Yog'larning polimerlanishi Reja


Download 247.5 Kb.
bet3/7
Sana02.02.2023
Hajmi247.5 Kb.
#1146815
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Yog\'larning polimerlanishi

Atsidoliz
Qizdirib turilganda glitseridlarning erkin yog` kislotalari bilan ta`sirlashuvi natijasida kislotalar atsillari almashinuvi jarayoni amalga oshishi mumkin. Bu jarayon qaytar bo`lib, atsidoliz deb ataladi va quyidagi sxema bo`yicha amalga oshadi:

Katalizatorlar ishtirokisiz bu jarayon faqat 250-300 0C da amalga oshadi.


Glitseridlardagi yog` kislotalari atsillari mineral kislotalarning ham qoldiqlari bilan almashinishi mumkin.
Sulfat kislotasining ozgina miqdori ta`sir ettirilganda (katalizator) atsidoliz 150-170 0C haroratdayoq juda katta tezlikda amalga osha boshlaydi. Shuningdek suv va BF3 kabilar ham kuchli katalizatorlar hisoblanadi. Bulardan tashqari alyuminiy, qalay, rux va ularning oksidlaridan ham foydalaniladi.
Qayta eterifikatsiyalanish (omuxtalanish)
Atsilglitserinlar (glitseridlar) katalizatorlar (natriy metilat, natriy etilat, natriy gidroksid, kal’tsiy oksidi, fermentlar) ishtirokida yog` kislotalari atsillari almashinuvi reaktsiyasiga kirishish qobiliyatiga ega. Bu reaktsiyaga qayta eterifikatsiyalanish (yoki omuxtalanish) deb aytiladi. Qayta eterifikatsiyalanish natijasida yog`larning atsilglitserinli tarkibi o`zgaradi va demak, fizik-kimyoviy xossalari ham o`zgaradi.
Atsillar almashinuvi atsilglitserinlar molekulalari orasida (molekulalararo qayta eterifikatsiyalanish) va bir molekulaning o`zida (molekulyar) sodir bo`lishi mumkin.
Har xil bir atomli spirtlarning murakkab efirlari orasidagi qayta eterifikatsiyalanishni quyidagicha umumiy sxema bilan tasvirlash mumkin:
R1COOR2 + R3COOR4 = R1COOR4 + R3COOR2

Ko`p atomli spirt (glitserin) va bir atomli spirt (metanol) murakkab efirlari orasidagi qayta eterifikatsiyalanishni quyidagicha tasvirlash mumkin:


Shuningdek har xil tartibli triglitseridlar orasidagi qayta eterifikatsiyalanish:


Molekulyar qayta eterifikatsiyalanishga quyidagi misollarni keltirishimiz mumkin:



Ko`rinib turibdiki qayta eterifikatsiyalashda glitseridlardagi yog` kislotalari tarkibi o`zgarmaydi, balki ularning (sn-1; sn-2; sn-3 holatlardagi) joylashuv tartibi o`zgaradi.


Katalizatorlarsiz qayta eterifikatsiyalanish sezilarli tezlikda 250 0C dan yuqori haroratdagina amalga oshishi mumkin. Lekin bunda glitseridlar termik parchalanishga uchrashi mumkin.
Ba`zi metallar, masalan, rux, qalay, va ularning sovunlari katalizator sifatida qo`llanilganda qayta eterifikatsiyalanish 210 – 230 0C da ham katta tezlikda amalga osha boshlaydi. Ammo ishqoriy metallarning alkogolyatlari (0,1-0,25% mikdorida) bu reaktsiya tezligiga juda kuchli ta`sir ko`rsatishi aniqlangan. Ba`zi hollarda bunday katalizatorlarni qo`llab, qayta eterifikatsiyalanish eritmalarda olib borilsa, bu jarayon xatto 0 0C da ham katta tezlikda amalga oshishi mumkin.
Qayta eterifikatsiyalanish jarayoni yog`larning sifatini o`zgartirish (suyuqlanish harorati, qotish harorati, plastik xususiyatlari) uchun katta imkoniyatlar yaratib beradi.
Ammonoliz
Glitseridlarga bosim ostida suyuq ammiak bilan ishlov berilganda ammonoliz jarayoni amalga oshadi. Bu jarayon natijasida yog` kislotalari amidlari va erkin glitserin hosil bo`ladi:

Bu jarayon tezligi glitseridlarning yog` kislotalari tarkibi va haroratga, shuningdek katalizatorlar (NH4Cl, Zn, Ca) ishtirokiga bog`liqdir.


Analogik jarayon glitseridlarni anilin bilan qizdirish natijasida ham sodir bo`lishi mumkin, faqat bunda kislotalarning anilidlari hosil bo`ladi:



Download 247.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling