Budjet nazorati


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/131
Sana25.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1720162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131
Bog'liq
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Idoraviy nazorat – barcha vazirlik va qo’mitalar boshqaruv tuzilmasiga
kiruvchi nazorat va taftish bo’limlari yoki ichki audit boshqarmalari hisoblanadi. 
Bu nazorat bo’g’inining ob’ektlariga barcha davlat korxona va tashkilotlari yoki 
50 foizdan ortiq aksiyalari davlatga tegishshli aksiyadorlik jamiyatlari kiradi. 
Mustaqil audit – mustaqil auditorlik firmalari va nodavlat sektori 
korxonalari hisoblanadi. 
Moliyaviy nazoratni turlari, ko’rinishlari, shakllari va o’tkazish usullariga 
ko’ra quyidagicha sinflashtirish mumkin. 
Moliyaviy nazorat tizimi bloklariuch turga bo’linadi ya’ni, moliyaviy-
budjet nazorati, ichki moliyaviy–xo’jalik nazorati va mustaqil audit. 
1.Moliyaviy-budjet nazorati – davlat budjeti smetalarining daromad va 
xarajatlarini tekshiradi. Buni Moliya vazirligining nazorat va taftish bosh 
boshqarmasi amalga oshiradi. 
2.Moliyaviy-xo’jalik nazorati, ichki nazorat – korxona, tashkilot va 
birlashmalarning xo’jalik yuritish faoliyati va moliyaviy hisobotlarining 
xaqqoniyligini tekshirish. Buni yuqori tashkilotlarning nazorat va taftish 
boshqarmalari yoki bo’limlari yoxud ichki audit tizimi amalga oshiradi. 
3.Mustaqil audit – Moliyaviy hisobotlarining xaqqoniyligini aniqlash. Buni 
maxsus litsenziyaga ega mustaqil auditorlik firmalari bajaradi. 
Moliyaviy nazorat iqtisodiy sub’ektlari bo’yicha ko’rinishlari- 
1. Davlat nazorati. 
2. Idoraviy nazorat. 
3. Ichki xo’jalik nazorat. 
4. Jamoaviy nazorat. 
5. Mustaqil nazorat. 
Manbaalariga binoan –
1.Hujjatli. 
2. Xaqiqiy.
3. Avtomatlashgan. 
Xajmiga binoan –
1. To’la yoki qisman 
2. Kompleks yoki aniq mavzu bo’yicha. 
3. Tanlov asosida yoki barcha jabhalar bo’yicha. 
O’tkazish usullariga binoan –
Umumuslubiy: 
1.Taftish. 


2.Audit. 
3. Tahlil. 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling