Bugʻlatish Qattiq, uchuvchan boʻlmagan yoki uchuvchanligi yomon boʻlgan moddalar eritmalarini qaynatish davrida erituvchisini va hosil boʻlgan bugʻlarni chiqarib yuborish jarayoniga bugʻlatish
Download 298.15 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oddiy bugʻlatish.
- 18-rasm . Bir korpusli, uzluksiz ishlaydigan bugʻlatish qurilmasining sxemasi.
Eritish issiqligi eritmaning konsentratsiyasi, erituvchi va erigan moddalar xossalariga bogʻliq. Qoʻshimcha qattiq moddalar erishi davrida kristallik panjara buziladi. Albatta, buning uchun energiya sarflanadi va oqibatda eritmaning sovishi roʻy beradi. Agar, erituvchi va erimaydigan moddalar oʻzaro kimyoviy reaksiyaga kirishsa, gidratlar hosil boʻlib, jarayon natijasida issiqlik ajrab chiqadi. Shunday qilib, eritish va kimyoviy oʻzaro ta’sir issiqliklari yigʻindisiga teng.
Oson gidrat hosil qiladigan moddalar musbat eritish issiqligiga (suvda) ega; gidrat hosil qilmaydigan moddalar – manfiy eritish issiqligiga ega. Sanoatda mavjud texnologiyalarda asosan quyidagi bugʻlatish usullaridan foydalaniladi: oddiy bugʻlatish (uzlukli va uzluksiz); koʻp korpusli qurilmalarda bugʻlatish (faqat uzluksiz); issiqlik nasoslarini qoʻllab bugʻlatish. Eritmalar va isituvchi bugʻ xossalariga qarab hamma 3 ta bugʻlatish usullari vakuum va bosim ostida oʻtkazilishi mumkin. Issiqlik eltkich sifatida, deyarli har doim, toʻyingan suv bugʻi ishlatiladi. Kamdan – kam xollarda eritmalar elektr toki yoki oraliq issiqlik eltkichlari yordamida isitiladi. Oddiy bugʻlatish. Issiqlik tejalishi katta ahamiyatga ega boʻlmagan va unumdorligi kichik boʻlgan qurilmalarda oddiy bugʻlatishdan foydalaniladi. Undan tashqari, harorat depressiyasi yuqori eritmalarnigina uzlukli ishlaydigan, bir korpusli bugʻlatish qurilmasida amalga oshirish iqtisodiy jihatdan toʻgʻri va maqsadga muvofiqdir. Uzlukli bugʻlatishni ikki xil yoʻl bilan olib borish mumkin: boshlangʻich eritmani dastavval yuklash va oz-oz miqdorda yuklash. Uzluksiz ishlaydigan oddiy bugʻlatish qurilmasi 18- rasmda keltirilgan. Boshlangʻich konsentratsiyali eritma nasos 1 yordamida sarf oʻlchagich 2 orqali isitkich 3 ga uzatiladi. U yerda eritma qaynash haroratigacha isitiladi va soʻng bugʻlatkich 4 ga bugʻlatish uchun yuboriladi. Qurilma 4 ning pastki qismida eritma suv bugʻi yordamida isitiladi, natijada erituvchi bugʻlatadi. Hosil boʻlgan ikkilamchi bugʻ qurilma 4 ning yuqori qismi boʻlmish separatsion boʻlimida mayda tomchilardan ajratiladi va barometric kondensator 5 ga yoʻnaltiriladi. Undan ikkilamchi bugʻ kondensatsiyalanadi. Kondensatsiyalanmagan inert gazlar ushlagich 6 orqali vakuum – nasos 8 yordamida soʻrib olinadi. Sovutuvchi suv bilan hosil boʻlgan kondensat barometrik truba 7 orqali yigʻgichga tushuriladi. Quyuqlashtirilgan eritma nasos 8 yordamida tayyor mahsulot omboriga uzatiladi. 18-rasm. Bir korpusli, uzluksiz ishlaydigan bugʻlatish qurilmasining sxemasi. 1,8 – nasoslar; 2 – sarf oʻlchagich; 3 – isitkich; 4 - bugʻlatgich; 5 – barometrik kondensator; 6 – ushlagich; 7 – barometrik truba. Download 298.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling