Yog'larning polimerlanishi Reja


Download 247.5 Kb.
bet1/7
Sana02.02.2023
Hajmi247.5 Kb.
#1146815
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Yog\'larning polimerlanishi


Yog'larning polimerlanishi
Reja:


1.Atsilglitserinlarning kimyoviy xossalari.
2.Atsilglitserinlar tarkibidagi murakkab efir guruhlari (karboksil) ishtirokida boradigan reaktsiyalar.
3.Atsilglitserinlarning uglevodorod radikallari ўzgarishi bilan boradigan reaktsiyalar
3.1.Glitseridlar gidrogenizatsiyasi.
3.2Atsilglitserinlarning oksidlanishi.
4.Atsilglitserinlarni sintez qilish usullari.
Tayanch so’z va iboralar: gidroliz, alkogoliz, sovunlanish, atsidoliz, eterifikatsiya, omuxtalanish jarayoni, ammonoliz: gidrogenizatsiya, salomas, katalizatorlar, jarayon selektivligi, qo`shbog`lar migratsiyasi, izomerizatsiya, avtooksidlanish, fermentativ taxirlanish, polikondensatsiya, lipaza, lipoksigenaza, oksin, yog`larning qurishi, sintez.
Atsilglitserinlarning kimyoviy xossalari
Yog`larning kimyoviy xossalari ular tarkibidagi glitseridlar (atsilglitserinlar) kimyoviy xossalari orqali belgilanadi. Glitseridlarning reaktsion qobiliyati ular molekulasi tarkibidagi yog` kislotalari atsillari va murakkab efir guruhlari bilan bog`liqdir. Shu sababli glitseridlarning kimyoviy o`zgarishlarini quyidagi turdagi reaktsiyalarga bo`lish mumkin: 1) faqat glitseridlarning murakkab efir guruhlari ishtirokida boradigan reaktsiyalar; 2) faqat kislotalarning uglevodorod radikallari ishtirokida boradigan; 3) yog` kislotalarining uglevodorod radikali va murakkab efir guruhi ishtirokida boradigan reaktsiyalar.
Atsilglitserinlar tarkibidagi murakkab efir guruhlari ishtirokida boradigan reaktsiyalar.
Gidroliz
Murakkab efirlar uchun (shu jumladan glitseridlar uchun) gidroliz jarayoni eterifikatsiyaga qaytar teng kuchli (muvozanatli) reaktsiya hisoblanadi:

R COOR1 + H2O RCOOH + R1OH

Atsilglitserinlarning gidroliz jarayoni urug`larni saqlashda, ularni qayta ishlab yog` olishda (texnologik jarayonlar davomida yo`ldosh jarayon sifatida), yog`larni saqlashda kuzatiladi.


Gidrolizning amalga oshishi uchun asosiy sharoit-bu glitseridlarning suv bilan ta`sirlashuvidir.
Triglitseridlar gidrolizi bir atomli spirtlarning efirlari gidroliziga nisbatan birmuncha murakkab jarayondir. Bu jarayonning oxirgi natijasi quyidagi ko`rinishga ega:

Haqiqatda esa triglitseridlar gidrolizi uch bosqichda amalga oshadi, har bir bosqich reaktsiyasi bimolekulyar qaytar reaktsiyalardir:






Shu tariqa triglitseridlar gidrolizida di– va monoglitseridlar hosil bo`lish tartibi yog` kislotalarining glitserin bilan eterifikatsiyalanishiga teskari jarayon ekanligi kuzatiladi.


Glitseridlar gidrolizi tezligiga vodorod ionlari kontsentratsiyasi ham katta ta`sir ko`rsatadi. Chunki vodorod ionlari ham xuddi gidroksil ionlaridek bu reaktsiya katalizatorlari hisoblanadi. Shuningdek gidroliz jarayonida ishtirok etuvchi suv tarkibida dissotsiatsiyalanganda vodorod va gidroksil ionlari hosil bo`lishiga olib keladigan moddalar bo`lsa, bu ham gidroliz tezligining oshishiga olib keladi (masalan H2CO4 va boshqa sul’fokislotalar). Fermentlar xam (lipa­zalar) glitseridlar gidrolizining juda aktiv katalizatorlari hisoblanadi.


Download 247.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling