Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda


Download 137.1 Kb.
bet3/7
Sana22.11.2023
Hajmi137.1 Kb.
#1793774
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Rayhon kurs ishi

Tadbirkorlik turlari
O‘zbekistondagi quyidagi tadbirkorlik turlari mavjud:



O‘rta tabirkorlik


Davlat tadbirkorligi



Yirik tadbirkorlik


Jamoaviy- guruhiy tadbirkorlik



Xususiy tadbirkorlik, kichik tadbirkorlik

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tadbirkorlik turlaridan biz maktabgacha ta'lim muassasasida bolalar bilan tashkil etiladiganjamoaviyguruhiy tadbirkorlik elementlaridan“Qo‘g‘irchoq” mashqini misol keltirishimiz mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘z munosabatlarida "Mening dadam firmada ishlaydilar", "Mening dadam biznesman" degan so‘zlarni ko‘p qo‘llaydilar.


Firma - bu tovar ishlab chiqaruvchi korxona. U nafaqat moddiy tovarlarini, shuningdek xizmatlarni ham yaratadi va qimmat bozorga chiqaradi.
Firma - iqtisodiyotimizning muhim boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘ib, unda ishlab chiqarish yuz beradi, ishlab chiqarish omillari harakatga keladi. Rivojlanayotgan tezkor davrda respublikamizda yashayotgan har bir fuqaro keksa-yu yosh "biznes" degan terminga duch kelmoqda. Xo‘sh, biznes so‘zini qanday tarzda tashkil etish mumkin? Biznes so‘zi inglizchadan "tadbirkorlik harakati" deb tarjima qilinib, mulkka ega fuqarolarning daromad keltiruvchi faoliyatidir.
Biznes - bu harakat, ish demakdir. Bu oddiy va tekin ish bo‘lmasdan, balki kishilar o‘rtasidagi ishbilarmonlik munosabatlari orqali yuzaga keladigan harakatdir.
Biznes - o‘z ehtiyojini qondirishga qaratilgan faoliyatdir.
Biznes uzoq davrni qamrab oluvchi taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. XX asrning o‘rtalarida tizim tasnifiga ega bo‘ldi. Biznes bu ishlab chiqarishni tashki etish, iqtisodiy faoliyat va munosabatlar, pul ishlab topishdir.
Biznes - bu tijorat, savdo, ferma, ishbilarmonlik, epchillik demakdir. Biznes tizimi iqtisodiy tizimning tarkibiy qismi hisoblanib, davlat tomonidan taribga solinadi. Biznes ishi bilan shug‘ullanuvchilar biznesmenlar deb ataladi. Yaqin davrlargacha biznesmen degan ishbilarmon kanitalist, har qanday ishdan o‘zi uchun daromad qiluvchi o‘zini boyitish uchun hech qanday yo‘ldan qaytmaydigan kishilar shug‘ullanadi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish natijasida bu kungacha boshqacha tus old! va biznes deganda bozor iqtisodiyoti sharoitida foyda olish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish va sotishga qaratilgan iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar tushunila boshlandl XVII asr oxirida "biznesmen” so‘zi birinchi marotaba Angliya iqtisodiyotida paydo bo‘lib, u "mulk egasi" ma'nosini bildiradi.
Biznesmen - bu dadil, muhim va murakkab maqsadlarni ro‘yobga chiqarishga jazm etib, yangi g‘oyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan mas'uliyatni o‘z zimmasiga olgan, tavakkal ish yurituvchi shaxsdir.
Biznesmen - bu doimo o‘z ishining fidoyisi, bilimdon kishidir. U, avvalo, biznes ishini qanday amalga oshirishni, qanday sharoitda amaliy harakat qilishni, tadbirkor oldida uchraydigan to‘siqlarni hal qilish yo‘llari va qanday yutuqlarga erisha olishni bilishi kerak. U ishlab chiqarishni tashkil etish, mahsulotni sota bilish, bozor munosabatlari sharoitida vujudga keladigan sharoitlarni to‘g‘ri baholay bilishi, to‘g‘ri yo‘l tanlay olishi lozim. Har bir biznesmen faqat o‘z kuchiga, bilimiga ishonishi va suyanishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi "Tadbirkorlik to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq "balog‘at yoshiga yetgan har bir fuqaro o‘z mulkiga yoki mulk egasining vakolati asosida qonunga zid bo‘lmagan faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin."
Biznes faoliyatini tanlash, uni tashkil etish va rivojlantirish mohiyati jihatidan davlat, jamiyat ahamiyatiga ega bo‘lgan ish bo‘lib, u erkin tanlangan faoliyatdir.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan iqtisodiy tushunchlar negizida vaqt tushunchasi alohida o‘rin egallaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni vaqt tushunchasi bilan tanishtirish asosan matematika mashg‘ulotlarida amalga oshiriladi. Kattalar tomonidan ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi yuqori bo‘lsa, vaqtning qadri oshadi, chunki vaqt birligida shunchalik ko‘p mahsulot va xizmat yarataish shu tufayli ko‘proq pul topish imkoniyati yaratiladi. Vaqt - bu pul demakdir, degan shiorning ham ma’nosi mana shunda.


Download 137.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling