Bugʻlatish Qattiq, uchuvchan boʻlmagan yoki uchuvchanligi yomon boʻlgan moddalar eritmalarini qaynatish davrida erituvchisini va hosil boʻlgan bugʻlarni chiqarib yuborish jarayoniga bugʻlatish


Download 298.15 Kb.
bet3/5
Sana04.04.2023
Hajmi298.15 Kb.
#1325641
1   2   3   4   5
Bugʻlatishning nazariy asoslari
Bugʻlatish jarayonida eritmalarning konsentratsiyasi ortadi va natijada uning fizik va issiqlik xossalari oʻzgaradi.
Bugʻlatish qurilmalarini hisoblash, loyihalash va ekspluatatsiya qilish uchun muhim boʻlgan eritmalarning ba’zi bir xossalarini koʻrib chiqamiz.
Harorat depressiyasi – Δ̛ . Eritma Te, va erituvchilar T qaynash haroratlari oʻrtasidagi farqdir, ya’ni ΔT=Te – T harorat depressiyasi deb nomlanadi. Eritmalar nazariyasidan ma’lumki, bir xil T haroratda toza erituvchi ustidagi bugʻlarning bosimi ρ, eritma ustidagi bugʻlarning bosimi ρe dan har doim koʻp boʻladi. Yoki bir xil bosimda toza erituvchining qaynash harorati eritmaning qaynash haroratidan past boʻladi.
Eritmalarning harorat depressiyasi erituvchi va erigan moddalar xossalariga bogʻliqdir. Bosim va konsentratsiya ortishi bilan harorat depressiyasi oshadi. Koʻpincha ushbu koʻrsatkich tajribaviy yoʻl bilan aniqlanadi.
Ma’lumki, bugʻlatkichlarda issiqlik yoʻqotilishi oqibatida haroratlarning pasayish hodisasi yuz beradi. Natijada haroratlar farqi kamayadi va jarayon intensivligi susayadi. Haroratlar yoʻqotilishi Δ, harorat depressiyasi Δ̛, gidrostatik Δ” va gidravlik depressiya Δ”’ lar yigʻindisiga teng, ya’ni: Δ=Δ̛ + Δ” + Δ”’.
Agar, eritmaning atmosfera bosimdagi harorat depressiyasi Δ̛atm ma’lum boʻlsa, istalgan boshqa bosimlardagi depressiya Tishenko formulasi yordamida taxminan hisoblab aniqlash mumkin:

bu yerda T - ma’lum bosimdagi toza erituvchining qaynash harorati, K; r – ma’lumki bosimdagi toza erituvchining bugʻlatish issiqligi, kJ\kg; Δ’atm – atmosfera bosimidagi harorat depressiyasi, 0S.
Agar, Δ’atm kattaligi boʻyicha tajribaviy ma’lumotlar yoʻq boʻlsa, uni bir nechta usul bilan taxminan hisoblab toppish mumkin. Biror bosimda eritmaning bitta qaynash harorati ma’lum boʻlsa – Babo, ikkita harorati ma’lum bo’lganda esa – Dyuring yoki Kiryev qoidasiga binoan aniqlash imkoni bor.
Babo qoidasiga binoan, biror konsentratsiyali eritma ustidagi bugʻ bosimining pasayishi 1 – ρ2)/ρ1 yoki ρ21 haroratga bogʻliq emas va oʻzgarmas qiymatga tengdir:

bu yerda ρ1 va ρ2 – erituvchi va eritma bugʻlarining bosimlari.

Download 298.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling