Budjet nazorati
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy nazorat
- Davlat nazorati
Nazorat
sub’ektlari – nazorat funksiyalarini bajaruvchi maxsus tashkilotlardir. Nazorat ob’ektlari – moliyaviy-xo’jalik-tijorat tashkilotlari, birlashmalaridir. Nazoratning uch turi mavjud: dastlabki nazorat, joriy nazorat va keyingi nazorat. Dastlabki nazorat – bunda reja, dastur va smetalarning tuzilishi nazoratdan o’tkaziladi. Joriy nazorat – maxsus organlar tomonidan tezkor amalga oshirib turiladi. Masalan buxgalteriya hisobining asosiy funksiyalaridan biri nazorat bo’lib, ko’p jihatdan buxgalteriya hisobi tuzilmasini to’g’ri tashkil qilinishiga bog’liq. Keyingi nazorat – bu o’tgan davrdagi faoliyatni tekshirishdir, masalan xo’jalik faoliyatini kompleks taftish yoki moliyaviy audit. Moliyaning qiymat xarakteriga ega bo’lishi moliyaviy nazoratni taqazo etadi. Bu moliyaning nazorat funksiyasidan kelib chiqadi va doimiy davlat boshqaruvini talab qiladi. Moliyaviy nazorat davlat boshqaruvining maxsus tizimidir. Uning usullari, ko’rinishlari va o’tkazish tartibi doimo takomillashib boradi. Moliyaviy nazorat – bu davlat tomonidan tashkil etilgan kuzatish tizimi bo’lib unga davlat, mustaqil va jamoa tuzilmalari kiradi. Ular davlat xokimiyati organlari, korxona va tashkilotlar faoliyati samaradorligini, saloxiyati zaxiralarini, davlat budjeti xarajatlarini, qonun va me’yoriy xujjatlarga rioya etilishini nazorat qilishadi. Moliyaviy nazorat tizimiga: Davlat nazorati, idoraviy nazorat va mustaqil audit kiradi. Davlat nazorati - tuzilmasi bir muncha murakkab bo’lib, Davlat nazoratining sub’ektlari moliyaviy nazorat o’tkazish huquqiga ega Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Markaziy bank va boshqalar kiradi. Nazorat ob’ektlari bo’lib mulk shaklidan qat’iy nazar barcha korxona va tashkilotlar hisoblanadi. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling