Bugʻlatish Qattiq, uchuvchan boʻlmagan yoki uchuvchanligi yomon boʻlgan moddalar eritmalarini qaynatish davrida erituvchisini va hosil boʻlgan bugʻlarni chiqarib yuborish jarayoniga bugʻlatish


Download 298.15 Kb.
bet2/5
Sana04.04.2023
Hajmi298.15 Kb.
#1325641
1   2   3   4   5
Vakuum ostida bugʻlatish paytida ikkilamchi bugʻni maxsus kondensatorda kondensatsiyalash yoʻli bilan qurilmada vacuum hosil qilinadi va nasos yordamida kondensatsiyalanmagan gazlar soʻrib olinadi. Bu usulda jarayon olib borilsa, eritmaning qaynash haroratini pasaytirishga erishsa boʻladi. Natijada yuqori haroratga oʻta ta’sirchan mahsulotlar sifatini saqlab qolish imkoniyati tugʻiladi. Undan tashqari, vakuumni jarayonda qoʻllash, harakatga keltiruvchi kuch miqdorini oshiradi va bugʻlatish qurilmasining issiqlik almashinish yuzasini, hamda metal sarfini kamaytirish imkonini beradi.
Vakuum ostida bugʻlatishning yana bir afzalligi shundaki, past harorat va bosimli issiqlik eltkichlardan foydalanish mumkin. Bu usulda bugʻlatilganda, hosil boʻlgan ikkilamchi bugʻni, keying korpusda birlamchi bugʻ sifatida qoʻllash mumkin.
Albatta, bu usulning kamchiliklari ham bor: jarayonda vakuumni qoʻllash uning narxini oshiradi; bugʻlatgichdan tashqari bir nechta qoʻshimcha qurilma va moslamalar ishlatish kerak.
Atmosfera bosimida bugʻlatish jarayonida hosil boʻlgan ikkilamchi bugʻ atrof muhitga chiqarib yuboriladi. Bunday usul eng soda deb hisoblansa ham, lekin u iqtisodiy jihatdan eng tejamsizdir.
Yuqori bosim ostida bugʻlatish jarayonida hosil boʻlgan ikkilamchi bugʻ qaytadan bugʻlatish jarayonida, hamda boshqa maqsadlar uchun ham ishlatish mumkin. Bu usulda jarayon yuqori bosimda olib borilgani uchun, eritmalarning qaynash harorati ancha koʻtariladi.
Boshqa maqsadlar uchun ishlatiladigan ikkilamchi bugʻ - ekstra bugʻ deb nomlanadi. Yuqori bosim ostida bugʻlatish jarayonida ajralib chiqqan ikkilamchi bugʻni qaytadan qoʻllash, vakuum ostida bugʻlatishga nisbatan issiqlikdan toʻla miqdorda foydalanish imkonini beradi. Shuning uchun, ushbu usul faqat issiqlikka bardosh eritmalarni bugʻlatish uchun qoʻllaniladi. Undan tashqari, yuqori bosim ostida bugʻlatish jarayoni uchun yuqori haroratli issiqlik eltkichlarni ishlatish kerak. Bu hol albatta uning eng asosiy kamchiligidir.
Atmasfera bosimi, ayrim hollarda vakuum ostida jarayon olib borilganda, bir korpusli bugʻlatkichlardan foydalaniladi. Lekin, sanoat miqyosida koʻpincha bir necha qurilmadan yigʻilgan koʻp korpusli bugʻlatish qurilmalarida jarayonni olib boorish keng tarqalgan. Bunday qurilmalarda faqat birinchi korpusda birlamchi bugʻ ishlatiladi. Ikkinchi, uchinchi va keying korpuslarda esa, oldingi korpusda ajralib chiqgan ikkilamchi bugʻ qoʻllansa, eltkich tejalishiga sababli boʻladi va bugʻ sarfining kamayishiga olib keladi.
Bir korpusli bugʻlatish qurilmalarida ham, birlamchi bugʻ sarfini kamaytirish mumkin. Buning uchun, qurilmadan chiqayotgan ikkilamchi bugʻ issiqlik nasosi yordamida birlamchi bugʻ haroratiga toʻgʻri keladigan bosimgacha siqiladi va qaytadan eritmani bugʻlatish uchun qurilmaga yoʻnaltiriladi.

Download 298.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling