Bugʻlatish Qattiq, uchuvchan boʻlmagan yoki uchuvchanligi yomon boʻlgan moddalar eritmalarini qaynatish davrida erituvchisini va hosil boʻlgan bugʻlarni chiqarib yuborish jarayoniga bugʻlatish
Download 298.15 Kb.
|
Gidrostatik depressiya – Δ”. Bugʻlatkich qaynash trubalarining bir qismi suyuqlik bilan toʻlib turgan boʻladi va uning ustida bugʻ - suyuqlikdan iborat emulsiya qatlamida yuqoriga qarab koʻtarilgan sari bugʻning miqdori oshib boradi.
Agar, qaynash trubasidagi suyuqlik va emulsiyani shartli ravishda suyuqlik deb nomlasak, unda gidrostatik bosimlar farqi hisobiga trubaning pastki qismidagi suyuqlikning qaynash harorati tepa qisminikidan yuqori boʻladi. Gidrostatik effect hisobiga eritma qaynash haroratining ortishi gidrostatik depressiya deb ataladi. Bugʻlatish jarayoni vakuum ostida olib borilganda, gidrostatik depressiya salmoqli boʻladi. Toʻyingan suv bugʻi te va ikkilamchi bugʻ harorat T lari orasidagi farq gidrostatik depressiyani beradi: Ushbu tenglik eritma harakatini inobatga olmagani uchun uning xatoligi katta. Shuning uchun Δ” ning qiymatlari tajribaviy usulda topiladi. Vertikal bugʻlatkichda intensiv harakatlanayotgan eritmalar uchun Δ” miqdori 1…30S oraliqda qabul qilinishi mumkin. Gidravlik depressiya - Δ”’. Ushbu depressiya ikkilamchi bugʻning separator va quvurlar orqali harakati davrida ishqalanish va mahalliy qarshiliklarni yengishi tufayli vujudga keladigan harorat yoʻqotilishidir. Ushbu gidravlik qarshiliklarni yengish vaqtida bosimning kamayishi, harorat pasayishiga sababchi boʻladi. Demak, gidravlik qarshiliklar tufayli eritma qaynash haroratining koʻpayishi gidravlik depressiya deb nomlanadi. Odatda Δ”’ ning qiymati 0.5…1.50S oraligʻida boʻladi. Yuqorida qayd etilgan depressiyalarni hisobga olsak, eritmaning qaynash harorati quyidagicha hisoblanadi: bu yerda T’ – ikkilamchi bugʻ harorati, K Eritmalar issiqlik sigʻimi harorat va erigan moddalar konsentratsiyasining funksiyasidir. Koʻpchilik eritmalar issiqlik sigʻimi additivlik qoidasiga boʻysunmaydi. Shuning uchun eritmaning ushbu xossasini erigan modda va erituvchilar issiqlik sigʻimlari yordamida aniqlab boʻlmaydi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, eritma konsentratsiyasi qanchalik katta boʻlsa, uning issiqlik sigʻimi shunchalik additivlik qoidasiga kam boʻysunadi. Download 298.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling