Yog'larning polimerlanishi Reja


Download 247.5 Kb.
bet6/7
Sana02.02.2023
Hajmi247.5 Kb.
#1146815
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Yog\'larning polimerlanishi

R1 – Ch = Ch – Ch = Ch – Ch = Ch – R2

Moylarning termik zichlanishidagi polimerlar hosil bo`lishida Dil’s va Al’dr dien sintezining roli o`sha polimerlarda geksogonal tsiklik uglerod atomlari birikmalari topilganligi bilan ham isbotlanadi. Demak, qo`shbog`lari izolyatsiyalangan yog` kislotalari atsilglitserinlaridan tarkib topgan moylarning termik zichlanishidagi polimerlanish jarayoni albatta dastlab pozitsion izome­rizatsiya sodir bo`lib izolyatsiyalanmagan qo`shbog`lar hosil bo`lishi bilan boradi.


Moylarning termik zichlanishi katalitik tezlashtirilishi mumkin. Katalizatorlarga nikel, kobalt, marganets, qo`rg`oshin kabi metallarning kukunlari yoki ularning sovunlari misol bo`la oladi.
Atsiglitserinlarni sintez qilish usullari
Glitseringa yog` kislotalari ta`sir ettirib eterifikatsiyalash usuli bilan yoki unga ma`lum kislotalarning angidridlari, galogenangidridlari ta`sir ettirib Bir xil kislotali triatsiglitserinlarni sintez qilib olish mumkinligi haqida yuqorida so`z yuritilgan edi.
Amalda har xil kislotali di-, tri-, monoatsilglitserinlar hamda atsillari ma`lum tartibda joylashgan bir xil kislotali diatsiglitserinlar olish muammosi juda murakkabdir. Ma`lum tuzilishdagi individual har xil kislotali triatsilglitserinlar olishga reaktsiyaning oraliq mahsulotlari sifatida hosil bo`ladigan to`liqsiz atsilglitserinlarning atsillari migratsiyasi, to`liqsiz atsilglitserinlar disproportsiyasi va triatsilglitserinlarning molekulyar va molekulalararo qayta eterifikatsiyalanishi sezilarli darajada xalaqit beradi. Shu sababli ma`lum tuzilishdagi va tarkibdagi atsilglitserinlarni sintez qilish uchun shunday maxsus usullar qo`llaniladiki, bunda kerakli individual birikmalar olishga to`sqinlik qiladigan faktorlar yo bartaraf etiladi, yoki juda sekinlashtiriladi. Bular Fisher-Bergman-Beruind usuli, tritil usuli, xlorangidridlar ta`sirida 1-monoatsilglitserinlarni atsillantirish usuli va h.k.lar. Bu va boshqa maxsus usullarning batafsil tavsifi maxsus adabiyotlarda keltirilgan.
Quyida esa biz reaktsiyalarning faqat printsipial sxemalarini ko`rib chiqamiz. Qulaylik uchun bu reaktsiyalar natijasida hosil bo`ladigan suv, galogenvodorodlar va boshqa mahsulotlar sxemalarda tushirib qoldiriladi (ko`rsatilmaydi).
Yuqorida ta`kidlab o`tilganidek yog` kislotasini monoatsilglitserinlar olish uchun nazariy jihatdan zarur glitserin bilan to`g`ridan-to`g`ri eterifikatsiyalashda monoatsilglitserinlar bilan birgalikda birmuncha di- va triatsilglitseninlar hamda glitserin hosil bo`ladi. Glitserin-1-monoxlorgidrin yog` kislotasining kaliyli, natriyli va kumushli tuzi bilan qizdirilganda ham faqatgina 1-monoatsilglitserinlarning o`zigina emas, balki ularning 2-monoatsilglitserinlar bilan aralashmasi hosil bo`ladi.
1-monoatsilglitserinlarning chiqishi ularning Fisher-Bergman-Beruind usuli bilan olishda oshadi. Bu usul bo`yicha avvaliga atseton-glitserin (izopropilidenglitserin) olinadi, so`ngra unga hosil bo`ladigan xlorovodorodni biriktirish uchun xinolin (piridin) ishtirokida yog` kislotasining xlorangidridi bilan ta`sir etiladi. Hosil bo`lgan mahsulotdan atsetonni ajratib olish uchun katalitik ta`sir etuvchi xlorid kislotasining sovuq eritmasi bilan ishlov beriladi.


Bu usul bilan 1-monoatsilglitserinlarni molekulasida 12 ta va undan ortiq uglerod atomi bo`lgan to`yingan yog` kislotlaridan olishda juda yaxshi natijalarga erishiladi.


Tritil usuli bilan sintez qilinganda 1-monoatsilglitserinlar chiqishi ortadi. Bu usul glitserinning 1-gidroksil guruhi vodorodi o`urniga trifenilmetanxlorid (C6N5)3CCl ning tritil guruhini kiritishga asoslangan. Bunda glitserindan 1,3-ditritilglitserin hosil bo`ladi. Unga xinolin ishtirokida yog` kislotasining xlorangidridi ta`sir ettirib glitserinning 2-gidroksil guruhi vodorodi o`rniga kerakli atsil kiritiladi. Hosil bo`lgan ditritil hosilasi sirka kislotasidagi bromvodorod bilan ishlov berilib, 2-monoatsilglitserin hosil qilinadi. U ham o`z navbatida tezda 1-monoatsilglitseringa aylanadi:


Bunday migratsiya ortokarbon kislotasining hosil bo`lishi natijasida amalga oshadi.


Bu reaktsiya qizdirish, kislota va ishqorlar ta`sirida tezlashadi. Shuni ham nazarda tutish kerakki, bunday jarayon ho`l kumush oksidini 1-monoatsilglitserin galogeniga ta`sir ettirib galogen o`rnini almashtirish yo`li bilan ham amalga oshishi mumkin:


2-()-monoatsilglitserinlar sintezi ularning tezda 1-()-monoatsilglitserinlarga aylanib qolish xususiyati tufayli juda qiyindir. Bunday monoatsilglitserinlarni 1,3-benzilidenglitserin asosida olish mumkin. Uni avvaliga piridin ishtirokida yog` kislotasi xlorangidridi ta`sirida atsillantirishadi. Hosil bo`lgan 2-monoatsil – 1,3-benzilidenglitseringa piridin eritmasida ko`mirga qoplangan palladiy ishtirokida bosim ostida vodorod bilan ishlov beriladi. Bunday sharoitlarda ajralib chiqqan xlorvodorodning xinolin tomonidan biriktirib olinishi va vodorodning past haroratlarda ta`sir etishi natijasida izomerizatsiya sodir bo`lishining oldi olinadi:


Bir xil kislotali simmetrik 1,3-diatsilglitserinlar, masalan, glitserinning 1-yodogidrini asosida, uni xinolin ishtirokida ikki molekula yog` kislotasining xlorangidridi ta`sirida atsillantirib olinishi mumkin:


Hosil bo`lgan mahsulot kumush nitritining suv-spirtli eritmasi ta`sirida 1,2-diatsilglitseringa aylanadi, u esa izomerlanib 1,3-diatsilglitseringa aylanadi.


Bir xil kislotali 1,2-diatsilglitserinlar sintez qilish murakkabroq. Bunday sintezning usullaridan birida boshlang`ich material bo`lib 1-monoatsilglitserin xizmat qiladi. Uni xinolin eritmasida ikki molekula yog` kislotasining xlorangidridi ta`sirida atsillantirishadi. Hosil bo`lgan mahsulot ko`mirga koplangan faol palladiy ishtirokida vodorod ta`sirida gidrogenolizga uchratiladi. Bunday sharoitlarda 1,2-diatsilglitserinlar 1,3-diatsilglitserinlarga aylanmaydi:

Har xil kislotali diatsilglitserinlarni sintez qilish bundan ham murakkabroqdir. Tavsiya etiladigan usullardan biri quyidagi qator o`zgarishlar bilan xarakterlanadi:





Download 247.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling