Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning xususiyatlari


Download 96.5 Kb.
bet3/3
Sana20.01.2023
Hajmi96.5 Kb.
#1103557
1   2   3
Bog'liq
1-mavzu. BYUDJET TASHKILOTLARIDA BUXGALTЕRIYA HISOBINING XUSUSIYATLARI VA UNING ASOSIY QOIDALARI. BYUDJET TASHKILOTLARIDA XO’JALIK MUOMALALARINI HUJJATLASHTIRISH

Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni korxana, muassasa va tashkilot rahbari amalga oshiradi
aBuxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonun, 7-modda
Bosh hisobchi bosKchilik qiladigan tashkilotning buxgal- teriyasi mustaqil, tarkibiy bo‘linma hisoblanadi va tashkilotning boshqa biron-bir bo‘linmasi tarkibiga kiritilishi mumkin emas.
Tashkilot bosh hisobchisi bevosita mazkur tashkilot rahbariga bo‘ysunadi. Buxgalteriya hisobini yuritish, hisobotlami tuzish va taqdim qilish masalalari bo'yicha esa, tashkilotning rahbaridan tashqari yuqori tashkilot bosh hisobchisiga ham bo‘ysunadi hamda tashkilotda buxgalteriya hisobini yuritilishiga, moliyaviy hisobotlami o‘z vaqtida va toTiq topshirilishiga, normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalami bajarilishiga javobgar bo‘ladi.
Bosh hisobchi buxgalteriya xodimlari uchun xizmat vazifalarini har bir xodim uchun alohida belgilaydi. Buxgalteriyada xizmat vazifalari funksional belgilarga qarab taqsimlanadi, ya’ni xodimlaming har bir guruhiga yoki alohida bir xodimga ishning hajmiga qarab, ma’lum bir soha biriktiriladi.
Tashkilot bosh hisobchisi lavozimga tayinlanishida va undan ozod etilishida belgilangan tartibda tashkilot rahbarining buyrug‘iga muvofiq tuzilgan komissiya tomonidan qabul qilish - topshirish kunida hisob, hisobot va arxiv hujjatlarining holatini ko‘rsatgan holda buxgalteriya ishlarini qabul qilish-topshirish to‘g‘risidagi dalolatnoma tuziladi. Zarur hollarda, ushbu komissiya tarkibiga yuqori tashkilot hamda tegishli moliya organlari bilan kelishilgan holda ulaming vakillari ham kiritilishi mumkin.
Budjet tashkiloti bosh hisobchisining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
buxgalteriya hisobjni normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritish, shuningdek, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish;
buxgalteriya hujjatlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtiri- lishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalaming qonuniy- ligini oldindan nazorat qilish;
budjet mablag‘larini, shuningdek, budjetdan tashqari mab- lag‘lami xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan muayyan maqsadlarga to‘g‘ri sarflanishi, shuningdek, pul mablag‘lari va moddiy qimmatliklaming butligi ustidan muntazam nazorat qilish;
tizimiga kiruvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini qonunchilik talablariga muvofiq yuritilishini nazorat qilish;
tashkilotda xodimlaming ish haqlarini va unga tenglash- tirilgan to‘lovlarini, shuningdek, ta’lim muassasalarida talabalar- ning stipendiyalarini belgilangan tartibda hamda o‘z vaqtida hisoblab chiqish;
smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblami o‘z vaqtida amalga oshirish;
pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek, boshqa aktivlami va majburiyatlami inventarizatsiya qilishda qatnashish, inventarizatsiya natijalarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish;
moddiy javobgar shaxslarga ulaming javobgarligida turgan moddiy qimmatliklaming butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlarini o‘tkazish;
moddiy qimmatliklami olish uchun berilgan ishonchnoma- lami hisobini yuritish va ulardan to‘g‘ri foydalanilishini nazorat qilish;
moliyaviy hisobotlami belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish;
tashkilot rahbari tasdiqlashi uchun xarajat smetalarini va ularga ilova qilinadigan hisob-kitoblami tuzish (agar rejalashtirish bo‘limlari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan bo‘isa);
asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklami ulaming saqlanish va foydalanish joylarida butligini muntazam nazorat qilish;
buxgalteriya hujjatlarini, hisob registrlarini, shuningdek, xarajatlar smetalarini (ilova hisob-kitoblari bilan birga) saqlanishini ta’minlash (agar rejalashtirish bo‘limlari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan bo‘lsa);
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalami bajarilishini ta’minlash.
Bosh hisobchi tashkilotning tegishli boMinmalari va xizmatlarining rahbarlari bilan birgalikda quyidagilarni muntazam ravishda nazorat qilishi lozim:
tovar-moddiy qimmatliklaming qabul qilinishi va topshiri- lishini rasmiylashtirishda belgilangan qoidalarga rioya etilishini;
mehnatga haq to‘lash jamg‘armasini to‘g‘ri sarflanishi, mansab maoshlarining to‘g‘ri belgilanishi, shtat, moliya va kassa intizomiga qat’iy rioya etilishini;
pul mablag‘lari, tovar-moddiy qimmatliklar, asosiy fondlami inventarizatsiya qilish, hisob-kitoblar va to‘lov majburiyatlarini bajarishning belgilangan qoidalariga rioya etilishini;
belgilangan muddatlarda debetorlik qarzni undirib olinishi va kreditorlik qarzni qaytarilishi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlami ko‘rilishini, to‘lov intizomiga muntazam rioya etishni;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalami bajarilishini ta’minlash.
Budjet tashkilotining bosh hisobchisi yuqoridagl vazifa va majburiyatlardan keiib chiqqan holda quvidagi huquqlarga ega:
buxgalteriya hisobi va nazorat ishlari to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rishni tashkilot rahbaridan talab qilish;
tarkibiy bo‘linmalard^i pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklami qabul qilish, saqlash hamda sarflash yuzasidan belgilangan tartibga amal qilinishini tekshirib turish;
mukofotlar hajmlarini pasaytirish (agarda qonunchilikda belgilangan normalardan oshib ketgan bo‘lsa) to‘g‘risida tashkilot rahbariga takliflar kiritish;
tashkilotning barcha bo‘linmalaridan buxgalteriya hisobini yuritish uchun talab qilinadigan hujjatlar va ma’lumotlami rasmiy- lashtirishni hamda buxgalteriyaga taqdim qilishni talab qilish;
qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlami amalga oshirish. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq budjet tashkilot- larining bosh hisobchilari (buxgalteriya xodimlari) quyidagilar uchun javobgar hisoblanadi:
buxgalteriya hisobi noto‘g‘ri yuritilib, natijada tartibsiz ho- latga kelgani va moliyaviy hisobot buzilganda (noto‘g‘ri tuzilgan- da);
pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklami kirim qilish, saqlash va sarflash yuzasidan qonunchilikda belgilan- gan tartibga zid operatsiyalar bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan va ijroga qabul qilingan hollarda;
pul mablag‘lari bo‘yicha operatsiyalar, shuningdek,debetor- lar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar kechikib hamda noto‘g‘ri amalga oshirilganda;
kamomadlar, debetorlik qarzlari va boshqa yo‘qotishlami buxgalteriya hisobidan chiqarilish tartibi buzilganda;
buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir boshqa normativ- huquqiy hujjatlar talablari buzilganda.
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy xatti- harakatlarqilinayotgani ma’lum bo‘lib qolgan hollarda, bosh hisobchi tegishli chora ko‘rishi uchun bu haqda tashkilot rahbariga yozma axborot berishi lozim.
Download 96.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling