Bufer sistemalar va ularning ahamiyati. Reja: Kirish


Bufer sistemalarning analitik kimyoda va tibbiyotda ahamiyati


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana10.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1086544
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MM

Bufer sistemalarning analitik kimyoda va tibbiyotda ahamiyati. 
Analitik kimyoda ayrim tajribalarni, ayniqsa, tekshiriladigan eritmadan 
ionlarni cho‘ktirishda eritmadagi vodorod ionlari konsentratsiyasi aniq va 
doimiy bo‘lishi kerak. Shuning uchun analiz jarayoni [H+] ionlari 
konsentratsiyasini 
doimiy 
saqlab 
turuvchi 
bufer 
eritmalar 
(boshqaruvchilar) ishlatiladi. Eritma suyultirilganda yoki eritmaga oz 
miqdorda kuchli kislota (yoki ishqor) qo‘shilganda ham pH qiymati 
o‘zgarmaydigan kuchsiz kislota va uning tuzidan yoki kuchsiz asos va 
uning tuzi aralashmalaridan, shuningdek, ko‘p asosli kislota tuzlari 
aralashmalaridan iborat bo`lgan eritmalar bufer eritmalar deyiladi.
Tibbiyotda ham buffer sistemalarda boradigan mexanizmlarni 
tushunishning 
ahamiyati 
katta. 
Chunki 
organizmda 
boradigan 
jarayonlarning ko`pchiligi ana shu mexanizmlarga asoslangan reaksiyalar 
orqali boradi, shubhasizki agar muvozanat buzilsa organizmga ta`sir 
etmay qolmaydi. 
Fosfatli bufer sistema to‘qima va ba’zi biologik suyuqliklarning (siydik, 
ovqat hazm qilish shirasi va boshqalar) bufer sistemasi asosini tashkil 


etadi. Fosfatlaming qondagi konsentratsiyasi karbonatlarga nisbatan 
kamroq, shuning uchun bu bufer sistemaning samaraliligi qonda past, 
umumiy qon bufer ta’sirining taxminan 1% ini tashkil etadi. Bu bufer 
ortofosfat kislotaning birlamchi (NaH
2
PO
4
) va ikkilamchi (Na
2
H PO
4
) tuz 
aralashmasidan iborat. Bu tuzlarning qanday nisbatlarda bo‘lishiga qarab 
5,90 dan 7,80 gacha turli pH dagi bufer aralashmalarni olish mumkin. 
Fosfatli bufer sistemalar laboratoriya amaliyotida ko‘p ishlatiladi, chunki 
ularning pH qiymatlari fiziologik jihatdan eng muhim reaksiya 
muhitining qiymatlariga to‘g‘ri keladi. Fosfatli bufeming qiziq xususiyati 
shundaki, uning ikkala tarkibiy qismi ham kuchli elektrolitlardir, biroq 
shu bilan birga bu bufer ham kuchsiz kislotalar va ularning kuchli asoslar 
bilan hosil qilgan tuzlaridan tashkil topgan bufer sistemalarga 
qo‘yiladigan talablarga javob beradi. Birlamchi fosfat, dissotsilanishida 
hosil bo`ladigan fosfat kislota anioni H
2
PO
4
-
kam dissotsilanadi, shu 
sababli o‘zini kuchsiz kislotadek tutadi. Fosfatli bufeming ikkinchi tuzi
Na
2
H PO
4
-
deyarli to`liq dissotsilanadi va shu kuchsiz kislotaning kuchli 
asos bilan hosil qilgan turi sifatida ko‘riladi. 
Fosfatli bufeming ta’sir mexanizmi atsetatli bufer ta’siriga o‘xshash. 
Buferga kuchli kislota qo‘shilganda tuzning miqdori kamayib, kam 


dissotsilanadigan kislota miqdori oshadi. Bufer ta’siri kuchli kislota (HCl) 
ning kuchsiz kislota (H
2
PO
4
) ga almashinishidan iborat bo‘ladi.
Fosfatli buferga ishqor qo‘shilganda kislotaning miqdori kamayib, 
tuzning miqdori oshadi. Bu holda bufer ta’siri kuchli asos (ishqor) ning 
ikkilamchi tuzga almashinishidan iborat bo'ladi. Fosfat kislota tuzlari 
aralashmasidagi vodorod ionlarining konsentratsiyasi va pHi quyidagi 
tenglamalarga to‘g‘ri keladi. 
Oqsil bufer. Protein (oqsil) bufer sistemasi qon zardobidagi kislota-asos 
muvozanatini saqlashda yuqorida keltirilgan bufer sistemalarga nisbatan 
kamroq ahamiyatga ega. Oqsil buferi ta’sir mexanizmini umumiy holda 
quyidagicha yozish mumkin: 
 


Hujayra va to‘qimalar oqsil borligi uchun ma’lum miqdordagi kislota va 
ishqomi neytrallaydi. Oqsil molekulalari tarkibidagi karboksil va 
aminoguruhlar hisobiga ko‘p negizli kislota va asos (amfolit) xususiyatiga 
ega bo‘ladi. Bu gumhlar gidrofil bo`lib, asosan oqsillaming sirtida 
yig‘iladi: 
Protein bufer sistemalar ko‘p hollarda kislotali sistema tabiatiga ega 
bo‘ladi. Bunga sabab ularning tarkibiga kirgan va monoaminodikarbon 
kislotalariga mansub boMgan asparagin va glutamin kislotalarining 
nisbiy miqdorlarining ko‘p bo`lishi va ularning karboksil guruhlarining 
oson dissotsiatsiyaga uchrashidir. Qon zardobida bo‘lgan protein bufer 
sistemasi qondagi pH qiymati 7,2-7,4 bo‘lgan chegaralarida eng katta 
effektivlikka ega bo‘ladi. Oqsillar amfolit xossali bo‘lganligi uchun 
metabolik jarayonlar hisobiga qonga ajralib chiqqan H
+
va OH

ionlarini 
bir vaqtning o‘zida neytrallaydi: 


Gemoglobin - oksigemoglobin bufer sistemasi qon bufer sig‘imining 75% 
ini tashkil etadigan eng kuchli bufer sistemadir. Jumladan, u bikarbonat 
bufer sistemasidan qariyb 9 barobar kuchlidir. Odam gemoglobinining 
oqsil (globin) qismida asos tabiatiga ega bo‘lgan imidazol guruhini 
saqlagan gistidan aminokislotasining massa ilushi 8,1% ni tashkil etadi va 
bu 1 mol gemoglobinda 35 imidazol juruhi bo‘lishiga mos keladi. 


Xulosa 
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, bufer degani “ himoya 
qilish” , “saqlash“, “muntazamlash” degan ma’nolarni bildiradi. 
Masalan: texnikada bufer 
deganda texnikaga 
biror 
tashqi 
ta’sir ko’rsatilganda 
shu 
tashqi 
ta’sirni 
o’zida deyarli neytrallaydigan detali tushuniladi
Eritmalarda esa pH qiymati tashqi ta’sirdan ya’ni kislota
yoki ishqor ta’siridansaqlovchi sistemalarga bufer sistemalar
deyiladi. Tajribalar shuni ko`rsatadiki, kuchsiz kislota va uning tuzi 
aralashmasiga yoki kuchsiz asos va uning tuzi aralashmasiga oz miqdorda 
kislota yoki ishqor qo`shilsa, eritma pH ining o`zgarishi butunlay 
boshqacha bo`ladi. Haqiqatan ham konsеntratsiyalari 0,1 M bo`lgan 
CH
3
COOH va CH
3
COONa aralashmasining 1 litriga 0,01 M HCl 
qo`shilsa, 
eritmadagi 
H
+
ionlari 
konsеntratsiyalari 
dеyarli 
o`zgarmaydi. Chunki bu ionlar erkin holatda qolmasdan darhol tuzning 
ionlari CH
3
COO
-
bilan birikib, CH
3
COOH molеkulalarini hosil qiladi. 
Agar bеrilgan aralashmaning 1 litriga birorta kuchli ishqordan 0,01 mol 
qo`shsak, uning OH
-
ionlari darhol sirka kislotasining [H
+
] ionlari 


bilan bog`lanib, suv molеkulasini hosil qiladi va shu sababli eritmadagi 
H

ionlari dеyarli o`zgarmaydi. Chunki ularning kamaygan qismini 
eritmadagi 
CH
3
COOH 
ning 
kеyingi 
dissotsilanishi 
to`ldirib 
turadi. Shunday qilib eritmada kuchsiz kislota va uning tuzi 
aralashmasining bo`lishi eritmaning pH ini o`zgartiradigan har qanday 
faktorlarning ta'sirini kamaytirib, undagi H
+
ionlari konsеntratsiyasini 
ma'lum miqdorda saqlab turadi. Bufer sistemalarning ana shunday ishlash 
mexanizmlariga asoslanib analitik kimyoda koplab tekshirish analizlari 
o`tkaziladi va tibbiyotda bemorlarga tashxis qo`yiladi. 



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling