Yog'larning polimerlanishi Reja


Download 247.5 Kb.
bet2/7
Sana02.02.2023
Hajmi247.5 Kb.
#1146815
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Yog\'larning polimerlanishi

Alkogoliz
Yog` kislotalarining glitseridlari neytral metil yoki etil spirtlari bilan qizdirilganda, hattoki qaynatilganda ham tarkibi o`zgarmaydi. Ammo 80 0C gacha qizdirilgan yog` 2 hajm metil spirtida eritilgan kaliy gidroksid (taxminan 0,9 n.li eritma) bilan yaxshilab aralashtirilsa, bir necha daqiqadan so`ng aralashma tarkibidagi glitserinning alohida faza bo`lib ajralib chiqishini kuzatish mum­kin. Tekshirishlar shuni ko`rsatadiki, spirtli eritmada glitserin qatlami ustida yog`ning yog` kislotalari metil efirlari va birmuncha glitseridlar hosil bo`ladi.

Bu reaktsiya ham bosqichli bo`lib, uning umumiy natijasini quyidagi tenglama orqali tasvirlash mumkin:

I

I I

I II

Ko`rinib turibdiki, bu reaktsiya natijasida yog` kislotalari glitseridlaridan metil efirlari xosil bo`ladi. Murakkab efirlardagi bunday spirtlar almashinuviga alkogoliz, yoki qo`llanilgan spirt nomiga mos qilib metanoliz yoxud etanoliz deb atashadi. Umuman olganda alkogoliz yog`lar gidroliziga analogik jarayon bo`lib, farqi faqat shundaki, bu erda suv o`rniga ta`sirlashuvchi agent bo`lib spirt xizmat qiladi.


Alkogoliz jarayoni katalizatorlar ishtirokida amalga oshiriladi (kaliy alkogolyati). Katalizatorsiz bu jarayon hatto 250 0C da ham qiyin kechadi.
Sovunlanish
Glitseridlarga ishqorlar ta`sir ettirilganda yog` kislotalari sovunlari hosil bo`lishi jarayoniga sovunlanish jarayoni deb ataladi. Sovunlanish jarayonining umumiy natijasini quyidagi tenglama orqali ifodalash mumkin:

Haqiqatda esa triglitseridlarning sovunlanish jarayoni ancha murakkab va bosqichli kechadi. Avvaliga ishqor ta`sirida yog`larda kam miqdorda uchraydigan erkin yog` kislotalari suvda eruvchan sovun hosil qiladi. Hosil bo`lgan sovun eritmasida glitseridlar juda mayda tomchilar sifatida tarqalib emul’siyalanadi. Shu sababli endi glitseridlar va suv ta`sirlashuvi yuzasi oshadi. Bu esa glitseridlar gidrolizi tezligining oshishiga olib keladi. O`z navbatida glitseridlar gidrolizi tezligini oshirishda gidroksil ionlarining katalitik ta`siri ham o`z rolini o`ynaydi.


Triglitseridlar gidrolizi yuqorida ko`rsatilganidek bosqichma-bosqich amalga oshadi. Birinchi bosqichda hosil bo`ladigan diglitseridlar glitseridlar massasida qoladi, ajralib chiqqan erkin yog` kislotalari esa ishqor ta`sirida neytrallanib, suvda eruvchan sovunlar hosil qiladi:
I

RCOOH + KOH = RCOOK + H2O

Yog` kislotalarini sovun sifatida glitserid massasidan chiqarilishi muvozanatning siljishiga olib keladi va gidroliz davom eta boshlaydi. Ikkinchi bosqichda xuddi shunday tartibda diglitseridlardan monoglitseridlar, uchinchi bosqichda esa shu tartibda monoglitseridlardan glitserin va sovunlar hosil bo`ladi.


I I
RCOOH + KOH = RCOOK + H2O

I II



RCOOH + KOH = RCOOK + H2O

Di – va xususan monoglitseridlar ko`proq gidrofillik namoyon etishi munosabati bilan triglitseridlarga nisbatan tezroq gidrolizlanadi.



Download 247.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling