Bufer sistemalar va ularning ahamiyati. Reja: Kirish


Bufer sistemalarning buffer sig`imi


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana10.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1086544
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MM

Bufer sistemalarning buffer sig`imi. 
Bufer eritmalaming pH qiymatini 
saqlab turish imkoniyati cheksiz emas.Ular ma’lum bir miqdor kislota 
yoki asos qo‘shilgandan so‘ng pH qiymatini o‘zgartiradi. Bufer 
eritmaning bu xossasi bufer sig‘imi bilan baholanadi. Bufer sig'imi - 1 litr 
bufer eritmaning pH qiymatini bir birlikka о ‘zgartirish uchun qo‘shilishi 
kerak bo'lgan kuchli kislota yoki asosning mol(millimol) dagi miqdori 
bilan о‘lchanadi: B=C/pH
1
-pH
o
Bu yerda В - bufer sig‘imi; С - kuchli 
kislota yoki asosning miqdori; pH
0
- kislota yoki asos qo‘shilgunga qadar 
bo‘lgan eritmaning vodorod ko‘rsatkichi; pH
1
- kislota yoki asos 
qo‘shilgandan keyingi vodorod ko‘rsatkichi. 
 
Bufer sig‘imi - bufer aralashmadagi tarkiblar konsentratsiyasiga va bu 
konsentratsiyalar nisbatiga bog‘liq. Har qanday bufer eritmaning bufer 
sig‘imi C
kislota
= C
tuz
bo'lganda eng katta qiymatga ega bo‘ladi. Bufer 
sistemalar tirik a’zolar uchun muhim ahamiyatga ega. A’zolardagi modda 
almashinish jarayonida ko‘p miqdorda kislotali va asosli xususiyatga ega 
bo‘lgan mahsulotlar hosil bo`ladi. A’zolardagi moddalar bufer xossaga 
ega ekanligidan ularda pH ning qiymati bir xilda saqlanadi. Biologik 
sistemalarda pH qiymatini, masalan qonda 7,4 dan 0,4 birlikka kamayishi 
yoki ko‘payishi butun organizmning nobud bo‘lishiga olib kelishi 


mumkin. Bundan shu narsa tushunarli bo'ladiki, pH ni berilgan tabiiy 
qiymatlarda o‘zgartirmay turish tirik a’zolar uchun katta ahamiyatga ega. 
Odam a’zolari uchun asosan gidrokarbonatli, gemoglobinli, fosfatli va 
oqsil bufer sistemalari muhim ahamiyatga ega. Gidrokarbonatli bufer 
asosan hujayra tashqarisidagi buferdir. U karbonat kislota va natriy 
gidrokarbonat (yoki K HC03) dan tashkil topgan bo`lib, qonning kuchli 
bufer sistemasi hisoblanadi. Qonning umumiy bufer ta’sirining deyarli 10 
foizi gidrokarbonatli buferga to‘g‘ri keladi. Qon pH ining normal 
qiymatida, ya’ni pH = 7,4 da, gidrokarbonat bufer sistemasining tarkiblar 
nisbati H
2
CO
3
:NaHCO
3
= l:20 ni tashkil etadi. Qonga kuchli kislota yoki 
asos tushganda gidrokarbonat bufer sistema ta’sirini quyidagi sxemalarda 
tasvirlash mumkin: 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling