’liq va to’g’ri xujjatlashtirilishini 
aniqlash; 
3. Davlat maqsadli jamg’armalari budjeti daromadlari va xarajtlarini 
rejalashtirish hamda uni ma’lumotlarini xaqqoniyligini aniqlash 
4. Budjet ijrosi jarayonida buxgalteriya hisob hisobvaraqlarini yuritilish holati 
va haraktini to’g’riligini aniqlash; 
5. Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga 
oshirilishi va natijalarni shakllantirilishi to’g’riligini tekshirish; 
6. Mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati hamda moliyaviy natijalar 
to’g’risidagi to’liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirilishini tekshirish; 
7. Budjet 
ijrosiga 
oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini to’g’ri 
umumlashtirilishi va hisobtlarni xaqqoniyligini tekshirish; 
8. Tekshiruv natijalarini umumlashtirish. 


O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va xududiy moliya organlari 
yuqoridagi vaziflarni amalga oshirish chog’ida davlat budjetining ijrosini 
nazorat qiladi va quyidagilarga e’tibor qaratadi: 
1. Budjetlar ijrosi yakunlarini ko’rib chiqadi; 
2. Budjetlarga mablag’lar tushumi to’g’risida soliq va bojxona organlaridan, 
davlat maqsadli jamg’armalari organlaridan axborotlar oladi; 
3. Budjet tashkilotlaridan budjet va budjetdan tashqari mablag’larning tushumi 
va sarflanishi to’g’risida ma’lumotlar talab qilib oladi; 
4. Qonun xujjatlariga muvofiq banklardan budjet mablag’lari harakati 
to’g’risida ma’lumotlar oladi; 
5. Budjet mablag’larini oluvchilarning moliyaviy xo’jalik faoliyatini auditdan 
o’tkazadi. 
Keltirilgan vazifalarni bajarilishi umumiy maqsad, ya’ni budjet ijrosi 
jarayoni ustidan nazoratni ta’minlab beradi. Tekshirish tasdiqlangan dasturga 
muvofiq amalga oshiriladi. Tekshirishlarni o’tkazishda quyidagilarga e’tibor 
qaratish zarur:
- smeta-moliya hujjatlarini, bunda budjet mablag’laridan qonunchilikka va 
budjet mablag’larining tejamli yo’naltirilishiga qat’iy rioya etilishiga erishgan 
holda, chuqur tahlil qilishni va har tomonlama o’rganishni amalga oshirish; 
- O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirliklari, 
idoralari, hokimiyatlarning tegishli boshqarmalari va bo’limlarida xarajatlar 
smetasini ko’rib chiqish, tasdiqlash va o’z vaqtida tashkilotlarga etkazish bo’yicha 
ishlarni to’g’ri tashkillashtirishga erishish
- daromadlarning to’liq hisobi, pul mablag’larining o’tuvchi qoldiqlari, bu 
mablag’lardan tejamli va samarali foydalanishni inobatga olgan holda, budjetdan 
tashqari mablag’lar bo’yicha daromadlar va xarajatlar smetasining tuzilishining 
qonuniyligi va rejalashtirishning asoslanganligini e’tiborga olish; 
- smetani rejalashtirishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda tezkor 
holda chora-tadbirlarni qo’llash, smeta xarajatlari bo’yicha aniqlangan ortiqcha 
ajratilgan mablag’lar summasini bu haqda tashkilot rahbariga xabar bergan holda 
o’z vaqtida budjetdan moliyalashtirish miqdorini qisqartirish. 
O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirliklari va 
idoralari, hokimiyatning boshqarmalari va bo’limlarida smetani rejalashtirish 
holatini tekshirish natijalari bo’yicha zarur hollarda O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, 
tegishli hokimiyatlarga axborot berilishi, qoida buzilishlarni yo’qotish bo’yicha 
takliflar berilishi va aniqlangan ortiqcha ajratilgan mablag’lar summasini xarajatlar 
smetasi bo’yicha tayinlash kamaytirilishi mumkin. 
Tashkilotlarning smeta xarajatlarining to’g’ri tuzilishi, tasdiqlanishi va o’z 
vaqtida etkazilishi bo’yicha tekshirish natijalari O’zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi va hududiy moliya organlarida muntazam umumlashtiradi va ko’rib 
chiqiladi hamda ushbu ishlarni yanada takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar 
qabul qilinadi. 



Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling