Budjet nazorati


Takrorlash va munozara uchun savollar


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/131
Sana25.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1720162
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   131
Bog'liq
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Takrorlash va munozara uchun savollar. 
1. Budjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar nazoratining maqsadi va vazifalari 
nimalardan iborat? 
2. Budjet tashkilotlarida moliyaviy natijalarni tekshirishning zarurligini 
tushuntiring. 
3. Budjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar nazoratimanbalarini aytib bering. 
4. Budjet tashkilotlarida joriy yilga moliyaviy natijalar nazoratini tashkil qilish 
xususiyatlari. 
5. Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijani tekshirish tartibini 
tushuntiring. 
6. To’lovlarni mahsus turlariga doir hisoblashuvlar bo’yicha moliyaviy natijani 
tekshirish tartibini tushuntiring. 
7. Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lar bo’yicha joriy 
yilga moliyaviy natijalarni tekshirish tartibini izohlang. 
8. Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha joriy 
yilga moliyaviy natijalarni tekshirishni tushuntiring 
9. Budjet tashkilotlarida yakuniy moliyaviy natijalar nazorati deganda nimani 
tushunaiz? 


10-Mavzu: Budjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar nazoarti 
 
1. Budjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar nazoratining maqsadi va 
vaziflari 
Budjet tashkilotlarida moliyaviy hisobot nazoratining maqsadi moliyaviy 
hisobot ma’lumotlarining to’liqligi va ishonchliligini, ularning amaldagi 
qonunchilikka muvofiqligini tekshirishdan iborat. 
Tekshiruvni o’tkazishning asosiy huquqiy manbalari bo’lib quyidagilar 
hisoblanadi: 

O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonuni 
1996 yil 30 avgust; 

O’zbekiston Respublikasining “Budjet kodeksi” 2013 yil 26 dekabr; 

O’zbekiston Respublikasining “Soliq Kodeksi” 2007 yil 25 dekabr; 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 
414-sonli “Budjet muassasalarini mablag’ bilan ta’minlashni takomillashtirish 
to’g’risida”gi qarori; 

O’zbekiston Respublikasi AV tomonidan 2009 yil 16 sentyabrda 2007-son 
bilan ro’yhatdan o’tgan “Davlat budjetining g’azna ijrosi qoidalari”; 

O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning 
xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko’rib chiqish, tasdiqlash va 
ro’yhatdan o’tkazish tartibi to’g’risida”gi nizom; 

“Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi yo’riqnoma O’z.R. 
AV. tomonidan 2010 yil 22 dekabrda 2169-son bilan ro’yhatdan o’tgan; 

O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag’ bilan ta’minlanadigan 
tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdi 
qilish bo’yicha qoidalar” O’z.R. AV. tomonidan 2011 yil 27 sentyabrda 2270-son 
bilan ro’yhatdan o’tgan. 
Amaldagi qonunchilikka muvofiq O’zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi 
bilan 
kelishmagan 
holda 
moliyaviy 
hisobotlar 
shakllariga 
o’zgartirishlar kiritishga yo’l qo’yilmaydi. 
Tekshirish davomida moliyaviy hisobotlar tarkibiga kiruvchi shakllar 
asosiy manba sifatida olinadi, ya’ni: 

balans (1-shakl); 

xarajatlar smetasining ijrosi xaqida hisobot (2-shakl); 

debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risida ma’lumot; 

budjet tashkilotining rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari 
harakati to’g’risida hisobot (2-RJ shakl); 

tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi 
bo’yicha pul mablag’lari harkati to’g’risida hisobot (2-TMRJ shakl); 

ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan 
mablag’lar harakti to’g’risida hisobot (2-TK shakl); 

boshqa budjetdan tashqari mablag’lar harakati bo’yicha hisobot; 

joriy yilning moliyaviy natijalari to’g’risida hisobot; 



nomoliyaviy aktivlarning harakati to’g’risida hisobot;

agarda tashkilotlar qonunchilikka muvofiq hisobot davrida mahsulot (ish, 
xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish faoliyatlarini amalga oshirsa, u holda ushbu 
faoliyatlar bo’yicha belgilangan tartibda va muddatlarda moliya organlariga 2-
shakl moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotni taqdim qiladilar. 
Tekshirish davomida barcha yillik va choraklik moliyaviy hisobotlarga 
ilova qilingan tushuntirish xati tekshirish manbasi sifatida foydalaniladi. Chunki, 
ushbu tushuntirish xatida budjet va budjetdan tashqari mablag’lar ijrosi 
jarayonida vujudga kelgan asosiy omillar, jumladan: 
- budjetdan ajratilgan mablag’larni iqtisod qilinishning sabablari tahlili; 
- debetorlik va kreditorlik qarzlarining vujudga kelish sabablari va davri
agarda muddati o’tgan qarzdorliklarga yo’l qo’yilgan bo’lsa, undirish bo’yicha 
ko’rilgan choralar; 
- qonunchilikka muvofiq tashkilotlarga soliq va boshqa majburiy to’lovlar 
bo’yicha berilgan imtiyozlar natijasida bo’shab qolgan mablag’lar va ularning 
sarflanishi; 
- tashkilot tomonidan hisobot davrida kirim qilingan va sarflangan qog’oz 
to’g’risida ma’lumotlar; 
- o’g’irlik va kamomadlar to’g’risida ma’lumotlar; 
- moliyaviy hisobotlar bilan bog’liq bo’lgan boshqa tushuntirishlar; 
- hisobot yilining birinchi choragi bo’yicha moliyaviy hisobotlarga 
tushuntirish xatida asosiy vositalar va boshqa aktivlarni (jumladan, tugllanmagan 
qurilish va o’rnatiladigan asbob uskalarni) qayta baholash bo’yicha axborotlar 
yoritiladi. 
Tushuntirish xati tashkilot rahbari yoki uning o’rinbosari (birinchi imzo 
huquqidan foydalanuvchi shaxs), tashkilot bosh hisobchisi yoki uning 
o’rinbosari (ikkinchi imzo huquqidan foydalanuvchi shaxs) hamda moliya-
iqtisod bo’limi boshlig’i (shtatlar jadvaliga muvofiq holda reja-iqtisod bo’yicha 
mutaxassis) tomonidan imzolanadi va tashkilotning asosiy muhri bilan 
tasdiqlanadi. Ushbu mas’ul shaxslar qaysi hisobot davrida ishlaganligi tekshirish 
dalolatnomasining kirish qismida aks ettirilishi kerak.
Tekshirish davomida moliyaviy hisobot shakllaridagi barcha rekvizitlar va 
nazarda tutilgan ko’rsatkichlar to’ldirilishiga e’tibor qaratilishi kerak. 
Tashkilotlarda tegishli aktivlar, passivlar va operatsiyalarning mavjud emasligi 
sababli biror-bir modda (satrlar, ustunlar) to’ldirilmagan taqdirda, ushbu modda 
(satr, ustun) ustidan chizib qo’yiladi. 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling