Budjet nazorati


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/131
Sana25.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1720162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131
Bog'liq
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Nazorat 
sub’ektlarinazorat funksiyalarini bajaruvchi maxsus 
tashkilotlardir. 
Nazorat 
ob’ektlari 
– 
moliyaviy-xo’jalik-tijorat 
tashkilotlari, 
birlashmalaridir. 
Nazoratning uch turi mavjud: dastlabki nazorat, joriy nazorat va keyingi 
nazorat. 
Dastlabki nazorat – bunda reja, dastur va smetalarning tuzilishi nazoratdan 
o’tkaziladi. 
Joriy nazorat – maxsus organlar tomonidan tezkor amalga oshirib turiladi. 
Masalan buxgalteriya hisobining asosiy funksiyalaridan biri nazorat bo’lib, ko’p
jihatdan buxgalteriya hisobi tuzilmasini to’g’ri tashkil qilinishiga bog’liq. 
Keyingi nazorat – bu o’tgan davrdagi faoliyatni tekshirishdir, masalan 
xo’jalik faoliyatini kompleks taftish yoki moliyaviy audit.
Moliyaning qiymat xarakteriga ega bo’lishi moliyaviy nazoratni taqazo 
etadi. Bu moliyaning nazorat funksiyasidan kelib chiqadi va doimiy davlat 
boshqaruvini talab qiladi. Moliyaviy nazorat davlat boshqaruvining maxsus 
tizimidir. Uning usullari, ko’rinishlari va o’tkazish tartibi doimo takomillashib 
boradi. 
Moliyaviy nazoratbu davlat tomonidan tashkil etilgan kuzatish tizimi 
bo’lib unga davlat, mustaqil va jamoa tuzilmalari kiradi. Ular davlat xokimiyati 
organlari, korxona va tashkilotlar faoliyati samaradorligini, saloxiyati zaxiralarini, 


davlat budjeti xarajatlarini, qonun va me’yoriy xujjatlarga rioya etilishini nazorat 
qilishadi. 
Moliyaviy nazorat tizimiga: Davlat nazorati, idoraviy nazorat va mustaqil 
audit kiradi.
Davlat nazorati - tuzilmasi bir muncha murakkab bo’lib, Davlat 
nazoratining sub’ektlari moliyaviy nazorat o’tkazish huquqiga ega Hisob palatasi, 
Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Markaziy bank va boshqalar kiradi. 
Nazorat ob’ektlari bo’lib mulk shaklidan qat’iy nazar barcha korxona va 
tashkilotlar hisoblanadi. 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling